Arxiv sohasida innovatsiyalar Reja


Download 23.46 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi23.46 Kb.
#1410575
1   2   3
Bog'liq
Arxiv sohasida inovatsiyalar

Asosiy vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi hujjatlardan foydalanish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy ma’rifiy maqsadlarida hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo‘yicha arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
- Arxiv hujjatlaridan har tomonlama oqilona foydalanish va nashr etishni tashkil qilish;
- O‘zbekiston Respublikasida arxiv hujjatlaridan foydalanishda joriy qonun qoidalariga rioya etish;
- Jismoniy va yuridik shaxslarga ijtimoiy huquqiy mazmundagi so‘rovlar bilan bog‘liq arxiv ma’lumotnomalarini tayyorlash;
- my.gov.uz dan tushgan murojaatlar bilan ishlash;
- interaktiv so‘rovlarni o‘rnatilgan tartibda bajarish;
- jismoniy va yuridik shaxslarni qabulini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish;

- maqolalar chop etish, radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlar, ko‘rgazmalar tashkil etish.



Funksiyalari:

- Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy ma’rifiy maqsadlarida hujjatlardan foydalanish va nashr etish bo‘yicha arxiv ishining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish;


- Arxiv hujjatlaridan foydalanish va nashr etish bo‘yicha arxiv ishini rivojlantirish yillik rejalar loihalarini ishlab chiqish; rejalarni bajarish haqida hisobotlarni tuzish; rejali va rejadan tashqari topshiriqlar bajarilishi ustidan hisobot yuritish va taxlil qilish;
- Arxiv hujjatlaridan foydalanish va nashr etish bo‘yicha ilmiy, madaniy muassasalar va boshqa qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar tashkil etish;
- Direksiya yig‘ilishlari, ekspert tekshiruv va uslubiy komissiya, mehnatni ilmiy tashkil etish komissiyasida ko‘rib chiqish uchun bo‘lim yo‘nalishiga oid masalalar bo‘yicha ma’lumotli hujjatlarni tayyorlash va ishtirok etish;
- Ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etish, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy maqsadlarida hujjatlardan foydalanish uchun qiziqish bildirgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarni arxiv hujjatlari haqida xabardor etish;
- Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy tashkilotlar va chet el fuqarolarining shu qatorda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda bajarish;
- O‘rnatilgan tartibda kinofotofono hujjatlarini foydalanuvchilarga arxiv binosida foydalanish uchun o‘rnatilgan tartibda taqdim qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlariga binoan arxiv tomonidan tayyorlangan kinofotofono hujjatlar nusxalarini berish;
- Jismoniy va yuridik shaxslar shaxslarning so‘rovlariga binoan pullik xizmatlar ko‘rsatish, arxiv tomonidan ko‘rsatiladgan xizmat turlarini reklama qilish;
- Ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye) yordamida arxiv xujjatlaridan foydalanish;
- Arxiv hujjatlari asosida mavzuli ro‘yxatlarni tayyorlash;
- Arxivning ilmiy ma’lumot apparat tizimini takomillashtirilishda ishtirok etish, tezkor foydalanish uchun qo‘shimcha ma’lumotnomalarni tuzish;
- Arxiv hujjatlari asosida boshqa tashkilotlar bilan xamkorlikda ko‘rgazmalar tashkil etish;
- Arxiv binosida ekskursiyalar tashkil etish, ijodiy va ilmiy uchrashuvlarda, davra suxbatlarida, seminar va konferensiyalarda arxiv hujjatlarini namoyish etish orqali ishtirok etish;
- Arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilari bilan ish tashkil etish,
ularga kerakli yo‘llanmalar berish;
- Foydalanuvchilarning arxiv kataloglari, montaj varaqlari bilan hamda kinozalda ishlashi ustidan nazorat olib borish;
- Hujjatli ma’lumotlarga bo‘lgan ommaviy extiyojlarni va arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish;
- Bo‘lim tomonidan bajariladigan ishlar turlariga vaqt va ishlab chiqarish amaldagi meyorlarini aniqlash va ishlab chiqish;
- Bo‘lim xodimlarining malakasini oshirish, respublikasi arxivchi xodimlar malakasini oshirish turli shakllarida ishtirok etish.

Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling