«arхеоlоgiya va etnologiya asoslari (arxeologiya)» fani bo’yicha bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun


Yevrosiyoning janubiy viloyatlarida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining qaror topishi


Download 0.51 Mb.
bet65/120
Sana20.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1788398
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120
Bog'liq
O’quv-uslubiy majmua 100000–Gumanitar sоha-fayllar.org

Yevrosiyoning janubiy viloyatlarida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining qaror topishi. Neolitga kelib, mezolitga nisbatan jamoalarni turli joylarga o’rnashuvlari ancha jadal sur`atlar bilan sodir bo’ladi. Natijada ular turli xildagi neolit davri mada-niyatiga ega bo’ladilar. Ularni xilma-xilligi mehnat qu-rollarida, xo’jalik asboblarida, turar joylarida va xo’ja-lik yuritish usullarida yaqqol ko’rinadi. Neolitga kelib, aholini soni ham juda sezilarli darajada ko’payadi. Olim-larimizni taxminiy hisob-kitoblariga qaraganda, agar me-zolitda aholini soni 5,32 mln. bo’lgan bo’lsa, neolitga ke-lib ularni dunyo bo’yicha soni 86,5 mln. ga etadi. Shuni ta`kidlash joizki, garchi neolitga kelib, o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish nisbatan se-zilarli darajada bo’lgan bo’lsada, hali juda ko’p joylarda o’zlashtiruvchi xo’jalik xukmronlik qilar edi. Ammo shunga qaramay mehnat qurollarini yasashda va ularni turlarini ko’payishida katta yutuqlarga erishildi. Daraxtlarni qirqish va yog’ochlarga ishlov berish kabi vazifalarni bajaruvchi bolta, tesha (teslo), iskana (doloto) larni roli oshdi. Shu bilan birga neolit davri davomida mezolitda boshlangan tosh qurollariga ishlov berish usullari tobora takomilla-shib bordi: o’zaklardan plastinkalarni uchirib olish texni-kasi va ezib ishlov berish (odjimnaya retush’) usulllari rivojlandi. ezib ishlov berish usuli bilan ilgarigidek kamon o’qlarini irg’itib sanchishga mo’ljallangan nayza (drotik) larni, teshishga moslashtirilgan (prokolka) larni va pichoqlarni yasashda davqom etildi. Tosh qurollar. O’rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining paydo bo’lishi. Mikrolitlardan, ya`ni plastinkalarni siniqlaridan geometrik shakldagi moslamalardan va mayda uchirindilardan xanjar hamda nay-za uchlarini yasash ham takomillashdi. Mezolitda paydo bo’lgan boltalarni silliqlash (shlifovannne) takomillasha-di. Bunday xolatlar, ayniqsa o’rmonzor xududlarda jadal sur`atlar bilan rivojlanadi. Arxeolog olimlarni o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatdiki, boltalarni silliqlash va dasta o’tqazish uchun teshish kabi jarayonlar uncha ko’p vaqtni olmagan. XX asrni 70- yillariga qadar arxeologlarni o’rta-sida bitta boltani dasta o’tqazish uchun teshish jarayoni shunday uzoq davom etganini, otasini ishini bolasi, xatto nabirasi davom ettirgan degan tushuncha bor edi. Ammo key-in-gi yillardagi tajribalar shuni ko’rsatdiki, bitta bol-tani teshish jarayoniga 2-3 soat vaqt kifoya qilgan, xolos. Chunki neolit davri odamlariga nafaqat „boltalarni sil-liqlash texnikasi, balki ularni parmalash usuli (prosver-lenie) ham ma`lum edi. Boltalarda teshik xosil qilib, ularga dastalarni o’tkazilishiibtidoiy odamlarga juda kat-ta imkoniyatlar yaratdi. endi ular bu dastali boltalar yor-damida o’rmonlardan daraxtlarni kesib kelib uylar xatto qayiqlar yasay boshladilar. Qayiqlar odatda yo’g’on daraxt-larni tanalarini tosh boltalar yordamida o’yib yasalgan. Bu jarayon o’z navbatida katta mehnatni talab qilgan, albatta. Shuning uchun ham ajdodlarimizni bu kabi ishlarni bajar-ganliklarini ko’z o’ngimizga keltirganimizda ular bunday ishlarni bajarish uchun bir necha yillar davomida o’z vaqt-larini sarflagan bo’lsalar kerak deb o’ylaymiz. Yaqin SHarqda ilk dehqonchilik. Ierixon madaniyati. Kichik Osiyo markazlari: CHeyunyu tepesi va CHatal Xyuyuk. S. Krashen-nikov «Opisanie zemli Kamchatki» ning ikkinchi tomida Kamchatka kabilalarini bitta qayikni yasash uchun Zyil vaqt sarflaganliklarini yozadi. Vaxolanki 1957-yilda Angara ekspeditsiyasida tajriba o’tkazgan Semenov uzunligi 4 m, diametri 60 sm bshlgan qayiqni tosh va teshalar yordamida 10 kun ichida tayyorlab Angara daryosida suzgan. Qayiqni yasashda ikki kishi navbatma-navbat xar kuni 8 soatdan ish-laganlar. Qayiqni yarmi tosh teshada, ikkinchi yarmi esa mis teshada o’yib qayiq shakliga keltirilgan. Qayiqni burun to-moni mis tesha bilan 4 kun davomida, orqa tomoni esa tosh tesha bilan 5 kun davomida o’yilgan. Tajriba shuni ko’rsat-diki, mis tesha nefrit toshidan yasalgan teshaga nisbatan samarali ekan. Ammo mis tesha tez-tez o’tmaslashib to’rgan. Shuning uchun ham uni charxlab ishga yaroqli xolatga kelti-rib turilgan. Tosh tesha esa butun 5 kun davom etgan ish da-rayonida o’tmaslashmagan. 1957 yil 27 iyul’ kuni bu tajriba uchun yasalgan qayiq Angara daryosida sinovdan o’tkazilgan.
Neolitda aholi sonini o’sishi bilan ularni taraqqiyoti tobora yuksalib, menat qurollarini xillari ham ko’payib, ana shu turli qurollarni yasash uchun zarur bo’lgan chaqmoq-toshlarga ehtiyoj kuchaygan.
Chaqmoqtoshni bosh-qa tosh jinslaridan asosiy farqi shundaki, undan uchi-rilgan uchirindilarda va plastinkalarda boshqa turdagi tosh jins-lariga xos bo’lmagan o’tkir kirralar hosil bo’ladi. Ajdodlarimiz tomonidan uchirib olingan plastinkalardagi o’tkir qirralar shu qadar nozik va nafiski, ularni o’tkir-ligi xozirgi zamon lezviyasiga o’xshab ketadi. Bunday o’tkir qirrali mehnat qurollarini faqat chaqmoqtosh jinsidangi-na qilish mumkin edi. Boshqa tosh jinslarida bunday xusu-siyat yo’q edi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling