Arximed qonuni va uning qo'llanilishi mavzuning texnologik xaritasi Maqsad va vazifalari: Ta’limiy
Download 244.13 Kb.
|
Arximed qonuni va uning qo'llanilishi mavzuning texnologik xarit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsniug blok-chizmasi
- Darsning mazmuni
- Arximed qonunini namoyish qilib ko‘rsatish Kerakli asboblar
- Tajribani namoyish qilish tartibi
- Xulosa uchun savollar
- Uyga topshiriqlar
Ko‘rsatiladigan tajribalar: Arximed qonunini namoyish etuvchi tajriba ( Darslik 38-,39 –rasmlar).
Asosiy tushuncha va atamalar: ko’taruvchi kuch; suyuqlik ichidagi bosim; Arximed qonuni; Jismlarning suzish shartlari; kemalar, havo sharlari.neft tashiydigan tankerlar. Darsniug blok-chizmasi
Darsning mazmuni: Arximed qonunini o'quvchilarga o'rgatishda ikkita yo'ldan borish mumkin. Tajribalar o'tkazish va natijalariga ko'ra qonunni chiqarish. Ikkinchi yo'lda nazariy ravishda qonunni chiqarish, so'ngra tajribada tasdig'ni ko'rish. Ikkmchi yo'l o'quvchilar uchun qiyinroq. Shu sababli o'rta yo'lni tanlagan ma'qul: qisman tajriba ko'rsatib, nazariy yo'l bilan tushuntirish. Dars boshida suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi takrorlanadi. Shundan so'ng "Arximed va toj" haqidagi afsona eslanib, uning oldiga qo'yilgan vazifani o'quvchilarga beriladi. Shunda suyuqlikda cho'kadigan birorta jismni dinamometrga ilib, og'irligi o'lchanadi. So'ngra jismni suvga tushirib, yana dinamometr ko'rsatishu yozib olinadi. Bu tajribalar darslikda keltirilgan. Shu tariqa har tajribadan so'ng o'quvchilarga savollar berib, javoblari olinadi. Ko'taruvchi kuchning hajmga bog'liqligini ko'rsatish uchun iloji bo`lsa bir xil og'irlikda, lekin turli hajmda bo'lgan jismlar bilan tajriba o`tkaziladi.
3) Polipropilendan yasalgan idishlar; 4) Taglik. Temir ramaga mahkamlangan prujina uchiga disk ko‘rinishidagi ko‘rsatgich ulangan. Uning holatiga qarab prujinaning cho‘zilishi kuzatiladi. Uning u yoki bu holatini belgilash uchun suriluvchi strelkani ko‘rsatgich ro‘parasiga qo‘yiladi.
1) Dastlab chelakchaning sig‘imi,silindrik jismning hajmiga aynan teng ekanligi ko‘rsatiladi, buning uchun 1-2 marta jismni chelakcha ichiga tushirib ko‘rsatiladi. Orasida hech qanday tirqish yo‘qligi va idish hajmini to‘laligicha egallashiga e’tibor qaratiladi. Dinamometrni shtativning tutqichiga mahkamlanadi va unga chelakchani va silindrik jismni osib qo‘yiladi (a-rasm ). Bunda dinamometrning ko‘rsatishi disk-ko‘rsatgich orqali belgilab olinadi. 2) So‘ngra silindrik jism ostiga suvli idish qo‘yilib jism suvga to‘la botadigan holga keltiriladi. Idish ostiga taglik qo‘yiladi ( b-rasm). a) b) v)
3) Yuqoriga itaruvchi kuch kattaligini aniqlash uchun ikkinchi suvli stakanni olib, undagi suvni sekin-asta chelakchaga quyiladi ( v-rasm). Jism va chelakcha pastga tusha borib chelakcha suvga to‘lganda disk-ko‘rsatgich oldingi holatini ko‘rsatadi. Demak chelakchadagi suv og‘irligi jismni suyuqlik tomonidan yuqoriga ko‘taruvchi kuch miqdoriga tengligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Chelakchadagi suv hajmi esa, suyuqlikka botirilgan jism hajmiga teng. Suyuqlik turiga bog'liq bo'lishini ko'rsatish uchun oddiy va tuzli suvlarda tajriba o'tkazilishi mumkin. Oxirida Arximed qonuni va Arximed kuchi FA=ρVjismg chiqariladi, Shundan so'ng bu kuchni nazariy ravishda keltirib cliiqariladi. Keltirib chiqarish darslikda berilgan. Jismlarning suzish shartlari, havoda sharlar uchishi vositasida Arximed qonuni qo'llanilishi tushuntiriladi.. So‘ngra film namoyish qilinadi. O‘quvchilarni faollashtirish uchun film namoyish qilinishi oldidan o‘quvchilarga bir qancha savollar beriladi. O‘quvchilar ularga filmni ko‘rib bo‘lganlaridan so‘ng javob berishlari kerak;
o‘quvchilarga filmda ko‘rgan hodisani sharhlab berish, darsda ko‘rsatilmagan tajriba va misollarni ajratib berish, ular yuzasidan rasm yoki chizmalar chizish, hisob kitoblar bajarish. Darsni mustahkamlash maqsadida masala yechib ko'rsatiladi. Masala. Hajmi 20 sm3 bo'lgan jism suvga botirilganda unga ta'sir etuvchi ko'taruvchi kuch nimaga teng bo'ladi? B e r i 1 g a n : Formula : Yechilishi: V = 20 sm3=210-5 m3 ρ = 1000 kg/m3 FA= ρVg FA= 1000 kg/m3 g=10m/s2 210-5 m310m/s 2 = 0,2 N Topish kerak FA=? Shundan so'ng havo sharlarining yaratilishi, tuzilishi va ishlash prinsipi to'g'risida tushuncha beriladi. Nima sababdan havo sharlari hozirgi kunda to'xtovsiz isitilib turadigan havo bilan ishlashi tushuntiriladi.
1. Arximed qonuni ta'rifida suyuqlik yoki gazga to'la botirilgan jism haqida gap boradi. Agar jism hajmining bir qismi botgan bo'lsa, qonun o'rinli bo'ladimi? 2. Havo shariga Arximed kuchi ta'sir qilgani uchun ko'tariladi. U butunlay ko'larilib atmosferadan chiqib ketadimi? Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuni takrorlash va savollariga javob tayyorlab kelish. Qiziqarli material. Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyada Amerika Qo'shma Shtatlarini havo sharlari vositasida bombardimon qilishga urinishgan. Bunda shamollar yo'nalishi, undagi sharlar harakati o'rganilgan. Sharlarga osilgan bombalar bir necha kun uchib Amerikaning biror-bir joyiga tushib portlashi va buning natijasida hech qanday samolyot ovozi chiqmasada, birdaniga osmondan bomba tushib vahima tarqalishiga ishonishgan. Aslida bunday “goyibdan” bomba tushish yetarli samara bergani yo'q. Download 244.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling