Aralash test Qaysi javobdagi barcha so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lgan yasama fe’llar hisoblanadi?


Qaysi qatorda urg’u ikkinchi bo’g’inga tushadi


Download 24.14 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2023
Hajmi24.14 Kb.
#1147827
1   2
Bog'liq
Aralash test

12. Qaysi qatorda urg’u ikkinchi bo’g’inga tushadi.
A) allakim, atom, mudir B) albatta, shamolday, hamisha
C) doim, qaysi, muhit D) auditoriya, ammo, lekin
13So’z urg’usi olma va gullar so’zlarining birinchi bo’g’iniga tushsa qanday mano anglatadi?
A) olma-meva (ot); gullar-ko’p gullar (ot)
B) olma-bo’lishsizlik (fe’l); gullar-ko’p gullar (ot)
C) olma-bo’lishsizlik (fe’l); gullar-gullashi mumkin bo’lgan (fe’l)
D) olma-meva (ot); gullar-gullashi mumkin bo’lgan (fe’l)
14. Qaysi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushadi?
A) bo’lma (fe’l), yangi (ravish) B) kinoda, biotok
C) ba’zan, qanday D) mardlarcha, oydek
15. Zilday zamin darz ketibdi, qilday maysa dastidan.
Urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydigan so’zlar soni?

  1. hammasi oladi B) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta

16 Qaysi javobda fe’l turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) chopmoq, yugurmoq, yelmoq B) kelmoq, ketmoq
C) istak, xohish, orzu D) bormoq, yurmoq, yozmoq
17. Qaysi javobda ot turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) yer, osmon B) inoq, ahil
C) ma’no, mazmun D) chopish, yugurish
18 Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh bo‘la olmaydi?
A) ayon, aniq B) ko‘rk, chiroy
C) gavdali, norg‘ul D) mazali, lazzat
19. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) yod В) xam C) bob D) ahil
20Qaysi undosh tovush lablar bir-biriga yaqinlashganda, oradagi tirqishidan sirg’alib chiqadi?A) d B) s C) v D) p
21. Qaysi undosh tovush pastki lab bilan ustki tish orasida hosil bo’ladi?
A) d B) s C) rD) f
22. Faqat ovoz(un)dan hosil bo’luvchi undoshlar qatorini ko’rsating.
A) bunday undosh yo’q. B) m,n,ng,l,r C) a,o,u,e,i,o’ D) y,h,
23Qaysi javobdagi so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Negadir ishtaham qochib ketdi.
B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi.
C) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.
D) Tez orada «Sohibqiron» sahna yuzini ko‘radi.
24. Qaysi javobdagi so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi.
B) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
C) Buni eshitgan quloq nima deydi?
D) O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
25. Qaysi javobdagi so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. B) Och nazarim tushar suratga.
C) Bir boshga bir o‘lim.
D) «Nasaf» Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi.
26. Qaysi javobdagi so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Olma archayotganda qo‘lini kesib oldi.
B) Negadir ishtaham qochib ketdi.
C) Dasturxonga qarang, ona qizim, noz-ne’matlardan yeb o‘tiring.
D) Bu maxfiy sirni ishonchli og‘iz orqali yetkazing.
27. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
B) Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Qashqadaryo birinchi o‘rinni egalladi.
C) Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab yuborar.
D) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada,
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
28. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi.
B) Har shanba «Muqimiv»da «Advokatlik osonmi?» dramasi qo‘yilayotgan ekan.
C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi.
D) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi
29. Quyidagi qaysi o`xshatishlardan qaysi birida metafora usulida ma`no hosil qilingan?
A. yong`oq (daraxt ma`nosida)
B. xazon bo`lmoq (o`lmoq ma`nosa ma`nosida)
C. oqsoqol ( katta ma`nosida)
D. besh qo`l (barmoq ma`nosida)
30. Metafora usuli bilan qo`yilgan ismlarni belgilang.
A. Bo`riboy, Qoplonbek B. Gulnora, Feruza
C. Charos, Asalxon D. barchasi metafora usulida ko`chgan.
31. So`z va leksima o`rtasidagi farq qaysi qatorda noto`g`ri berilgan?
A) So`z tarkibida grammatik shakl yasovchi qo`shimchalar bo`ladi, leksima tarkibida bunday qo`shimcha bo`lmaydi
B) So`z lug`atlarda berilmaydi, leksima lug`atlarda beriladi
C) So`z leksikalogiya birligi, leksima morfologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.
D) Leksima tarkibida faqat so` yasovchi qo`shimcha bo`lishi mumkin.
32.Qaysi qatorda metaforaga yaqin turadigan O`xshatish san`ati berilgan?
A) Rahmi kelib bulutning Yig`lab to`kar yoshini,
. Qushlar qochar, majnuntol Ko`taradi boshini.
B) Adashgan it kabi, Furqat, qayon borgum bilolmasman.
C) Asolxon darrov darslarini qilib bo`ldi.
D) Qushning qanotlarini osmonda erkin harakatlanishga moslashgan.
33.Nok daraxti va nok mevasining bir xil nomlanishi ma`no ko`chishining qaysi turiga misol bo`la oladi?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
34.“Bunyodkor” jamoasi “Paxtakorni”ni ikki to`p farqi bilan mag`lub etdi. So`z ma`nosi ko`chishining turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
35 Akkumulatorim o`tirib qoldi. Ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma`no ko`chishi yuz bergan. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya
36.Qaysi qatordagi so’zlarda tutuq belgisi unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?
A)shu’la, ba’zan
B)qat’iy, jur’at
C)ls’hoq, as’hob
D)mo‘jiza, mo‘tadil
.37 Samolyotning dumi. Ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma`no ko`chishi yuz bergan. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
38. Samolyotning qanoti.Ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma`no ko`chishi yuz bergan. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
39. Metaforik ma`nosi ko`chgan so`z qo`llangan gapni toping.
A) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
B) Ulug`bek-misoli oftob
C) Dunyoda o`zimizdan keyin qoldiradigan tuyog`imiz …faqat shul Otabekdir, deb yozdi Yusufbek hoji D)A va B
40. Metafora usuli bilan qo`yilgan ismlarni belgilang.
A. Bo`riboy, Qoplonbek
B. Gulnora, Feruza
C. Charos, Asalxon
D. barchasi metafora usulida ko`chgan



Download 24.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling