Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja
Download 0.98 Mb.
|
arxeologiya va etnologiya mavzusida r
Pampa hindilari. Janubiy Amerikaning janubidagi keng dasht hududlarida qadimdan Patagoniya bepoyon tekisliklarini pampa deb ataydilar. Bu hududda har xil tilda gapiradigan ovchi qabilalar (asosan, chon, araukan, texuelyache) yashagan. Ular dastlab piyoda, yevropaliklar kelgandan keyin otda guanaka (lamaning yovvoyi bir turi) ov qilganlar. Ov qurollari o`q-yoy, bo`la (teri xaltaga tosh solib ikki-uchtasini arqon uchiga bog`lab palaxmonga o`xshatib hayvonga otganlar, oyog`i yoki bo`yniga o`ralgan bo`la uni qo`lga tushirgan) bilan tez yuguradigan guanakani straus va bug`ularni ovlaganlar. Ular turli o`simlik, urug` va ildizlarni ham yig`ib-terganlar.
Pampa ovchilari manzilgohlarida daydi turmushga moslashgan bekitma yoki guanaka terisi bilan qoplangan chaylalarda yashaganlar. Terilardan zo`r mahorat bilan ishlov berib belbog`li plash yopinganlar, ot yoki guanaka oyoq terisini shilib xomligicha mahsiga o`xshash poyabzal qilib, sovuq va yomg`ir paytlarida ustiga teri kavush kiyganlar. Shunga qarab ispanlar pampa ovchilarini «patagonlik» (katta oyoqli)lar deb ataganlar. Patagonliklar 30-40 oiladan iborat qavm-qarindoshlar guruhini tashkil qilgan. Guruh boshida oqsoqol turgan va jamoa o`tkaziladigan ovni boshqargan. Qarorgohlar patrilokal tipda bo`lgan, kelin uchun qalin to`langan. Asosiy mulk — ot va qurol – erkakka tegishli, uy-ro`zg`or buyumlari yengil yog`och va teridan yasalgan. Eri o`lgan beva xotinga meros qolmagan, o`likdan qolgan barcha buyumlar yo`q qilingan. Initsiatsiya marosimlari juda tantanali bayram kiyimlarida (bo`yalgan teri, par, hayvon va shoxlari bilan) chaylalar bezatilgan va turli raqslar, nog`ora va surnaylar bilan o`tkazilgan. Diniy tasavvurlar totemizm va animizm bilan bog`liq. Shomoniylik ham ma`lum, shomonlar vazifasini xotinlar bajargan, erkak shomonlar xotincha kiyinishi shart bo`lgan. Ajdod arvohlariga sig`inish kuchli bo`lgan. XVIII asr oxirlarida mustamlakachilar Argentina janubidagi serhasham dashtlarni egallashga kirishib pampa hindilarini qirish siyosatini amalga oshira boshlagan. Mohir ovchi va otli askar hisoblangan hindilar zo`r qarshilik ko`rsatganlar. Ammo kuchlar teng bo`lmaganligidan 1878-1883-yillarda argentina hokimiyati o`tkazgan «janub kompaniyasi» natijasida hindilarning ko`pchiligi qirilgan, qolgan ozgina qismini Patagoniyaning janubiga haydaganlar. O`tgan asrning boshlarida bir necha o`n araukan va puelche vakillari qoigan, xolos. XIX asrning o`rtalarigacha Olovli Yer arxipelagida o`na, alakuluf va yamana nomli qabilalar ibtidoiy turrnush tarzini saqlab qolganlar. Nihoyatda og`ir tabiiy sharoitda yashagan mazkur qabi-lalar daydichilikda guanaka, tulen, baliq va qushiarni ovlab, har xil o`tlar va molluskalarni terib kun kechirganlar. Ular qarorgohlarda vaqtinchalik teri yoki daraxt qobig`i bilan qoplangan bekitma va chaylalarda istiqomat qilganlar, hayvon terisi bilan yopingan, olovdan foydalanganlar. Ovchilik qurollari o`q-yoy va sanchqi, daraxt qobig`idan yasalgan kichkina qayiq. Yamana qabilalarida qavmu qarindoshlar guruhi bir jamoa (urug`) hisoblangan va uni «ukur» deb ataganlar. Jamoa boshliqlari jamoa bo`lib ov tashkil qilganlar, qo`shni qabilalar bilan munozara yurgizganlar. Qabilalar ekzogam urug` guruhlariga bo`linib, urug` hisobi ham ona, ham ota tomonidan belgilangan juft oila hukrnronlik qilsada, poligam nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Tabiblar muhim rol o`ynagan, ular kasallarni davolagan, ob-havoni aytib bergan. Totemizm va sehrgarlik, kasb ibodati va arvohlarga sig`inish keng tarqalgan. O`tgan asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa, 1870-yillarda mustamlakachi-chorvador yevropaliklar ko`plab kela boshlagan. Olovli Yer nam, yumshoq tabiati bilan qo`ychilikka qulay bo`lgan. Mustamlakachilik tez vaqt ichida qo`ychilikni rivojlantirgan. Jamoati lulik tartiblariga o`rgangan ibtidoiy qabilalar qo`yga ov qila boshlaganlar. Mustamlakachilaro`z navbatida hindilarni chinakam ovlashga o`tib, har bir o`ldirilgan hindi kallasiga besh funt sterling haq to’laganlar. Chilida esa bir funt to`langan. Bunday vahshiylik siyosati tub aholining qisqa muddat ichida qirilib ketishiga sabab bo`lgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling