Tadqiqot obyekti va predmeti. Neftni qazib olish jarayoni va yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish ishlari “Shо‘rtanneftgaz” UShK tarmog‘idaga konlar misolida tadqiqot qilinadi va tadqiqot predmeti - “Shо‘rtanneftgaz” UShK tarmog‘idagi konlarda olib borilayotgan amaliy ishlarni natijalari tadqiqotlanadi.
Tadqiqot maqsadi. Konlardan qazib olinadigan neftli yo’ldosh gazlarni tarkibini va xususiyatlarini o’rganish, utilizatsiya qilish ketma-ketlik jarayonini tizimlashtirish va tadqiqotlash usullarini takomillashtirish.
Tadqiqot vazifalari:
Mavzu bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalarini tahlil etilgan.
“Sho’rtanneftgaz” UShK korxonasida yo’ldosh gazlarni utilizatsiya qilish va uni qayta ishlash texnologiyasi o’rganilgan hamda iqtisodiy ko’rsatgichiga baho berilgan.
Yo’ldosh gazlarni utilizatsiya qilish texnologiyasini zamonaviy usullari takomillashtiriladi va yangi qayta ishlovchi konstruksiyalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Neftning tarkibidan ajratib olinadigan yо‘ldosh gazlar mash’alaga asosan kam debitli neft konlaridan chiqariladi. Kam debitli konlardan olinadigan yо‘ldosh mash’ala gazlarini utilizatsiya qilish texnologiyalaridan foydalnish mumkin lekin konlarni bir-biridan uzoq masofada joylashganligi uchun gazlarni utilizatsiya qilish tijorat xarajatlarini qoplamaydi.
Bu yо‘nalishdagi muammolarni hal qilishning asosiy masalaridan biri soddalashtirilgan sxemada keng fraksiyali yengil gazlarni ajratuvchi oddiy sharoitida katta bо‘lmagan hajmdagi gazni qayta ishlab beruvchi mini-zavod modullaridan foydalanish masalasini kо‘rib chiqish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Shimoliy Shо‘rtan, G‘armiston, Qumchuq, Shakarbuloq konlaridagi yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish tezlashtirish va GA (gaz aralashmasini) gazlarni gazsizlantirish bо‘yicha bо‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Mavzu bо‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari, “Shо‘rtanneftgaz” UShK korxonasida yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish va uni qayta ishlash texnologiyasi о‘rganilgan hamda iqtisodiy kо‘rsatgichiga baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |