ARALASH TURDAGI MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR Reja: 1. Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplarning ta’rifi va xususiyatlari. 2. Aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplarning turlari: 1) bog`lanish va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar; 2) bog`lanish va bog`lovchisiz tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar; 3) bog`lovchisiz va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar; 4) bog`lanish, bog`lovchisiz va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar. ARALASH TURDAGI MURAKKAB QO‘SHMA GAPLARNING TA’RIFI Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdag qo‘shma gaplar deyiladi: Eshik birdan taraqlab ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi. - Tarkibida bog`langan va ergashgan qo`shma gaplar qatnashadi.
- Tarkibida bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar qatnashadi.
3. Tarkibida bog`lovchisiz va ergashgan qo`shma gaplar qatnashadi. 4. Tarkibida har uchala qo`shma gaplar qatnashadi. Bog`lanish va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro teng va tobe munosabatga kirishadi: Qutidor do‘koniga jo‘nagandan keyin, Oftob oyim To‘ybekani mehmonxonaga buyurdi va o‘zi xamir qilishga o‘tirdi. (A.Qodiriy). Bog`lanish va bog`lovchisiz tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar Bunday gaplar qismlari o`zaro teng va bog`lovchisiz shakllanadi: Kiyimlari bezaksiz, odmi ipakdan, kichkina sallasiga ham gavhar yoki boshqa toshlar qadalmagan, ammo burgutnikiga o'xshah ko'z qarashlari va mag'rur o'ltirishi Bayramxonda hayiqishga o'xshash bir tuyg'u uyg'otdi (P.Q.). Bog`lovchisiz va ergashish tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar Bunday aralash murakkab qo‘shma gap qismlari o‘zaro ham ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositalar, ham bog‘lovchisiz munosabatga kirishadi: Dilda saqlangan adovat temir zangiga o‘xshaydi, zang temirni yegani kabi, adovat qalbni azob va iztirob bilan yemiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Bog`lanish, bog`lovchisiz va ergashish yo`li bilan tuzilgan aralash turdagi murakkab qo‘shma gaplar Tolib aka eski xodim, umri shu redaksiyada o‘tgan va uni bu yerdan haydab bo‘lmaydi, shuning uchun Ahmadning o‘zi ketishi kerak. (F.Musajonov). Bu aralash murakkab qo‘shma gap to‘rtta gapdan tuzilib, birinchisi ikkinchisiga bog‘lovchi vositalarsiz, ikkinchisi uchinchisi bilan va biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘lanish yo‘li bilan munosabatga kirishgan, birinchi uchala gap yaxlit holda to‘rtinchi gapga sabab munosabati orqali ergashish yo‘li bilan birikib kelgan. UYGA VAZIFA - Mavzu bo`yicha badiiy asardan gap turlariga bittadan misol ko`chirib kelish.
- “Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |