Chig’iriq - .. Vaqt «hozir»siz mavjud bo‘lolmaydi va butun ma’nosini yo‘qotadi. Zero, «hozir» o‘zida ham ibtidoni, ham intihoni jo etguvchi o‘rtalikdir.
- Harakatning paydo bo‘lishi yoki g‘oyib bo‘lishi aslo mumkin emas.
- Sezgi buyumlarning shaklini ularning moddiyatisiz qabul qilish qobiliyatidir. Bu xuddi temir va oltindagi tasvirning mumga jo bo‘lishiga o‘xshaydi. (Ya’ni mum sezgi bo‘lsa, temir va oltin — buyumlar.surati.)
- (Buni yana shunday tushuntirish mumkin. Biz ko‘rib turgan toshning aynan o‘zi emas, balki uning shakli qalbimizdan o‘rin oladi).
- Hech narsa tasodifan sodir bo‘lmaydi. Biz tasodif deb ataydigan hamma narsaning o‘z sababi bor
- Har kuni Quyoshning osmon toqini aylanib o‘tishini, tunda esa o‘zga yoritkichlarning bir tekis jilvalanishini kuzata turib, bu harakat va uyg‘unliklarning sababkori Xudoning mavjudligiga iymon keltirmaslik mumkin emas.
- Tabiat o‘zini o‘zi davolovchi odamga o‘xshaydi.
- Aristotel o’z iqtisodiy ta’limotidakullik — tabiiy bir hodisa va u doimo ishlab chiqarish negizi bo’lishi lozim, degan nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul mu-nosabatlarini tadqiq etib, natural xo’jalik bilan tovar ish ch. O’rtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: iste’mol qiymatlari yig’indisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni „tabiiy boylik“ deb ataydi) dehqonchilik va hunarmandchilik bo’lib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni „g’ayritabiiy boylik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat bo’lmay, o’zaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab bo’lmaydi. Shuningdek iste’mol qiymati bilan tovar qiymati o’rtasidagi chegarani birinchi bo’lib belgilab berdi, turli xil tovarlarii faqat pul vositasida o’zaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |