4
Tadqiqot maqsadi. Konlardan qazib olinadigan neftli yo’ldosh
gazlarni
tarkibini va xususiyatlarini o’rganish, utilizatsiya qilish ketma-ketlik jarayonini
tizimlashtirish va tadqiqotlash usullarini takomillashtirish.
Tadqiqot vazifalari:
1. Mavzu bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining
natijalarini tahlil
etilgan.
2. “Sho’rtanneftgaz” UShK korxonasida yo’ldosh gazlarni utilizatsiya
qilish va uni qayta ishlash texnologiyasi o’rganilgan
hamda iqtisodiy
ko’rsatgichiga baho berilgan.
3. Yo’ldosh gazlarni utilizatsiya qilish texnologiyasini zamonaviy
usullari takomillashtiriladi va yangi qayta ishlovchi konstruksiyalardan
foydalanish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Neftning tarkibidan ajratib olinadigan yо‘ldosh gazlar mash’alaga asosan
kam debitli neft konlaridan chiqariladi. Kam debitli
konlardan olinadigan
yо‘ldosh mash’ala gazlarini utilizatsiya qilish texnologiyalaridan foydalnish
mumkin lekin konlarni bir-biridan uzoq masofada joylashganligi uchun gazlarni
utilizatsiya qilish tijorat xarajatlarini qoplamaydi.
Bu yо‘nalishdagi muammolarni hal qilishning
asosiy masalaridan biri
soddalashtirilgan sxemada keng fraksiyali yengil gazlarni ajratuvchi oddiy
sharoitida katta bо‘lmagan hajmdagi gazni qayta
ishlab beruvchi mini-zavod
modullaridan foydalanish masalasini kо‘rib chiqish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Shimoliy Shо‘rtan, G‘armiston, Qumchuq,
Shakarbuloq konlaridagi yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish loyihasini amalga
oshirish tezlashtirish va GA (gaz aralashmasini)
gazlarni gazsizlantirish
bо‘yicha bо‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Mavzu bо‘yicha olib borilgan
tadqiqot
ishlarining natijalari, “Shо‘rtanneftgaz” UShK korxonasida yо‘ldosh
gazlarni utilizatsiya qilish va uni qayta ishlash texnologiyasi о‘rganilgan hamda
iqtisodiy kо‘rsatgichiga baho beriladi.