Mesopotamiyada shahar-davlatlarning shakllanishi. Eron eneolit davrida (Sialk va Suza kompleksi) Afg’oniston eneolit davrida (Mundigak). Shuni aytish joizki metaldan foydalanish xamma joyda bir vaqtda bo’lmagan. Evropada BolqonKarpat xududlari bilan bog’liq xolda birinchi bora misdan yasalgan buyumlar eradan avvalgi V ming yillik bilan IV ming yillikni oralivida paydo bo’ladi. Markaziy Osiyoda dastlab metall eradan avvalgi IV ming yillikni boshlarida janubiy Turkmanistondagi Nomozgoh 1 madaniyatidan ma`lum. Markaziy Osiyo shimoliy rayonlarida esa bu vaqtda neolit davriga mansub bo’lgan Kaltaminor madaniyati gullab yashnamoqda zdi. Kaltaminor madaniyatining davomchilari metal bilan faqat eradan avvalgi III ming yillikni oxirlariga kelib tanishadilar.
Metallurgiya tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar faqat rangli metallurgiyani 4 ta bosqichga bo’lib o’rganadilar: 1bosqichda odamlar sof xolda topilgan mis bo’laklarini toshlarni bir turi deb qarab, toshlarga qanday ishlov berish usulini qo’llagan bo’lsalar, mis bo’laklariga xam xuddi shunday ishlov usulini berib foydalanganlar. Sof mis bo’laklarini topish va ulardan avvaliga otboyniklar yordamida ishlov. berib foydalanishi, so’ngroq ulardan eritilgan xolatda foydalanishlar to’g’risida faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ammo bu taxminlar haqiqatga ancha yaqin deb o’ylaymiz. Sof mislar qizil rangli bo’lib, ular ibtidoiy odamlarni ixtiyorlarini o’ziga jalb qilgan bo’lishlari mumkin. Yashil ranglardagi malaxitlar haqida xam shunday fikrni ayta olamiz. Shuning uchun xam birinchi bezaklar aynan shulardan yasalgan. Ajdodlarimizni gulxan atrofla-rida isinganlari xatto isinish jarayonida mehnat qurolla-rini yoki turli bezaklarni yasaganlari xam tabiiy bir xo-latdir. Shunday ekan ongli ravishda bo’lmasa xam tasodifan gulxan atrofiga keltirilgan mis parchasi gulxanga tushib qolib, erishi natijasida o’z qiyofasini o’zgartirishi xam tabiiy xolatlardan biridir. Bundan xulosa shuki inson agar mis parchasi olovga tushsa o’z shaklini o’zgartirish mum-kinligini bilib olganlar. Bunday tasodif inson hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Metallurgiya tarixini o’rganuvchi tarixchilar shu o’rinda A. Pasterni «Tasodif tayyorlangan aqlga yordam beradi» degan firni keltiradi-lar. Haqiqatan xam qariyb 1 mln yil davomida tosh asrini boshidan kechirgan ajdodlarimiz eneolit davriga kelib ancha hayotiy tajribalarga ega bo’lib, xam aqliy, xam jismoniy tomondan ancha kamolotga etgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |