Arxeologiya yodgorliklar va undagi topilmalar xalqlarning tarixi,ma’naviyati va qadriyatlarni o’zida ifoda etadi


Download 18.58 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.58 Kb.
#1415578
Bog'liq
KIRISH kattabuloq


KIRISH
Arxeologiya yodgorliklar va undagi topilmalar xalqlarning tarixi ,ma’naviyati va qadriyatlarni o’zida ifoda etadi .Shu bois so’ngi yillarda mamlakatimizda ham arxeologik yodgorliklar va ularda qayd qilingan noyob topilmalarni saqlash va kelajak avlodga yetkazish dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda ,shuningdek yodgorliklar moddiy madaniy me’ros obektlarni saqlash himoya qilish va ulardan foydalanish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda .Bugungi kunga qadar O’zbekiston hududida sakkizming ikki yuztadan ortiq arxeologik joy me’moriy tarixiy yodgorliklar muqaddas qadamjolar aniqlangan bo’lsa shundan sal kam sakkiz yuzga yaqini Surxondaryo viloyati hududiga to’g’ri keladi . Etiborlisi qadimshunoslarning izlanishlari o’laroq nafaqat mamlakatimiz va jahon tarixida axamiyatga molik yangi arxeologik yodgorliklar topib urganilmoqda Surxondaryo viloyati sherabod tumaniga qarashli ko’hitang tog’ yon bag’rida joylashgan chorbog’ qishlog’I hududiga qarashli yangi bronza davriga oid bo’lgan ‘’ Katta buloq ‘’ nomli yodgorlik topildi . ko’rinishidan be etibor lekin u biz uchun katta yangilik , Markaziy Osiyo arxiyologiyasiga shov –shuvli habarlarga sabab bo’ldi deb takidlashimiz mumkin. Tuz tog’I bor mamlakat qadimgi Baqtirya qadimgi SHarq sivilizatsiyasi davriga ma’lum va mashhur bo’lgan . Buning asosiy bosh sabablaridan bittasi Tuz tog’ining mavjudligi . Katta buloq yodgorligini o’rganish ishlari tatqiqotchilar tomonidan ikki yarim oy davom etdi , ushbu izlanishlar natijasida ushbu kichkinagina topilgan yodgorlikda to’rt- iqlimni aks ettirilgan turli xilda topilmalar mavjud . Madaniyatlarni simfiyozi kuzatilyapdi.Mana shu manzilda muloqot maydoniga aylangan Madaniyatlar kesishgan ,har bir topilmalarga etibor bersak ,eng qadimgi yozuv Pittografiya yozuvlarni turli xil xajmda yasalgan sopol idishlarda uchratishimiz mumkin .Shu vaqtgacha biz sopol idishlarning singan bo’laklarni uchratar edik ,lekin ushbu yodgorligimizda butun-butun holatini qazib oldik.Ushbu yodgorlik atrofida Tuz tog’idan tashqari Gipis konining mavjudligi ham aniqlangan .Kattabuloq yodgorligining o’zi uchta qurilish davrdan iborat .qazish ishlari davomida olov izlarini ko’rib bu gipisga ishlov berish sexining mavjud ekanligini yaqqol ko’rishimiz mumkin.Qazishma ishlari jarayonida ishtirok etib turli xil ko’rinishdagi moddiy ashyolarimiz topildi ,unda ko’proq sopol idishlar Bronzadan yasalgan ko’pgina taqinchoqlar ,kremni toshdan yasalgan ko’plab nayza ,kamon uchlarini topilganini misol keltirishimiz mumkin.
Tatqiqot jarayonida ko’plab urchuq boshlar va moddiy va madaniy ashyolar topildi.Ishonch bilan aytishimiz mumkinki bronza davrda o’rta osiyo aholisi yozuvni bilgan,biz shu topilmalar asosida o’zbekiston aholisini yozuv paydo bo’lgan hududlarga qo’shishimiz mumkin.Biz qadimgi mesopotomiya singari pittografiya yozganmiz.Qadimgi Eram xalqi singari piktografiya yozganimizga bir misoldir.Ota bobolarimizning ongini yozuv san’atining rivojlanganligini ushbu yodgorlikdan topilgan topilmalar misolida ko’rishimiz mumkin.Har qanday muziylarni boyitib bezab turadigan topilmalarimiz muhirlarimiz bor.Muhir sakkiz qirrali,sakkiz soni qadimgi baqtiryada nihoyatda noyob son hisoblangan.Oks sivilizatsiyasi hisoblanadi.Oks bu eng qadimgi sivilizatsiya bo’lib,O’rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishida katta asos bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.Uy uslubini aytadigan bo’lsak kichik qishloq shaklda hisoblanadi ,asosan xom g’ishdan qurilgan.Qazishma jarayonida undan ziyod xonalar qazilyapdi va bu xonalar asosan bir davrga oid bronzaning sopolli bosqichiga oid yodgorlik hisoblanadi .Ushbu yodgorlikni qazishma ishlarini Termiz davlat universitetining tarix va arxeologiya yo’nalishi talabalari tomonidan qazishma ishlari olib borildi.Talabalar nazariy olgan bilimini amalyotda qullashmoqda.Umuman olganda bunday arxeologik tatqiqotlar topilyotgan yodgorliklar ko’hitang tog’ yon bag’rlarida keng voxani qamrab olmoqda bu ham bo’lsa o’z navbatida mazkur hududni bundan qariyib to’rt ming yillikdagi manzaralarni o’ziga xos sivilizatsiya balki o’z davrining yuksak taraqqiy etgan tamaddunlarini o’zida aks etib turgan.Bu yeda har bir topilgan yodgorlikning o’zida topilgan ashyolarga etibor beradigan bolsak bug’doy maydalagichlar, suv saqlovchi xumlarni ko’rishimiz mumkin .Aynan ‘’Kattabuloq ‘’ yodgorligi ham o’sha qolgan sopolli madaniyati yodgorliklari kabi aynan dehqonchilikni o’ziga xos bir madaniyat yaratgan yodgorlik hisoblanadi. Vatanimiz betakror tarixiy obedalar yodgorliklar asrlari ming yilliklarga teng madaniy me’ros abektlariga boy ammo ularning borligining o’zi yetarli emas ,shu bois ularni to’laligicha o’rganish har tomonlama muhofoza qilish ,kelajak avlodga bezavol yetkazish asosiy vazifalardan biri ,ayni patda ‘’Kattabuloq ‘’ moddiy –madani meros abektini to’la o’rganish asrab restavratsiya qilish qonuniy himoyalash yuzasidan ham ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda .
Download 18.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling