Arizachining ismi familiyasi) (imzo)
hamkorlikda faoliyati yuritish to‘g‘risidagi
Download 51.01 Kb.
|
lotin ariza
hamkorlikda faoliyati yuritish to‘g‘risidagi
KELIShUV BAYoNNOMASI Andijon shahri "__"______________20__ yil Mazkur Kelishuv Bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni, xususan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunini va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda jamoa ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida hamkorlikda va o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuzildi. Mazkur Kelishuv Bayonnomasi quyidagilar tomondan tuzildi: ____________________________________________________________, keyinchalik “Tashkilot” deb yuritiluvchi, nomidan uning Ustavi asosida faoliyat yurituvchi, direktor ______________________, Andijon shaxar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, keyinchalik “Jamiyat” deb yuritiluvchi, nomidan Federatsiyaning Ustavi asosida faoliyat yurituvchi, rais _____________________________________. Tomonlar quyidagilarni: Jamiyatning asosiy vazifasi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining (keyinchalik “Federatsiya” deb ataladi) hududiy ijro etuvchi organi sifatida mazkur hududdagi aholining keng qatlamlarini o‘z safida birlashtirgan holda ularning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik doirasida va Federatsiya Ustavi asosida himoya qilishdan iborat ekanligini; Tashkilot o‘z ishchi-xodimlarini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan ishlash malakasiga erishishiga, tovar (ish, xizmatlarni) sotib olishda iste’molchilar huquqlari bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini o‘zlashtirishiga xayrihohligini; Tashkilot va Jamiyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini amalga oshirishda hamkorlikda faoliyat yuritishga tayyor ekanliklarini inobatga olgan holda quyidagilarga kelishdilar: 1. Jamiyat mazkur Kelishuv Bayonnomasi doirasida o‘z imkoniyatlari va harakatlarini muvofiqlashtirgan holda: Tashkilot tomondan iste’molchilarga tovar (ish,xizmat) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq faoliyatini iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etishga ko‘maklashadi; Tashkilot ishchi-xodimlarini o‘z safiga jamoa tartibida birlashtirgan hamda tashkilot iste’molchilar tayanch guruhi faoliyatini tashkil etgan holda ularning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilim saviyasini oshirish va iste’mol madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi; Federatsiyaga a’zolik maqomiga ega bo‘lgan Tashkilot ishchi-xodimlarining huquqlarini Federatsiya Ustavi va ichki hujjatlari bilan belgilangan tartibda to‘liq ijrosini ta’minlaydi; Tashkilotda xizmat qilayotgan iste’molchilar bilan tadbirlar tashkil etishda Tashkilotning ichki mehnat tartibi, texnologik jarayonni buzmagan hamda Tashkilotning ichki ishlariga aralashmagan holda va Tashkilot rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiradi. 2. Tashkilot o‘z ishchi-xodimlarini Federsiyaga jamoa tartibida a’zo bo‘lishlari uchun xayrihohligini va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni ijrosini amalga oshirishda Jamiyat bilan hamkorlikda faoliyat yuritish uchun o‘zining roziligini tasdiqlagan holda: Tashkilotda xizmat qilayotgan iste’molchilar o‘rtasida Jamiyat tomondan turli tadbirlarni tashkil etishda amaliy yordam beradi; Tashkilot ishchi-xodimlarini Federsiya a’zoligiga jamoa tartibida doimiy jalb etishda yaqindan yordam beradi; Tashkilot iste’molchilar tayanch guruhi faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashadi; Tashkilot ishchi-xodimlaridan Federsiyaga a’zo bo‘lgan iste’molchilar tomondan to‘lanishi lozim bo‘lgan kirish va a’zolik badallarini ularning ish haqi hisobidan Tashkilot buxgalteriyasi tomondan markazlashtirilgan holda Jamiyat hisob raqamiga o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam beradi. 3. Tomonlar mazkur Kelishuv Bayonnomasini ijrosini ta’minlash uchun quyidagi vakolatli shaxslarni belgilaydi: Tashkilot tomondan:__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (vakolatli shaxsning ismi-sharifi, lavozimi, telefon va faks raqami, elektron manzili). Jamiyat tomondan: (vakolatli shaxsning ismi-sharifi, lavozimi, telefon va faks raqami, elektron manzili). 4. Mazkur Kelishuv Bayonnomasi tomonlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini ijrosini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatlari tartibini belgilaydi va hech qanday o‘zaro moliyaviy majburiyatlarga asos bo‘lmaydi. Mazkur Kelishuv Bayonnomasiga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda tayyorlangan va ikkala tomondan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi. Download 51.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling