Arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil
Download 22.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Gazlama - Vikipediya
Gazlama arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. G. qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi. Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz G.lar boʻladi. G.dan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. G.lar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). G.ning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus dinamometr yordamida anikdanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni oʻlchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va b. hollarda oʻlchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; G. 3—10% kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik G. larning qalinligi 0,1— 5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan oʻlchanadi. G.larni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini yoʻqotish — G. yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yoʻli bilan bajariladi. Kuydirish uchun G.lar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez oʻtkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda G. tekis va chiroyli boʻlib chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda G. maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan G. boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga oq tus berish. G.lar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladi. Sidirgʻa boʻyash — G.larni turli ranglar bilan bir xil qilib boʻyash. Gul bosish — G.ning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda G.lar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan G. bezak mato deb ataladi. Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) toʻqiladi. Bezak G.lar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi. Oʻngi tekis, gʻadirbudur va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak. Atlas Banoras Batist Beqasam Boʻz Chit Toʻqimachilik Toʻquvchilik Yana qarang OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Olimboyev E. Sh. vab., Toʻquvchilik texnologiyasi va toʻquv stanoklari, T., 1987. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Adabiyotlar Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentyabr 2022, 19:25 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Gazlama&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=Gazlama&oldid=2839774 " dan olindi Download 22.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling