Arxeologik tanishuv amaliyoti kundalik daftari
Download 22.92 Kb.
|
Кундалик дафтар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot rahbari
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI TARIX TA’LIM YO’NALISHI 1-KURS TALABASI ________________________________NING ARXEOLOGIK TANISHUV AMALIYOTI KUNDALIK DAFTARI BUXORO 2022 Arxeologik tanishuv amaliyoti 1-kurs Tarix ta’lim yo’nalishi talabalari O’quv rejasiga muvofiq tarzda ikki hafta davomida amalga oshiriladi.
Amaliyotning maqsadi va asosiy qoidalari 1 kursda mutaxasislik fanlari o'qitib tugatilgandan so'ng talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida ma'lum hudud arxeologik yodgorliklari, amalga oshirilgan arxeologik qazishma natijalari bilan tanishtirish yoki ulardan birida qazishma ishlarini olib borish asosida amalga oshiriladi. U yoki bu holatda dalaga chiqish oldidan Muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar bilan tarixiy-madaniy jarayonlar davomiyligi to'g'risida amaliy bilim doirasini kengaytirish maqsadida ular bilan tanishish, uning davomida soha muzeylaridan biridagi o'rganilayotgan hududga tegishli arxeologik materiallar qiyosiy tahlil qilishda foydalanib borishi tavsiya etiladi, yakunida esa malakaviy amaliyot davomida to'plangan ashyoviy manbalarni “kabinet” sharoitida qayta ishlov berish ko'nikmalarini egallashlari talab etiladi. Amaliyotga chiqish oldidan tanishtirilgan qoidalar, dala sharoiti va qazish ishlari sharoiti texnika xavfsizligiga hamda, sanitariya–gigiena qoidalariga rioya qilishlari shart. Kundalik amaliyotda talabalar qazishma ishlarida bevosita ishtirok etishib, qazish usullarini amaliy jihatdan kuzatib boradilar. Qazilma joyini tanlash, tomonlarini o'lchash, qazish ishlarida anjomlardan foydalanish va boshqalar to'g'risida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Amaliyot davomida talabalarga topilgan moddiy yodgorliklarni qontservatsiyalash (muhofaza qilish), restavratsiya qilish (qayta tiklash), topilmalarni tasniflash, chizish kabi bilimlar ham berib boriladi. Talabalar kunlik qilingan amaliy ishlarni kundaliklarida qayd etib borishlari, amaliyot soati tugagan vaqtlarda esa to'plagan amaliy bilimlarini ilmiy adabiyotlar asosida nazariy tahlil qilib, boyitib borishlari talab qilinadi. Download 22.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling