Arximed qonuni. Bosim va uning birligi. Paskal qonuni va uning qollanilishi


Download 61.13 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi61.13 Kb.
#1409624
Bog'liq
ARXIMED QONUNI

ARXIMED QONUNI.Bosim va uning birligi.Paskal qonuni va uning qollanilishi.

REJA:

  • Bitta mixni olib, yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog‘i tomoni bilan qo‘yib uchiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi. Har ikkala holda ham bolg‘aning zarb kuchi bir xil bo‘lsa-da, natija har xil bo‘lishiga sabab nima? Buning sababi shundaki, mixning taxtaga kirishi kuch kattaligidan tashqari, qo‘yilgan yuzaga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fizik kattalikka bosim deyiladi.
  • p – bosim, F – bosim kuchi, S – kuch qo‘yilgan yuza.
  • Bosim birligi Paskal bilan o‘lchanadi. Qisqacha 1 Pa. Bu birlik fransuz olimi B. Paskal (1623–1662-y.) sharafiga qo‘yilgan. Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pichoqlar va qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini qayrab kichik lashtiriladi. Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza kichik lashtiriladi
  • Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi. Og‘ir yuk ko‘taradigan mashinalarning ballonlari, yengil mashinalarnikiga nisbatan enliroq bo‘ladi. Qalin qorda yurganda botib ketmaslik uchun oyoqqa chang‘i bog‘lanadi. Ko‘p qavatli binolarning poydevori ham keng qilib quriladi.
  • Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring. Iste’ molda bo‘lgan bir marta ishla tiladigan shprits va bolalar puflaydigan sharni oling. Shprits ignasini sharchaga bir necha marta sanchib oling. Sharcha ichiga suv quyib, og‘zini ignasi olingan shpritsga kiydiring. Shprits porshenini asta-sekin bosing. Bunda shar ichidagi bosim ortadi. Sharcha teshikchalarining barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi.
  • Demak, porshen orqali berilgan bosim suyuqlik yoki gazda faqat porshen yo‘nalishida emas, balki hamma tomon ga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 1653-yilda fran suz olimi Blez Paskal o‘rgangan. Qonun quyidagicha ta’riflanadi. Suyuqlik va gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni hamma tomonga o‘zga rishsiz uzatadi.
  • Suyuqlik yoki gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil qilgan zarralari orqali uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun ular harakatda bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, ko‘pgina hodisalar (havoda hidning tarqa lishi, suvda siyohning erishi) suyuqlik va gaz zarralarining harakatda ekan ligini tasdiq laydi. Zarralar harakati tufayli idish devorlariga urilib, ichki bosimni hosil qiladi. Ichki bosim uchun Paskal qonuni quyidagicha ta’rifla nadi. Og‘irlik kuchini hisobga olmaganda, suyuqlik yoki gaz zarralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yo‘nalishda bir xil bo‘ladi.

Download 61.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling