Aristotel, farobiy va kant ontologiyasida kategoriyalar tasnifi


Download 18.34 Kb.
bet4/5
Sana08.05.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1447285
1   2   3   4   5
Bog'liq
ARISTOTEL, FAROBIY VA KANT ONTOLOGIYASIDA KATEGORIYALAR TASNIFI 39

Forobiyning asosiy asarlari: "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq bo'limining bir qismi", "Ta'liqot" (sharhlar), "Inson a'zolari haqida risola", "Bo'shliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi", "Hajm va miqdor haqida so'z", "Musiqa haqida so'z", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqi­da", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi to'g'risida" va boshqalar Forobiy borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin ta'limotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi.

  • Kant bolalik va o‘smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli nimjon, jizzaki hamda vahimachi edi. 1745 yilda u Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. 1755 yildan to 1797 yilgacha shu yerda metafizika, mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dars bergan. Umrining oxirigacha bo‘ydoq o‘tgan. 57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan.

  • Kant bolalik va o‘smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli nimjon, jizzaki hamda vahimachi edi. 1745 yilda u Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. 1755 yildan to 1797 yilgacha shu yerda metafizika, mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dars bergan. Umrining oxirigacha bo‘ydoq o‘tgan. 57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan.

  • Germaniyalik mutafakkir Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand usta oilasida tug‘ilib o‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to‘rtinchisi bo‘lgan.

  • Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755), «Mantiq» (1800), «Amaliy mantiq tanqidi» (1788), «Antropologiya» (1798). Bular Kantning eng yirik va mashhur asarlari sirasiga kiradi. Olim shaxsiy hayotida falsafiy masalalar xususida suhbatlashishni xush ko‘rmagan. Aftidan, u o‘zining tinglashga emas, faqat o‘qitishga qobiliyatli ekanini yaxshi anglagan. Hayotining har bir lahzasi muayyan tartibga solingan faylasuf har kech roppa-rosa soat 10 da uyquga yotgan, tonggi soat 5 da uyg‘ongan. U 30 yil davomida bir marta ham bu tartibni buzmagan. Roppa-rosa kechki soat 7 da sayrga chiqqan. Kyonigsbergda yashovchilar Kantga qarab soatlarini tekshirishgan.


  • Download 18.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling