O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi
Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi
Andijon tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 6- umumta’lim maktabi
D.A.Tohirova
MATEMATIKA 5-SINF
91- DARS
ARALASH SONLAR
O‘quvchilar soni: 25 ta.
XARABEK QISHLOG‘I
Annotatsiya
Mazkur dars ishlanmada o‘quvchular uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarini boyitish va bu boradagi mavjud bilimlarni mukammalashtirishga ko‘mak beradigan odatiy usullardan tashqari noan’anaviy usullardan foydalanildi, bundan tashqari har bir topshiriqni bajarish vaqtini anchagina tejash imkonini beradi.
Taqriz
Yunusova Ziyodaxon-Matematika va informatika uslub birlashma raisi: Ushbu dars ishlanma DTS asosida yangi pedagogik texnologiyalarga tayangan holda 5-sinflarga mo’ljallangan, kengaytirilgan, mazmunli tayyorlangan. Aralash sonning butun qismi, kasr qismi, aralash sonni noto’g’ri kasrga aylantirish, noto’g’ri kasrni aralash songa aylantirish she’riy tarzda ifodalangan.
.
91-dars. Mavzu. “Aralash sonlar”.
Texnologik xarita
Мavzu
|
Aralash sonlar
|
Maqsad, vazifalar
|
Mаqsаd: O’quvchilarni darsda aralash sonlar, sonning butun qismi, sonning kasr qismi tushunchalari bilan tanishtirish
Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi, ular mavzu asosida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Mavzuga oid tarqatilgan topshiriqlarni yakka va guruh holatida o‘rganib, o‘zlashtirishga erishadilar. Suhbat-muhokama orqali o‘quvchilarning yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |