Aripova shaxnozaning


I BOB O`quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati


Download 52.16 Kb.
bet2/11
Sana01.03.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARIPOVA SHAXNOZA KURS ISHI

I BOB O`quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati.
1.1 Diktant yozishga tayyorlash.
Diktant eshitib idrok qilingan so’z, gap, matnni yozishdir. O’quvchilarning og’zaki yozma nutqini o’stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O’quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog’liq bo’ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o’z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur.
Diktant yozish tartibi
1. Matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi.
2. Keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.
3. Yozish oson bo‘lishi uchun o‘qituvchi birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi, o‘quvchilar yoza boshlaydilar.
4. Gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. Shu tariqa jumlama- jumla o‘qib beriladi.
5. O‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.
Imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.
Diktantni tekshirishda savodxonlikka, imloviy (orfografik, punktuatsion va uslubiy) xatolarga, husnixatga e’tibor beriladi. Xatolar turi va soni ko‘rsatiladi. Diktant natijasi, albatta, ko‘rib chiqilishi, xatolar ustida ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish imkoniyatini beradi va uni takrorlamaslikka o‘rgatadi.
Boshlang’ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:
1. Matnning monologik nutq shaklida bo’lishi. Unda ko’chirma gaplar, undalmali, kirish so’zli, ajratilgan bo’lakli gaplar, qo’shma gap bo’lmasligi lozim.
2. Matn hajmi 1-4-sinf o’quvchilarining o’qish sur’tiga asoslangan bo’lishi.
3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog’liq bo’lishi.
4. Diktant matni o’quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi.
5. Tanlangan matn g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo’lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir qilishi.
6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo’lishi.
7. Matnda o’rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi.
Diktantlar maqsadiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. Ta’limiy diktantlar – bilim berishga yo’naltirilgan diktantlar.
2. Tekshiruv diktantlari – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling