Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
Download 1.84 Mb.
|
qo\'llanma ARXIV ISHI NAZARIYASI 20.02.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MAVZU ARXIV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH. ARXIV TASHKILOTLARIDA XODIMLAR BILAN ISHLASH. ZAMONAVIY BIZNESDA ISHLAYOTGAN ARXIVCHILAR VA MENEDJERLAR FAOLIYATI
- 3. Arxivlardagi marketing tizimi. 4. Arxivlardagi menedjerlarni faoliyati (xorijiy tajribA. Kalit so‘zlar
- Arxiv tashkilotlarida ishni tashkil qilish. Moliyalashtirish. Rejalashtirish
Savol va topshiriqlar
O‘zbekistonda arxiv ishini boshqarishga oid qanday asosiy huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud? Xorijiy davlatlarda arxiv ishini boshqarishda qanday me’yoriy hujjatlarga tayaniladi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” Agentligining vakolatlari to‘g‘risida so‘zlab bering? Arxiv ishida qo‘llaniladigan eng asosiy atamalar O‘zbekiston Respublikasining qaysi me’yoriy hujjatida sharhlab berilgan? Arxiv bshqaruvi deganda nimani tushunish lozim? Xorijiy tajriba asosida birlamchi va ikkilamchi qonunchilik to‘g‘risida ma’lumot bering. Arxiv sohasida O‘zbekistonda qabul qilingan asosiy huquqiy-me’yoriy hujjatlar mazmunini yoritib bering. 3-MAVZU ARXIV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH. ARXIV TASHKILOTLARIDA XODIMLAR BILAN ISHLASH. ZAMONAVIY BIZNESDA ISHLAYOTGAN ARXIVCHILAR VA MENEDJERLAR FAOLIYATI Reja: 1. Arxiv tashkilotlarida ishni tashkil qilish. Moliyalashtirish. Rejalashtirish. 2. Arxiv tashkilotlarida xodimlar bilan ishlash. 3. Arxivlardagi marketing tizimi. 4. Arxivlardagi menedjerlarni faoliyati (xorijiy tajribA. Kalit so‘zlar: arxiv tashkiloti, ishchilar, xodimlar, direktor, arxivarius, saqlovchi, kodlovchi, ombor, marketing, menejer, zamonaviy, mansab majburiyatlari, yo‘riqnoma. Arxiv tashkilotlarida ishni tashkil qilish. Moliyalashtirish. Rejalashtirish Arxiv ishini tashkil qilishda davlat siyosati arxiv tashkilotlari faoliyatini samarali shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu faoliyat xuquqiy baza asosida, aniq ishlab chiqilgan reja davlat va nodavlat arxivlari sohalarini o‘ziga xosligini hisobga olgan holda tashkil qilinishi lozim. Barcha turdagi arxiv tashkilotlari uchun maxsus tavsiyanomalar ishlab chiqilishi zarur. Davlatni bu sohadagi siyosati internet tizimida ham yoritilishi maqsadga muvofiq. Shunga aloxida e’tibor berish lozimki, milliy arxiv alohida shaxslar, jamiyat va jamoat tashkilotlari, shaxsiy va boshqa tashkilotlar to‘g‘risida hujjatlarni yig‘ish ishida etakchi hisoblanadi. To‘plangan ma’lumotlar yaxshi saqlanishi, barcha uchun foydalanishga qulay bo‘lishi, xalq uchun tarixiy, madaniy, ilmiy merosidan foydalanishga xizmat qilishi kerak. Arxiv ishini tashkil qilish jarayonida izchil ravishda mablag‘lar etkazilishi zarur. Shuning uchun birinchi navbatda arxiv faoliyatini yuritish uchun aniq byudjet talab qilinadi. Moddiy resurslarsiz arxiv tashkilotlarini faoliyatini va ularni samarali ish yuritishini tashkil qilishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Arxivni boshqarishda birinchi navbatda arxivlarni faoliyatini yuritish uchun arxivlarni tuzilishini ishlab chiqish va tasdiqlash kerak. Arxivlarni joylashtirish, ularni ishlash bosqichlarini rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Arxiv faoliyatini tashkil qilishda quyidagilarni hisobga olish zarur: tarixiy, xuquqiy, moliyaviy, tashkilotni ma’muriy ahamiyati, arxiv hujjatlarini saqlash uchun zaruriy sharoit, arxiv hujjatlarini foydalanuvchilarga taqdim qilish imkoniyati, xodimlarni tezkor faoliyatini rejalashtirishni, moliyalashtirish manbalarini, tadqiqotlar olib borishni, axborotlarni turlicha to‘plamlarda nashr qilish imkoniyatlarini. Arxivlarni moliyalashtirish arxiv tashkilotini o‘zidan yoki arxiv tashkiloti tashqarisidan bo‘lishi mumkin. Buning uchun moliyalashtirishda rahbariyatni ishontirish uchun aniq ishlab chiqilgan moliyalashtirish rejasiga tashkilot talablari va maqsadlarini, tashkilot faoliyatini va foydasini isbotlab berishi kerak. Shuningdek, tashqaridan olinadigan moliyaviy mablag‘lar manbalari ko‘rsatilishi lozim. Ichki moliyalashga so‘rovnomalarni bajarish, arxivdagi pullik xizmatlarni, grantlar loyihalari bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin. Tashqaridan olinadigan moliyalashtirishga o‘z arxivlarini aniq loyihalar uchun va ularni ishonchli saqlash maqsadida xomiylar tomonidan beriladigan mablag‘larni keltirish mumkin. Moliyalashtirish masalalari bilan arxivlarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiquvchi menejerlar shug‘ullanadi. Rejalashtirish – arxivlarni eng muhim vazifalarini belgilaydigan rejalarini tuzishdagi faoliyat. Rejalar arxivlarni tuzilishi shtat birliklari asosida tuzilib, rejalashtirilayotgan tadbirlar mehnat resurslari imkoniyatlaridan yuqori bo‘lmasligi kerak. Tashkiliy tuzilmalar qoidaga ko‘ra Davlat arxivlarida tuziladi. Davlat arxivlaridagi tuzilmalar o‘zining funksional prinsipi va yo‘nalishi bo‘yicha tuziladi. Bular: tashkilot arxivlaridagi komplektlash bo‘limi, hisob bo‘limi, hujjatlar saqlanadigan joy, ilmiy ma’lumot apparati bo‘limi, o‘quv zali, arxiv qabulxonasi va boshqa bo‘limlardan tashkil topgan. Arxiv tuzilishini asosini ishlab chiqishda “O‘zarxiv” Agentligi tomonidan tashkil qilingan va turli kategoriyadagi arxiv tashkilotlarini tuzulmaviy tarkibi ko‘rsatilgan na’munaviy loyiha asos qilib olinadi. Davlat arxivlarida bo‘limlar bilan bir qatorda kollegial maslaxat organlari tuzilib, ularning ishini turli tashkilotlar va shuningdek boshqa tashkilotlardan taklif qilingan mutaxassislar va olimlar qatnashadilar. Bunday organlar qatoriga quyidagilar kiradi: Ekspert, hujjatlarni muhimligini aniqlash masalalarini hal qilish uchun va arxiv faoliyatini ilmiy uslubiy ta’minlashni ishlab chiqish uchun (ekspert uslubiy) komissiya; Ilmiy kengash (tadqiqot va nashriyot ishlarini muvofiqlashtirish uchun); Hujjatlarni maxfiylashtirish uchun komissiya (hujjatlardan maxfiylashtirish belgisini olish uchun). Bundan tashqari, arxivlarda alohida nashr loyihalarini amalga oshirish uchun vaqtinchalik mehnat jamoalari tashkil qilinishi mumkin. Munitsipial arxivlarda va arxiv tashkilotlarida tashkiliy bo‘linmalar o‘rniga o‘z yo‘nalishi faoliyati bo‘yicha mutaxassis rahbarligida ishchi guruhlar tashkil qilinishi mumkin. Arxiv tashkilotlarida ishlar yo‘nalishi qoidaga ko‘ra xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi. Arxiv xodimlarini shtatlari soni arxiv hujjatlari hajmidan, ularning davriy chegarasidan, arxiv statusi va tashkilotning moliyaviy imkoniyatidan va davlat byudjetidan belgilanadi. Davlat arxivlari uchun maxsus shtat miqdori shakli mavjud. Direktor tomonidan tasdiqlangan arxivning tuzilishi va shtat miqdori aniqlangandan so‘ng mehnat jamoasi ishi ta’minlanadi. Jamoani izchil va samarali ishlashi uchun qo‘yida keltirilgan rejani ko‘rib chiqamiz (jadval): Jadval
Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling