Arslonquyruq-leonurus reja: Arslonquyruq Morfalogiyasi


Download 32 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi32 Kb.
#1002686
1   2   3
Bog'liq
Arslonquyruq-leonurus reja Arslonquyruq Morfalogiyasi-fayllar.org

Kimyoviy tarkibi. Arslonquyruq o‘simligining kimyoviy tarkibi hali yetarli o‘rgani1gan emas. O‘simlik tarkibida flavonoidlar, 2,01-9% gacha oshlovchi moddalar, 0,035-0,4% gacha alkaloidlar (o‘simlik gullay boshlaganida), 0,05% efir moyi, n-kumar kislota, vitamin C, iridoidlar, saponinlar, achchiq, qand va boshqa moddalar borligi aniqlangan.
Mahsulotning flavonoidlar yig‘indisidan rutin, kversitrin, giperozid, kversetinni 7-g1ikozidi, kversetin va kvinkvelozid, alkaloidlar yig‘indisidan leonurinin alkaloidi (mevasidan) va 0,4% gacha staxidrin ajratib olingan.


Ishlatilishi. Arslonquyruqning dorivor preparatlari tinchlantiruvchi vosita sifatida (valeiana preparatlaridek) gipertoniya, nerv qo‘zgalishi va ba’zi yurak kasalliklari (yurak neyrozi, kardioskleroz)ni davolash uchun ishlatiladi.

Dorivor preperatlari. Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakt. Mahsulot tinchlantiruvchi choy-yig’malar va Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi.

Arslonquyruq o‘simligini o‘stirish texnologiyasi
O‘zbekistonning sug‘ori1adigan (sho‘rlangar tuproqlardan tashqari) barcha yerlarida ekib o‘stirish mumkin.
Arslonquyruq yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilamiz.Haydab ekilayotgan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish maqsadga muvofıq bo'ladi.
Arslonquyruq yog‘ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza,


ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko‘p yillik o‘tsimon o‘siınlik bo’l ganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
Yerlarni kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna go’ng va 50 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantiıib 20-25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
Arslonquyruq asosan urug‘dan ko‘paytiriladi. Kech kuzda quruq urug‘lar gektariga 12-18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7-G kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5-2 sm chuqurlikda ekiladi.
Sug‘oriladigan yerlarga urug‘ ekilgandan keyin 60-70 sm oraliqda sug‘orish egatlari olinadi xa ketma-ket sug‘ori1adi.
Urug‘ni go‘ngga yoki daraxt qipig‘iga aralashtirib ekilsa bahorda yog‘adigan yomg‘irlardan qatqaloq hosil bo‘1maydi va urug‘lar to‘liq unib chiqadi. Urug‘ ekilgandan 15-20 kun keyin maysa chiqa boshlaydi.
Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo'lda o‘toq qilinadi, oralari yumshatiladi, ya’ni kultivatsiya qilinadi va o‘simliklarni oralarini siyraklashtirish uchun yagana qilinadi.
O‘simliklar oralig‘i 15-20 sm dan qilib va har bir uyaga 2 ta dan o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqargandan keyin kultivatsiya qilish bilan birga gektar hisobiga 50-60 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi va sug‘oriladi. lkkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Bunday o‘simlikning o‘g‘itga bo‘lgan talabchanligi eng yuqori bo‘ladi va poyalari 2-2,5 metrga yetib qoladi. Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7-8 marta sug‘oriladi va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g‘iti beriladi. Uning xom-ashyosi barg, golshonalari bilan birgalikda uzunlikdagi poyasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda to‘pgu1lari quyi qismlaridagi gullarining uchdan ikki qismi qiyg‘os gullaganda, to‘pgullarning yuqori qismi shonalayotgan davr xom-ashyoning to‘la yetilgan vaqti hisohlanadi. Urug‘lari to‘liq etil porida xom- ashyo sifati buziladi.
Xom-ashyoni povasinl 35-80 sm oralig‘ida qirqish imkonini beradi, ya’ni uning vositasida arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50 sm balandlikda qirqish mumkin. Xom-ashyoni qayta jihozlagan kombaynlarda yig‘ish mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi gektariga o‘rtacha 25 sentner, keyingi yillarda 35 sentnerdan hosil yig‘ib olish mumkin. Urug‘larning hosildorligi o‘rtacha gektariga 5-6 sentnerni tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3-4 yil saqlash mumkin. Uning xom-ashyosi soya yerda quritiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

 

1. Agroximiya (Pod red. B. A. Yagodina). Moskva, 1982.

2.Voprosi agrotexniki vozdelivaniya lekarstvennix kultur. Chast Moskva, 1978.

3. Spravochnik po lekarstvennim kulturam. Voronej, 1963.

4. Xolmatov X. X., A. I. Qosimov ruscha-latincha-o’zbekcha dorivor o’simliklar lug’ati, Toshkent, 1992.

5. Xolmatov X. X., Ahmedov O‘. A. “Farmakognoziya”, Toshkent, 2007 y.
http://fayllar.org
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling