Aripova shaxnozaning


Download 52.16 Kb.
bet7/11
Sana01.03.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARIPOVA SHAXNOZA KURS ISHI

Erkin diktant - diktantning bayonga yaqin turi bo`lib, o`quvchilarni ravon bayon yozishga tayyorlaydi.
Diktant deb atalishining sababi - o`quvchini matnni diktovka qiladi, erkin deyilishining sababi matnni o`qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo`lingan matn tanlanadi. Matn o`qilishidan oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O`qituvchi avval matnni yaxshi o`qib beradi, so`ngra abzasma-abzas o`qib yozdiriladi. Birinchi abzas oq`iladi, o`quvchilar esda qolganini yozadilar , ikkinchi abzas o`qiladi o`quvchilar esda qolganini yozib bo`lgach, uchinchi abzas o`qiladi. Diktantning bu turi to`g`ri yozuvga o`rgatishning nutq o`stirish vazifasi bilan uyg`unlashtirib amalga oshirishga yordam beradi.
Masalan, uchinchi sinfda "Fe`l" mavzusi o`tib bo`lingach o`qituvchi biz, bog`, gul, qo`shni, termoq, o`ynab o`tib ketmoq, adashib qolmoq, qidirmoq, topib kelmoq, so`zlarini doskada yozib berib, "bog`da" mavzusida gaplar tuzishni topshiradi. O`quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar: biz bog`da gullar terdik, Nafisa o`ynab bog`dan boqqa o`tib ketdi. U adashib qoldi, biz Nafisani qidirdik uni qo`shni bog`dan topib keldik.
Ijodiy diktant imloni o`zgartirishni o`rgatishni nutq o`stirish bilan uyg`unlantirib amalga oshirishga imkon beradi, bolalardan matn tuzishga faol munosabatda bo`lishini talab qiladi.
Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv diktanti O`quvchilar olgan bilim hosil qilgan ko`nikma va malakalarni tekshirish uchun o`tkaziladi. Kontrol diktantdan ayrim vaqtda o`qitish vositasi yoki imloviy malakalarini qosil qilishga qaratilgan mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham nomlanadi. Chunki O`quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o`z kuchini sinaydi, o`zi bilgan qoidani O`qituvchi diktovka qilgan matnga tadbik qiladi. Kontrol diktant O`qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni O`quvchilar qay darajada o`zlashtirganligi xaqida ma`lumot beradi va keyingi mashg`ulotlarni tug`ri rejalashtirishga imkon beradi. O`qituvchi butun sinf ayrim O`quvchilar nimani o`zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi.
Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o`tkazishda ayrim talablarga rioya qilish zarur.
1. Kontrol ish ma`lum bir mavzu o`tilib , O`quvchilarda zarur malaka hosil bo`lgach, o`tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o`tkaziladi.
2. Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o`rganilgan mavzular bilan bir qatorda ilgari o`rgatilganlar yuzasidan yo`l qo`yilgan xatolar ham hisobga olinadi.
3. Diktant uchun materiallar sifatida ma`lum bir mavzudagi bog`lanishli tekst ba`zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so`zlar soni quyidagicha belgilangan:
1-sinfda ikkinchi chorak oxirida 20 so`z, yil oxirida 40 so`z;
2-sinfda ikkinchi chorak oxirida 55 so`z, yil oxirida 65 so`z ;
3- sinfda ikkinchi chorak oxirida 75 so`z, yil oxirida 85 so`z;
Diktant tekstining qiyinligi o`rtacha bo`lishi, ma`lum qadar imlosi o`rganilmagan so`zlar kiritilmasligi yaqinda o`tilgan mavzuga oid 2-6 so`z bo`lishi talab etiladi.
Diktant teksti O`quvchilarning turli qoidalarga oid yo`l qo`ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma`lum bir qoidaga oid nechta so`z bo`lishini bilgan O`qituvchiga O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar hisobini olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo`ladi.
4.O`qituvchi diktant tekstini o`qib, ayrim tushunarsiz so`z va iboralarni yo`l-yo`lakay tushuntiradi, O`quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O`qituvchi yig`ik sodda gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo`shma gapni esa qismlarga bo`lib yana o`qiydi, O`quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o`qilganda O`quvchilar yozganlarini tekshirib ko`radilar.
Tekst diktovka bilan yozdirilgach, O`qituvchi tekstni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarini tekshiradilar.
Diktatlar juda amaliy mashqlar bo'lib, ular bolalar imlolarini yaxshilashga yordam berish, grammatika qoidalarini o'rganing yoki eslang ular qanday yozilgan ba'zi so'zlar. Bular kichik va kichik yoshdagi o'qishlar, bolaning yoshiga va qobiliyatiga bog'liq holda katta yoki kichik qiyinchiliklarga ega bo'lib, ular ovoz chiqarib, bola eshitganlarini yozib oladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun diktantlar juda foydalidir va muntazam ravishda darsda qo'llaniladi. Ammo agar xohlasangiz jihatlaringizni yaxshilash uchun uyda farzandlaringizga yordam bering aytib o'tilganlar singari, ular bilan diktantlarni oddiy usulda mashq qilishingiz mumkin. Albatta, siz bolalar uchun mos matnlarni izlashingiz kerak, shunda ular so'zlarni tushunishlari va ular kontsentratsiya yoki faol tinglash kabi ko'nikmalarini rivojlantirishi mumkin.
Matn kerak 45 dan 60 gacha so'zlar orasida taxminan. Bu shuni anglatadiki, bola diktantni bajarishga taxminan o'n daqiqa vaqt ketadi. Ushbu topshiriqqa to'ymaslik uchun mukammal vaqt, har kuni kichkintoyni charchatib, ularni aqldan ozdirishdan ko'ra, diktant yozish afzaldir.
Keyin biz sizni tark etamiz tez-tez ishlatiladigan ba'zi matnlar maktablarda boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan diktantlar ustida ishlash.
Yaxshi kichkina bo'ri
«Bir paytlar hamma qo'zilar tomonidan xo'rlangan yaxshi kichkina bo'ri bor edi. Shuningdek, yovuz shahzoda, chiroyli jodugar va halol qaroqchi ham bor edi. Bularning barchasi bir vaqtlar dunyoni teskari o'girishni orzu qilganimda»
Nega biz qo'l beramiz?
"Qo'l ber Rimliklarga qadar bu juda qadimgi odat. Dastlab bu imo-ishora qo'lni taklif qilayotgan odam qurolsiz ekanligini va tinch munosabatda bo'lganligini ko'rsatdi. Bugungi kunda bu hurmat, ishonch va sadoqat shakli sifatida qaralmoqda »
Qoshlar nima uchun kerak? «Qoshlarning asosiy maqsadi - ko'rishni himoya qilish. Qoshlarning kamari suv va terni yuz tomonga burib yuboradi, bu ko'zlarning to'g'ri ishlashini osonlashtiradi u terlaganda»
Tuyalar qancha ichadi?
Tuyalar o‘t yeydi chunki bu ularni ichmasdan yashashlari uchun zarur bo'lgan suv bilan ta'minlaydi uzoq vaqt davomida; anchadan beri. Ular ichganda suvni shimgich singari shimib oladi va atigi o'n uch daqiqada bir yuz o'ttiz besh litrgacha ichishga qodir ».
Masalan, 1-sinfda so`zlarni so`roq berish orqali bir-biridan farqlash;
2-3 sinflarda so`z turkumlarini, otlarning egalik qo`shimchalarini topib, shaxs-sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe`llarning qaysi shaxs-sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash.
O`qituvchi o`z o`quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma ishda yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O`qituvchi diktant natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo`sh o`zlashtiruvchi O`quvchilar uchun alohida varaq ajratib, ular yo`l qo`ygan xatolarni yozib boradi. Bu O`qituvchiga O`quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o`sishini ko`zatib borishga, ayrim O`quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi.
O`quvchilar yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini tugrilash ustida o`zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so`zlarini tug`rilab ko`chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma`lum vaqt o`tgach, O`qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki O`quvchidan o`tilgan mavzuni so`rayotgan paytida zarur bo`lgan so`zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so`raydi. Bu hildagi ish O`quvchilarni aktivlashtiradi. O`qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida O`quvchilar ishida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni to`la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni O`quvchilar o`rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi O`quvchilarning grammatika va imlodan o`zlashtirishi xaqida to`la tasavvurga ega bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilar yo`l qo`yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo`lib, asosiylari qo`yidagilar hisoblanadi:
1. O`quvchi qoidani bilmaydi;
2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo`llay olmaydi;
3. Qoidalarni aralashtiradi;
4. Yozayotgan so`zlarini ma`nosini tushunmay xato qiladi;
5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto`g`ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o`zini tekshirib bora olmaydi.
O`quvchilarning grammatik bilim va to`gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o`zlashtirishlari baholanadi. Boshlang`ich sinflarda bitta baho qo`yiladi, bunda O`quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me`yori I - IV sinflar rejasiga berilgan.
O`quvchilar yo`l qo`ygan xatoning oldini olish va to`grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko`rilishi kontrol ishning xarakteriga ko`ra turlicha bo`ladi.
Diktant tahlilida O`qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O`quvchilar yo`l qo`ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O`qituvchi doskada, boshqa o`quvchilar daftarlariga sinfdagi ko`p o`quvchi xatoga yo`l qo`ygan so`z, yokigaplarni yozadilar;
U yoki bu so`zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi;

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling