Arastu (Aristotel) buyuk faylasuf
Download 9.53 Kb.
|
ARESTOTELNING XUSUSIY MULK HAQIDAGI G’OYALARI
Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi. Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va teran edi.
“Inson eng avvalo o‘zini sevishi kerakmi yo boshqanimi, degan savol uni ko‘p o‘ylantirardi. O’zini ko‘proq sevgan odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda esa, inson avvalo o‘zining eng yaqin do‘sti bo‘lgan kimsani ko‘proq qadrlashi va sevishi lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning o‘zidan o‘zga sadoqatli do‘sti bormi olamda? Demak, inson avvalo o‘zini hurmat qilishi va sevishi lozim, deb fikr yuritadi” Arastu
Arastu havas qilarli darajada o‘tkir zehn sohibi bo‘lgan.U 445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning «Metodika», «Metafizika», «Jon haqida», «Poetika», «Osmon haqida», «Fizika», «Ritorika», «Sevgi haqida», «Uyqu va bedorlik haqida» asarlari shu kitoblar sirasiga kiradi.
Download 9.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling