Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari
Download 1.84 Mb.
|
Arab xalifaligining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari (1)
Sug`d yurishi. 712-yilda Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xorazm qo`shinlari bilan Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ishxid Tarxun taxtdan tushirilib, unung o`rniga Gurak (709-738) Sug`dga podsho qilib ko`rsatilgan edi. Bu, shubhasiz sug`diylarning arablarga qarshi olib borgan kurashi tarixida muhim voqea bo`ldi. Chunki u zamonasining vatanparvar siyosatdon arbobi bo`lib, hukmronligi davrida imkoni boricha, arablarga qarshi g`ayrat bilan kurash olib bordi. Guzak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattqo`rg`on bilan Karmana oralig`ida Arbinjon mavzeida shiddatli jang bo`ladi. Ammo Gurakning kuchi ojizlik qilib, Samarqandga chekinishga majbur bo`ladi. Sug`diylar Shosh podshohi, turklar hoqoni va Fag`ona ixshidiga (hokimiga) elchilar yuborib, yordam so`raydilar. Turk xoqoni saralangan qo`shin yuboradi. Ammo Qutayba yordamga kelayotgan kuchlarni birlashmaslikka harakat qiladi. Ularning yo`lini tosib, qo`qqisdan hujum qiladi va tor-mor keltiradi. Bu g`alabadan so`ng Qutayba Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Samarqand qamalga olinadi. Arablar shahar devori qarshisiga 300 manjaniqlar (tosh otish moslamasi) o`rnatib, unga rahna urish uchun kecha-yu kunduz devorni teshishga kirishadilar.
Arab xalifaligi tarixi jahon tarixida alohida o‘rin tutib, Muhammad payg‘ambar boshchiligidagi yagona din – islomga da’vat insoniyat tarixida muhim bosqichni boshlab berdi. Xalifalik vujudga kelgunga qadar Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda ko‘p sonli arab qabilalari ijtimoiy rivojlanishning turli bosqichlarida istiqomat qilgan va islom dini tarqalishi arafasida arab qabilalarida patriarxal-urug‘chilik munosabatlari yemirilib, uning zamirida yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga kelayotgan edi. Qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ular joylashgan hudud ham ta’sir ko‘rsatib, Arabiston yarimoroli shimolidagi qabilalar, asosan, chorvachilik bilan kun kechirgan bo‘lsa, Yaman, Xijoz atroflaridagi hudud aholisi karvon yo‘li ustida joylashganligi uchun ham rivojlanishning yuqoriroq pog‘onasida bo‘lgan. Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi. Xususan, me`morchilik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari – masjid, minora, madrasa va maqbaralarning paydo bo`lishiga hamda keng tarqalishiga sabab bo`ldi43. Ushbu me`moriy inshootlar o`zining yuksak arxitektura yechimiga ega bo`lib, xalifalik tasarrufidagi barcha hududlarga keng tarqaldi.Arab xalifaligi davrining me`moriy yodgorliklari ichida eng katta o`rinni ibodat maskani hisoblangan masjidlar egallaydi. Masjid arabcha “sajada” (egilish, itoat etish, sajda qilib yuzini yerga tegizish) so`zidan olingan bo`lib, “sajda qilinadigan, ibodat qilinadigan joy” ma`nosini bildiradi Birinchi masjidni Madinada Muhammad (s.a.v.) qurdirgan. Unda musulmonlar namozni Quddusi Sharif (Ierusalim)ga qarab o`qiganlar. Bir yarim yil o`tgach, musulmonlar nigohi Makkaga qaratildi va shundan buyon barcha ibodat qiluvchilar Ka`ba tomon yuzlanib ibodat qilib kelmoqdalar. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjidlarning to‘rida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo‘ladi. Ayrim yirik masjidlar mehrobining o‘ng tomonida va’zxonlik uchun mo‘ljallangan minbar, ba’zilarida esa Qur’on o‘qiladigan maxsus joylar ham bo‘ladi Muhammad (s.a.v.) davrida bunyod etilgan Makka shahridagi birinchi masjid oddiy va hashamdorlikdan yiroq edi. Masjid ustunlari palma yog`ochidan bo`lib, tomi esa, shoh-shabbalar bilan berkitilgan edi, xolos. Xalifalik tashkil topganidan so`ng, masjidlar qurilishi jadallashdi. Masjid me`morchiligida ustalar Vizantiya, Sosoniylar san`atining uslub va elementlaridan keng foydalandilar. Masjidlar VII-VIII asrlardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy me’morlik an’analarida yetakchi o‘rinni egallab, o‘ziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli, markaziy qismida xonaqohi bo‘lgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlardan iborat. 8 qirrali, gumbaz tomli va ko‘p ustunli, galereyali masjidlar tosh, yog‘och, g‘isht, rangli koshin bilan hashamdor bezatilgan. Bundan tashqari, islom dini tarqalgan mamlakatlar me`morchiligida maqbaralar bunyod etish ham keng tus olgan. Maqbara usti qubbali chortoqli bino bo‘lib, ramziy g‘oyalarni o‘zida ifodalagan. Chortoq - yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubba - osmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. “Koinot modeli”ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiqlashtirilgan. Sharqda dastlab qabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat qurish man etilgan bo‘lsa-da, IX asrdan xalifalar sharafiga maqbaralar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham IX asrdan maxsus maqbaralar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli maqbaralar qurilgan. E’tiboringiz uchun raxmat Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling