Arxivlar va muzeylar o'lkani o'rganishda muxim manba reja
Download 0.83 Mb.
|
Arxivlar va muzeylar
ARXIVLAR VA MUZEYLAR O'LKANI O'RGANISHDA MUXIM MANBA REJA: 1. O’lkamiz tarixi to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar: “Avesto”, qadimgi fors manbalari, yunonrim mualliflarining asarlari. Xitoy manbalari. Qadimgi yozuv yodgorliklari so’g’d, baqtriya va xorazm yozuvlari. 2. O’rta asrlar davri arab va mahalliy mualliflarining asarlari, ularda o’lkashunoslikga oid ma’lumotlar. 3. Turkiy o’zbek tilidagi tarixiy manbalar. XIV–XVII asrlarda yaratilgan manbalar va ularning tahlillari. 4. Arxiv manbalarining o’lka tarixini o’rganishdagi ahamiyati. Arxivshunoslik to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Qadimgi va o’rta asrlar davri arxivlari. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o’lkashunoslikni o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni. 5. Mustaqillik davrida arxiv hujjatlarining o’rganilishi. O’zbekistonning mustaqilligi davrida arxiv ishlari tizimi. 2010- yilda O’zbekiston Respublikasi arxivlar ishi to’g’risidagi qonunning o’lka tarixini o’rganishdagi ahamiyati. Ilk yozma manbalar. Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari o’z tarixini yozma ravishda yoritmaganlar (shu davrlarga oid mahalliy yozma manbalar topilmagan yoki ular zamonamizgacha saqlanib qolmagan). Hududimizga tegishli ilk yozma manbalar - «Avesto», ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi dunyo (Yunon-Rim) davriga taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir. Ular Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo’lib, o’lkamizdagi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 1-rasm.Avestoning muqaddas yozuvi Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari. Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko’p mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirganlar. Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar markaziy Osiyoning Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini bo’ysundirganlar. Sak-massagetlarga qarshi Kir IIning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I davrida (miloddan avvalgi 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududda o’z hukmronligini o’rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko’p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo’lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepon va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo’lib, Doro I davrida Karmanshoh va Hamadon shahri o’rtasidagi yo’lda baland qoyatoshlarda yozilgan (Midiya o’lkasi). Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday xabar qiladi: «Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo’limga kiritib, ularning podshosi bo’ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Midiya, Moniya, Lidiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang’iyona, Ar’yo, Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona, Gandaraxa, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka hammasi bo’lib 23ta davlat. ...Men Bobilda bo’lganimda quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagadiya, Saka». Shoh Doro ayturki: «Marg’iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg’iyonalik Frada ismli bir odam o’zini viloyatning hokimi deb e’lon qildi. Keyin men, Baqtriya Satrapi, bo’ysunuvchi odamim fors dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: «menga bo’ysunmaganlarni, top-mor qilish kerak». Dadarshish qo’shinlari bilan otlanib, marg’iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko’rsatdi. Axumarazda irodasi bilan mening qo’shinlarim qo’zg’olonchilarni butunlay mag’lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyning 23 kunida sodir bo’ldi. Shundan so’ng davlat mening qo’limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim». Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling