Talaba yakuniy nazorat qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan yakuniy nazorat bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.
Komissiya a’zosi yakuniy nazorat boshlanishini e’lon qilgunga qadar yakuniy nazorat varag‘ini ochish ta’qiqlanadi.
Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni o‘chirib, komissiya a’zosi ko‘rsatmasiga binoan o‘zidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa ko‘maklashuvchi material-lardan foydalanish mumkin emas.
Talabalar o’zaro gaplashishi, yakuniy nazorat varaqlarini ko‘rsatishi, ko‘chirtirishi, boshqalarni chalg‘itishi ma’n etiladi.
|
|
Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.
Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, yakuniy nazoratning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish ta’qiqlanadi. Talaba yakuniy nazorat varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qo‘yilmaydi.
Komissiya a’zosi yakuniy nazorat tugashini e’lon qilganidan so‘ng, talaba yozishni to‘xtatadi va yakuniy nazorat varaqlari yig‘ilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.
|