Armat++ dasturi elektron katalogini shakllantirish
Download 1.47 Mb.
|
Armat
ARMAT++ dasturi elektron katalogini shakllantirish ARMAT++ dasturida hujjatlar elektron katalogini shakllantirish «Kataloglashtiruvchining» AIO‘da bajariladi. Dastlab Kataloglashtiruvchining AIO‘ni ishga tushiriladi. Buning uchun tizim bosh sahifasining «login» va «parol» maydonlariga tegishli login va parol kiritilib, «Kirish» tugmasi chertiladi (2.1-rasm. Maqolaning 1-qismi o‘tgan sonda chop etilgan. Mazkur maqola 2-qism bo‘lgani sababli rasmlar raqami 2.1 sifatida berildi). Natijada Kataloglashtiruvchining AIO‘ bosh sahifasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz (2.2-rasm). Kataloglashtiruvchining AIO‘ hujjatlarini kataloglashtirish uchun «Kataloglashtirish» punktiga kiramiz, buning uchun chap tomondagi punktlar orasidan «Kataloglashtirishni» tanlaymiz va sichqoncha bilan chertamiz. Natijada tizim elektron katalogida ishlash imkoniyatini beruvchi darcha ochiladi (2.3-rasm). Dastlab, kataloglashtirilayotgan hujjatning ko‘rinishiga qarab, ish sahifasini tanlaymiz (2.4-rasm). Faraz qilaylik, kataloglashtirilayotgan hujjat bir muallifli, shu sababli menyudan «1–3 muallifli hujjatlarni kataloglashtirish» tanlanadi va «Yaratish» tugmasi chertiladi. Natijada bir muallifli hujjatlarni kataloglashtirishga mo‘ljallangan maydon va maydonostilarning ro‘yxati paydo bo‘ladi (2.5-rasm). Bir muallifli hujjatning bibliografik tavsif elementlarini tizimning maydon va maydon ostilariga kiritish ARMAT++ dasturida ARMAT-U dasturidagiga o‘xshash. Kataloglashtirish MARC 21 formati talablari asosida bajariladi (2.6-rasm). Tizimning maydon va maydonostilariga bir muallifli hujjat tavsif elementlari kiritib bo‘lingach, «Ko‘rish» tugmasini chertamiz va 2.7-rasmdagi holatga ega bo‘lamiz. Bu yerda bir muallifli hujjat bibliografik tavsif elementlarini to‘g‘ri kiritilganligini tekshirib ko‘rish mumkin. Barcha maydonlar to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, «Saqlash» tugmasini chertamiz. Natijada bir muallifli hujjat biliografik tavsif elementlari tizimning elektron katalogiga kiritilganligini ko‘ramiz (2.8-rasm). Kataloglashtirilgan hujjat nusxalarini kiritish Kataloglashtirilayotgan hujjat nusxalarini kiritish uchun bibliografik tavsifning «nusxalar soni»ni ko‘rsatuvchi belgiga (2.9-rasm) chertamiz va kataloglashtirilayotgan hujjatning nusxalarini kiritish imkoniyatiga ega bo‘lamiz (2.10-rasm). Bu yerdagi «Nusxa qo‘shish» tugmasini bosish orqali kataloglashtirilayotgan hujjat nusxalarini kiritish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Kataloglashtirilayotgan hujjat nusxalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2.11-rasmdagi maydon va maydonostilarga kiritiladi. Kataloglashtirilgayotgan hujjat nusxalariga tegishli ma’lumotlar kiritilgach, «Qo‘shish» tugmasi chertiladi va nusxalar to‘g‘risidagi ma’lumot tizim elektron katalog ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Kataloglashtirilayotgan nusxalar ro‘yxati 2.12-rasmda keltirilgan. Nusxalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgach, «Elektron katalog» tugmasini chertish orqali ARMda bir nusxa kataloglashtirilgan hujjatlar mavjudligini ko‘ramiz (2.13-rasm). Yuqorida keltirilgan usulda ARMAT++ dasturida turli ko‘rinishdagi hujjatlarni kataloglashtirish mumkin. Shunday qilib, ARMAT++ dasturida turli ko‘rinishdagi hujjatlarni kataloglashtirishni ko‘rib chiqdik. Mazkur usulda, taklif etilayotgan dasturdan foydalanib, barcha ko‘rinishdagi hujjatlarni MARC 21 xalqaro formati talablari asosida kataloglashtirish mumkin. ARMAT++ dasturida turli ko‘rinishdagi hujjatlarni kataloglashtirishda dinamik va statik ma’lumotnomalardan foydalanish kataloglashtirish jarayonini tezlashtiradi, xatoliklarning oldini oladi, bu esa o‘z navbatida, sifatli bibliografik resurslar yaratish imkoniyatini beradi. 2.1-rasm. Tizimning bosh sahifasi 2.2-rasm. Kataloglashtiruvchining AIO‘ bosh sahifasi 2.3-rasm. Kataloglashtiruvchining AIO‘da kataloglashtirish 2.4-rasm. Ish sahifasini tanlash 2.5-rasm. Bir muallifli hujjat bibliografik tavsif elementlarini kiritishga mo‘ljallangan maydon va maydonostilar 2.6-rasm. Tizimning maydon va maydonostilariga bir muallifli hujjat tavsif elementlarini kiritish 2.7-rasm. Kiritilgan bibliografik tavsif elementlarini tekshirish 2.8-rasm. Bir muallifli hujjat tavsifini elektron katalogdagi ko‘rinish 2.9-rasm. Nusxalarini kiritish tugmasi 2.10-rasm. Kataloglashtirilayotgan hujjatning nusxalar ro‘yxati 2.11-rasm. Kataloglashtirilayotgan hujjatning nusxalari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritishga muljallangan maydonlar 2.12-rasm. Hujjatning nusxalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2.13-rasm. Kataloglashtirilgan hujjatning nusxasi to‘g‘risidagi ma’lumot Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling