Arab xalifaligi istilochilik qarshi kurashlar


Download 110 Kb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi110 Kb.
#1204921
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arab xalifaligi istilochilik qarshi kurashlar


Arab xalifaligi istilochilik qarshi kurashlar

Reja:



  1. Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

  2. Arab xalifaligining oliy, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari
  3. Musulmon huquqiy tizimining xususiyatlari



Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.



Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Arab xalifaligi-(632 – 1258) – Arabiston ya.o., Yaqin va O’rta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan saltanat. 7-8-a.larda tashkil tongan. A.xionitlar asoschisi payg’ambar Muhammal(as)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakrdir. Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633-715 y.lar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan “Xulafo ar-roshidin” (“To’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar”) va ummaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta’siri ostida A.xionitlar 8-a.ning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788 y. Mag’ribning g’arbiy qismida (hoz. Marokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hoz. Tunis) ag’labiylar (800-909) xukmronligi o’rnatildi. Xuroson va Movarounnaxraa esa 9-a.ning 20-y.laridan boshlab mahalliy sulolalar: toxiriylar (821 – 873), safforiylar (867 – 903) va somoniylar (875 -999) bosh ko’tarib chiqdilar. Ular A.xionitlarga nomigagina tobe bo’lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. A.xionitlar 1258 y. mug’ullar tarafidan tugatildi (yana q. Xalifalik).
Xalifalik – 7-8-asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O’rta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan davlat (q. Arab xalifalig) Ibn Xaldunning yozishicha, “johiliya arablari” faqat diniy sifatdagi (payg’ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so’ng (622 y.) Madinada barpo bo’lgan va 630632 y.larda butun Arabistoi ya.o.ni o’z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshlig’i- rasululloh – Allohning elchisi, ammo u abadiy emasligi payg’ambarning o’zi tomonidan qayta-qayta ta’kidlab kelingan. Bu davlatni keljakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad (sav) – payg’ambarlarniig oxirgisi (xotam ul-anbiyo). Birinchi bo’lib bu haqiqat Payg’ambar (sav) tomonidan anglandi. “Xalifalik mendan keyin ummatlarim ichida o’ttiz yil, so’ngra amirlik (podsholik) dir” degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad payg’ambar vafotidan so’ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatida eta bo’lmagan va bunga da’vo ham qilmagan xalifalar xelgan. Sahobalar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor – amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar – muhojirlar va ansorlar o’rtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar ela. Abu Bakr Siddiqning Xalifatu Rasululloh – Alloh elchisining o’rinbosari bo’lib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va h.i.) bo’linishi va ularning, asosan, muhojirlar o’rtasida taqsimlanish yuz bergan. Bu jarayon, ya’ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo’qotib, dunyoviy tus olishi 4 xalifa – Abu Bakr Siddiq (632- 634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644- 656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan, ular “al-Xulafo arroshidun” (to’g’ri y.dan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar.
750 yilda Abbosaylar xalifaligi boshlangan. Umaviylardan farqli o’laroq abbosiylar o’z ismlariga Alloh so’zini qo’shib martabali laqablar olilar, shu yo’l bilan o’z hokimiyatlariga teokratik tus berishga uringanlar. Lekin amalda ularniig ko’pchiligi qo’g’irchoqqa aylanib qolib, boshqa qavimlar boshlilqari (mas. Mahmud G’aznavay), saljuqlar sultoni To’g’rulbek, buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboya’a (guvohnoma) berdilar va ularning hokimliklarini qonuniylashtirdilar. 9-a.dan e’tiboran Abbosiylar xalifaligi parchalana boshlagan. Ispaniyada Kordova, Shim. Afrikada fotimiylar xalifalagining vujudga kelishi xalifalik yakkayu yagona bo’lishi kerak degan tushunchaga yana bir bor zarba bergan.
12-asrda Turk sulolalari zaiflashib, Bag’dod xalifaligi qischa mudlatga o’z qudratini qayta tiklagan edi hamki, Mug’ullarning qaqshatqich zarbasiga uchradi va 1258 y. Xuloku oxirgi Bag’dod xalifasi al- Musta’simni qatl qilgan. Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.
Shunday qilib, Abbosiylar xalifaligi Mug’ullar tomonidan yo’q kilindi. Ammo 1261 yil Misr mamluklarining sultoni Zohir Baybars dastlab oxirgi Bag’dod xalifasining amakisi al-Mustansir, sung yana bir vakil al-Hakim I ni Qohiraga keltirib, abbosiylar sulolasini davom ettirdi. Yuqorida zikr etilgan ikkala shaxsning ham haqiqatan abbosiylarga mansub ekanini o’z vaqtida akad. V.V.Bartold qattiq shubha ostiga olgan edi. Qanday bo’lganda ham Qohiradagi Abbosiylar xalifaligi 1517 y. usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davom etdi. Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling