Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J


Download 1.29 Mb.
bet28/117
Sana01.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1737958
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
Bog'liq
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kursning

Создат новый каталог maydonida katalogga nom berib OK buyrug’i ustida “sichqoncha” tugmasi bosiladi.



Keraksiz katalogni yoki faylni o’chirish uchun [F8]- Удалить tugmachasidan foydlaniladi. O’chirilayotgan fayl yoki katalog o’chirilishini tasdiqlash uchun [Да] tugmasidan “sichqoncha” ko’rsatkichi keltirilib bosiladi. O’chirishni bekor qilish uchun Отмена yoki Нет buyrug’i beriladi.





WINDOWS COMMANDER dasturidan chiqish uchun klaviaturadan[Alt]+[F4] tugmalari birgalikda bosiladi.


Nazorat savollari

  1. Windows OT ishga tushirish bosqichlarini sanab bering

  2. NC dasturidan Windows OT iga qanday o’tiladi?

  3. Windows tizimida kompyuter taprmog’iga qo’shilish uchun nima ishlar qilish kerak?

  4. Windows ishchi stoli deganda nimani tushinasiz?

  5. Ishchi stolga qaysi ob‘ektlar kiradi?

  6. Windows OT ishi qanday tugatiladi?

  7. Windows OT ishi klaviatura yordamida qanday tugatiladi?



Mavzu: Matn muharrirlari. Matn muharrirlarining turlari, asosiy vazifalari va qo’llanilishi


Reja:
1. Matn muharrirlari.
2. WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
3. Microsoft Office tarkibidagi matn muharriri
WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
Standart dasturlar WINDOWS tarkibidagi (birgalikda beriladigan) dasturlardir. Bu dasturlar yordamida biz har xil asosiy ammallarni bajarishimiz mumkin (matn yozish, rasm chizish, musika eshitish, video ko’rish, hisob kitob qilish, uyin uynash va xoqazo). Bu dasturlarning kamchiligi bor - shu dasturlar yordamida sodda fayllarni yaratishimiz va dasturlar yordamida tashqi qurilmalarning kam imkoniyatlaridan foydalanishimiz. Endi shu bo’limlar bilan yaqinroq tanishini boshlaymiz. Bosh menyuning PROGRAMM bo’limi yordamida kompyuterimizga o’rnatilgan dasturlar ro’yxatini ko’rishimiz va ularni ishga tushirishimiz mumkin. Bu bo’lim ichidagi dasturlar va ular guruhlar ro’yxatida СТАНДАРТНЫЕ nomli dasturlar guruhi joylashadi.
SHu dasturlardan birinchi tanishadigan dastur bu -BLOKNOT (NotePad) dasturi. Uning yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni yaratishimiz va taxrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matnlar yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash imkoniyatlar yo’q.

7-rasm
Bu dasturni ishga tushurish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin ПРОГРАММЫ bo’limini tanlaymiz. Shu bo’limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi БЛОКНОТ nomli dasturni ishga tushiramiz.
Dastur ishga tushgach ekranda standart dastur oynasini ko’ramiz (7-rasm). Uning asosiy ish sohasi oq varaqga o’xshash bo’lib unda qora chiziqcha -kursor joylashadi. Bu kursor turgan joyda matn paydo bo’ladi. Kursorni joyilashinishini o’zgartirish uchun klaviaturadagi ko’rsatgichlardan foydalanamiz.
Yozilgan matnli faylni saqlash uchun sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi СОХРАНИТЬ buyrug’ini tanlaymiz. Natijada СОХРАНЕНИЕ ДОКУМЕНТА oynasi paydo bo’ladi (8-rasm). Bu oyna orqali fayl saqlanishi kerak bo’lgan papka ichiga kirib oynaning pastki qismida joylashgan ИМЯ ФАЙЛА satriga saqlanayotgan faylning nomini yozamiz va СОХРАНИТЬ tugmasini bosamiz.

8-rasm
Qaysidir matnli faylni taxrirlash yoki ko’rish uchun ochmoqchi bo’lsak u holda sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi ОТКРЫТЬ buyrug’ini tanlaymiz. Natijada saqlashda chiqqan oynaga o’xshash ОТКРЫТИЕ ДОКУМЕНТА nomli oyna hosil qilinadi. Shu oyna orqali biz kerakli faylni topib, uni tanlab ОТКРЫТЬ tugmasini bosamiz.
Matnli faylni bosmaga (printerga) chiqarmoqchi bo’lsak sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi ПЕЧАТЬ buyrug’ini tanlaymiz.
СТАНДАРТ dasturlarning boshqasi bu - WORD PAD dasturi. Uning yordamida esa murakkabroq (.doc, .txt, .wri, .rtf kengaytmali) matnli fayllarni yaratishimiz mumkin. Bu dasturda matn har xil harflar shrifti (shaqli), har xil razmerida (kattalikda) va har xil ko’rinishida yoziladi, rasmlar bilan ishlash imkoniyat bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo’q.
Bu dasturni ishga tushirish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin ПРОГРАММЫ bo’limini tanlaymiz. Shu bo’limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi WORDPAD nomli dasturni ishga tushiramiz (9-rasm). Dastur ishga tushgach ekranda standart dastur oynasini ko’ramiz. Dastur oynasi qo’yidagi qismlardan iborat: NOM SATRI (dastur belgisi, fayl nomi, dastur nomi va oynaning uchta asosiy tugmalarini ko’rsatadi), menyu satri (dasturning asosiy buyruqlar joylashgan menyu), YORDAMCHI QUROLLAR TUGMALARI SATRI (yordamchi qurollar tugmalari joylashgan), ISH SOHASI (oq varaq), MA‘LUMOTLAR SATRI (qo’shimcha ma‘lumotlar).

9-rasm
Bu dasturda ishlash uchun biz yordamchi qurollar bilan yaqinroq tanishimiz kerak. Ular ishlash holatlari bo’yicha guruhlarga bo’lingan.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling