Aripova shaxnozaning


To`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi


Download 52.16 Kb.
bet8/11
Sana01.03.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1240574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARIPOVA SHAXNOZA KURS ISHI

To`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi.
Tipik xatolar juda ko`p bo`lmaydi, shuning uchun O`qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so`z tanlash, shu so`zni qatnashtirib gap yoki so`z birikmasi to`zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida O`quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O`qituvchi O`quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O`qituvchi tomonidan togrilangan so`zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo.
Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi.
Har bir dars, har bir O`quvchining javobi, har qaysi yozma ish O`quv predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, O`qituvchi O`quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi.
O`qituvchi alohida O`quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og`zaki va yozma javoblarni to`g`ri baholab borishi, o`z daftarchasiga zarur ma`lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma`lum sxema asosida gap bo`laklari, so`z turkumi yoki so`z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap bo`laklari, so`z turkumlari xaqida chizish bilan, so`z qismlarini ma`lum belgilar bilan gapdagi so`zlarning bog`lanishini sxema bilan ko`rsatish va shu kabilar.
Orfografiyadan- kontrol diktant: kerakli so`zlarni yoki tinish belgilarini qo`yib, bo`sh formada berilgan so`zlarga ko`shimchalar ko`shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko`chirib yozish;
berilgan tema asosida gap tuzish;
hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish;
kichik hikoya yozish;
ba`zan lug`at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: diktant yozdirilib, matndagi ayrim so`z, so`z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi;
Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.
Uchinchi sinf o`quvchilariga 2-chorakda "Qish keldi" mavzusida diktant yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish bo`ladi.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling