Aruzga doir tadqiqotlar sharhi Annotatsiya


Download 32.23 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi32.23 Kb.
#1379705
1   2   3
Bog'liq
Aliyev Jamshid aruz nazariyasi asoslari mustaqil ish

Ey saodat matla’i, ul orazi mohing sening, Ahli biynish qiblagohi xoki dargohing sening.
Foilotun foilotun foilotun foilon [2, 94].
Ushbu poetik shakllarning ritm xususiyatlarini his qilish uchun aruz tizimining urg‘u asosidagi ta’limot ekanligini ta’kidlash zarur. Arab aruzi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan olim E.Talabovning fikricha, aruz faqat kvantitativ (cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlarning almashinib kelishiga asoslanadigan) emas, balki kvalitativ (urg‘uga asoslanadigan) xususiyatlariga ham ega tizim ekanligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Aruz ilmi xalq og‘zaki ijodi bilan munosabatda vujudga kelgan she’riy tizim bo‘lib, musiqa, xalq ijodi va etnografiyaning mushtarak hosilasi hisoblanadi.
Aruz ilmini turkiy til imkoniyatlariga moslashtirishni maqsad qlib yaratilgan Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari o‘rta asr adabiyotshunosligida aruz ilmi haqida muxtasar uslubda yaratilgan risola hisoblanadi. Asarda aruz nazariyasiga doir 19 bahr, 160 ga yaqin vazn va 7 doira haqida ma’lumot keltirilishi bilan bir qatorda 9 ta xalq og‘zaki ijodiga doir poetik shakllar ham keltirilgan bo‘lib, Navoiy ular orqali aruz bahrlarining xalq og‘zaki she’riyatidagi o‘lchovlar bilan munosabatini o‘rgangan va xalq qo‘shiqlari vaznlarining yozma ijodda foydalanilishi mumkin bo‘lganlarini belgilab beradi.
Xulosa
Umuman olganda, aruz vazni bizga arab sheʼriyatidan krib kelgan boʻlsada, uni oʻrganish, yoyishda turkiylarning oʻrni ahamiyatga molikdir.Xuddiki arab davlatlarida islom paydo boʻldi,lekin uni yoyish, targʻib qilishda Sharq davlatlari muhim rol oʻynadi.Birgina Bobur risolasining naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi bu asarning XVIII asrdayoq xorijlik olimlar tomonidan oʻrganilishi va tadqiq etilishidan dalolatdir.Agarda biz temuriylar davriga koʻz tashlaydigan boʻlsak,bu davrda aruz vazni sheʼriy tizimda nafaqat choʻqqisiga chiqdi,balki sezilarli darajada ommalashdi deya olaman.Buyuk mutafakkirlar oʻz davrining ijodkorlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzlarining unutilmas asarlari qudrati ila hali hamon olimlar eʼtiborini tortmoqda.
1. Rus sharqshunosi I.V. Steblevaning maqola va tadqiqotlarida «Aruz risolasi»dan parchalar e'lon qilish bilan birga aruzdagi taqti' qoidalariga to‘xtalib o‘tilgan, Boburning risolasi Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asari bilan birgalikda tadqiq qilingan.
2.Olima o‘z tadqiqotlarida turkiy til qonuniyatlarining aruz tizimiga ta'siri bilan bog‘liq masalalarga ko‘proq e'tibor qaratgan. Turkiy xalq og‘zaki ijodiga doir poetik shakllar va ularning vazn xususiyatlari, taqti' va unlilar masalasi, ochiq va yopiq hijolarga doir masalalar shular jumlasidandir.
3.S.Hasanov Boburning «Aruz risolasi» bo‘yicha 1972-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning Bobur aruzi bilan bog‘liq qarashlari «Bobirning «Aruz risolasi» asari» nomli tadqiqotida batafsil bayon qilingan.


Download 32.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling