Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J
Download 1.29 Mb.
|
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kursning
Fayllar va kataloglar.
Disketalarda ma‘lumotlar fayllar ko’rinishida saqlanadi. Fayl -bu disketaning ma‘lum nom bilan ataluvchi sohasidir. Faylda dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo’lgan dasturlar va xokazolar saqlanadi. Fayllar 2 xil bo’ladi: matnli va ikkili tizimdagi. Matnli fayllar foydalanuvchi ukishi uchun mo’ljallangan. Har bir fayl ikki qismdan iborat bo’lgan nomga ega. Fayl nomining birinchi qismi asosiy qismi hisoblanadi va 1 tadan 8 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Fayl nomining ikkinchi qismi kengaytgich deyiladi va 1 tadan 3 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Fayl nomining asosiy qismi kengaytgichdan nuqta bilan ajratiladi. Masalan: сommand.com autoexec.bat ma’ruza.txt hisobot1.doc Faylga nom berishda fakat lotin harflaridan foydalanish Maqsadga muvofikdir. Fayl nomida kengaytgich bo’lishi shart emas. Lekin kengaytgich koidaga ko’ra, faylning qaysi turda ekanligini aks ettiradi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Masalan: .com va .exe ishlatishga tayyor buyrukli va bajariladigan faylar; .bat - foydalanuvchi yaratgan buyruk fayllar; .bak - faylning uzgarishdan avvalgi nusxasi; .txt - matnli fayl; .doc – matnli, hujjatli fayl; .bas - Beysik tilida tuzilgan dastur fayli; .jpeg va bmp, gif va xakozo- grafik va tasvirli fayllar; .pas - Paskal tilidagi dasturli fayl. Kataloglar Fayl nomlari magnit disketalarda katalog (yoki direktoriy, papka)larda kayd kilinadi. Katalog -bu fayl nomlari, ularning xajmi, yozilishi vaqti haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi disketadagi maxsus joy. Agar katalogda faylning nomi bo’lsa, u holda fayl shu katalogda joylashgan bo’ladi. Har bir magnitli disketada kataloglar soni bir nechta bo’lishi mumkin. Har bir katalog uzining nomiga ega. Misol uchun, quyidagi takkoslashni keltirish mumkin. Kitob -bu disketa, kitobdagi boblar-bu kataloglar, har bir bobdagi, paragraflar-bu fayllardir. Kataloglarga fayllar kabi nom beriladi. Odatda, katalog nomida kengaytgich bulmaydi. Bir katalog boshqa bir katalogda kayd kilinishi mumkin. Agar X katalog Y katalogida kayd kilingan bo’lsa, u holda X - ichki katalog (podkatalog) deyiladi, Y esa - tashki katalog hisoblanadi . Har bir magnitli disketada bosh yoki tub katalog bo’ladi, unda fayllar va 1- bosqichdagi ichki kataloglar kayd etiladi. 1-bosqichdagi ichki kataloglarda fayllar va 2-bosqich kataloglari kayd etiladi va xokazo. Natijada magnitli disketada kataloglar va fayllarning daraxtsimon tuzilishi hosil bo’ladi. Foydalanuvchi shu dakikada ishlab turgan disk joriy disk deyiladi. Masalan, foydalanuvchi vinchester bilan ishlab turgan bo’lsa, kattik magnitli disk C: joriy hisoblanadi. Foydalanuvchi kichik egiluvchan magnitli disketa bilan ishlab turgan bo’lsa, shu kichik magnitli disketa A: yoki B: joriy disketa hisoblanadi. MS DOS operatsion tizimi foydalanuvchi surayotgan fayllarni joriy disketadan kidiradi. Joriy diskni o’zgartirish uchun MS DOS ning maxsus komandalaridan foydalaniladi. Foydalanuvchi ishlayotgan laxzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MS DOS komandasida faylning nomi ko’rsatilsa , u holda bu fayl joriy katalogdan kidiriladi yoki joriy katalogda tashkil etiladi. Agarda foydalanuvchiga zarur bo’lgan fayl joriy katalogda bulmasa, u holda kerakli faylning qaysi katalogda joylashganini ko’rsatish lozim. Buning uchun faylgacha bo’lgan yul ko’rsatiladi. Faylgacha bo’lgan yul “\” belgi bilan ajratilgan kataloglar yoki “..” belgilar ketma-ketligidir. Bu yul tub yoki joriy katalogdan kerakli fayl joylashgan kataloggacha bo’lgan marshrutni ko’rsatadi. Shaxsiy kompyuterlar turli magnitli disketalar ishlaydigan maxsus kurilmalarga ega. Egiluvchan disketalar bilan ishlashni ta‘minlaydigan kurilmalar А:, В: va xokazo bilan nomlanadi. Masalan, shaxsiy kompyuterda ikkita egiluvchan magnitli disketa ishlatilishi mumkin. Bu disketalar mos ravishda A: va V: orqali belgilanadi. Egiluvchan magnitli disketalardan tashkari kattik magnitli disketa (vinchester) ishlatilishi mumkin. Vinchester S: orqali belgilanadi. Qulaylik uchun odatda S: disketa qismlarga bulinadi. Ular D:,E:,F: va xokazolar bilan nomlanadi. Faylning to’liq nomi quydagi ko’rinishga ega: Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling