Ariza shakli 1-ilova
Talabalar yozishi mumkin bo’lgan arizalar namunalari 11-ilova
Download 76.61 Kb.
|
Hujjatlar namunalari
Talabalar yozishi mumkin bo’lgan arizalar namunalari 11-ilova
Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi davolash fakultetining dekani A.H.Husanovga 1-kurs talabasi Najim Toshqulovda ARIZA Viloyatdan kelganligimni e’tiborga olib, menga talabalar yotoqxonasidan joy berishingizni so’rayman. 0000.00.00 imzo N.Toshqulov __________________________________________________________________
ARIZA
Arizamga kasalligim haqidagi vrach ma’lumotnomasi ilova qilinadi. 0000.00.00 imzo S.Mahmudov 13-ilova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining rektori ___________________ga mexanika fakultetining 3-kurs talabasi Rahima Salimovadan ARIZA
Arizamga tibbiyot muassasasining xulosasi ilova qilindi. 0000.00.00 imzo R. Salimov Toshkent viloyati Yangiyo’l shahar sudi 57-ilova
DA’VO ARIZASI Men D.Sh.Komilov bilan 2003 yil 14 oktyabrdan beri qonuniy nikohdaman. Nikoh Yangiyo’l shahar FXXK, bo’limida qayd etilgan. Biz birgalikdagi turmushimiz davrida umumiy summasi 21 mln 601 ming so’m bo’lgan mol-mulk sotib oldik. Ilova qilinayotgan ro’yxatga nikoh qayd kilinguncha o’zimizga tegishli bo’lgan mol-mulk hamda bola uchun sotib olingan buyumlar kiritilmagan. 2007 yil may oyida D.Sh.Komilov Yangiyo’l shahriga, o’z ota-onasinikiga doimiy yashash uchun ketib qoldi va qaytib kelishni hohlamayapti. O’zR Oila kodeksining 27-28-moddalari asosida va O’zR FKning 223- va 226-moddalariga amal kilgan holda, men va D.Sh.Komilov birgalikda topgan mol-mulkni bo’lib, menga narxi 5 mln 500 ming so’m bo’lgan «Ukraina» pianinosini, narxi 4 mln. 500 ming so’m bo’lgan «Аyva» televizorini, umumiy bahosi 800 ming 500 so’m bo’lgan 140 dona badiiy kitobni berish haqida qaror (hukm) chiqarishingizni so’rayman. Ilova: 1. Nikoh guvohnomasining nusxasi. 2. Bo'linishi kerak bo'lgan mol-mulk ro'yxati. 3. Televizor va pianinoning pasportlari. 4. Daʼvo arizasining nusxasi. `0000.00.00 (imzo) N.P. Komilova 58-ilova Toshkent shahar Mirobod tumani sudiga Toshkent shahar Yangi qo’yliq ko’chasidagi 25-uy, 61-xonadonda yashovchi Farid Shamsievich Xabibullindan Manfaatdor shaxs: Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligining moliya bo'limi ARIZA Onam, Soniya Karimovna Xabibullina, 2007 yil 7 sentyabr kuni vafot etib, undan merosiy mulk — Toshkent shahar Fitrat ko'chasidagi 26-raqamli uyda hovli-joy qoldi. Onam vafot qilgan paytda men chet elda uzoq muddatli xizmat safarida edim. 2008 yil noyabr oyida xizmat safaridan qaytgandan keyin men merosiy mulkni qabul qilib olish va uni rasmiylashtirishga fursat topa olmadim, chunki meni yana zudlik bilan navbatdagi xizmat safariga jo'natishdi, bu safarim 2009 yil fevral oyining oxirigacha davom etdi. 2009 yil mart oyida men Toshkentga qaytib keldim. Notarial idora mening merosiy mulkni qabul qilib olishning qonunda belgilangan muddatini o'tkazib yuborganimni bahona qilib, merosga bo'lgan huquq to'g'risidagi guvohnomani bermayapti. Men merosni qabul qilib olish uchun belgilangan muddatni uzrli sabablar bilan o'tkazib yuborganman deb o'ylayman. Marhumaning mendan boshqa bolalari yo'q, uning qaramog'ida voyaga yetmagan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslar bo'lmagan. Аytilganlar asosida va O'zR Fuqarolik kodeksining 1146-, 1157- moddalariga rioya qilgan holda, menga merosni qabul qilib olish muddatini uzaytirishingizni so'rayman. Ilova: 1. Onamning vafot etganligi haqidagi guvohnomaning ko'chirma nusxasi. 2. Mening tug'ilganligim haqidagi guvohnomaning ko'chirma nusxasi. 3. Xorijdagi xizmat safarlari guvohnomalarining ko'chirma nusxalari. 4. Mening 2007 yil 7 sentyabrda qayerda bo'lganligim haqida maʼlumotnoma. 0000.00.00 imzo F.Sh.Habibulli Bayonnoma shakli 1-ilova Sirg'ali tuman o'quvchi va yoshlar ilmiy-texnika ijodiyoti markazi jamoasi yig'ilishining 3-raqamli BАYONNOMАSI Download 76.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling