Asab tizimi
Download 110.5 Kb.
|
ASAB TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi
Anafilaktik shok- Organizmning yot jismlarga (antibiotik, vaksina, zardob, ferment,
gormonlar, sulfanilamid dorilar va boshqa oziq-ovqatlarga) nisbatan sezgirligi oshib ketishi natijasida ro`y beradi. Birlamchi tushgan allergenga nisbatan organizmda unga qarshi antitana ishlab chiqariladi. Qayta allergen tushganidan keyin esa qonda biologik faol moddalar ishlab chiqariladi. Bularga gistamin, serotonin, asetilxolin, bradikinin kiradi. Bu moddalar qon tomirlarining falajiga, qon tomirlari devoridagi o`tkazuvchanligining oshib ketishiga, silliq mushaklarning torayishiga olib keladi. Natijada, umumiy qonning butun tanada aylanib yurishi kamayib ketadi va to`qimalarning qon bilan ta`minlanishi buziladi. Natijada to`qimalarda ishemiya yuzaga kelib, nekrozga aylanadi. Ayniqsa, buyrakusti bezlarining yetishmasligi alomatlari yuzaga keladi. Klinik manzarasi quyidagi turlarda kechadi: 1. A s f i k s i y a t u r i d a bronxlar devorida spazm yoki halqumda shish paydo bo`lishi nafas olishni qiyinlashtiradi, nafas shovqinli bo`lib, bemor xirillab nafas oladi. O`pkadan quruq va ho`l xirillashlar eshitiladi. Og`izdan ko`piksimon moddalar keladi. Bemorda yo`talish ko`payadi, terining rangi ko`kara boshlaydi. Tez-tez yuzaki nafas ola boshlaydi. 2. G e mo d i n a m i k t u r i d a yurak qon tomirlar yetishmovchiligi bo`ladi. Bunda yurak tovushi bo`g`iq, tomir urishi ipsimon, kuchsiz, qon bosimi birdan tushib ketgan, teri rangi marmarsimon, sovuq ter bosish, akrosionoz va qon ketish belgilari kuzatiladi. 3. A b d om i n a l t u r i d a qattiq xurujsimon qorin og`rig`i bilan birga qorinning dam bo`lishi, qusish, ichning suyuq ketishi, siyib yuborish va ichaklardan qon ketish belgilari kuzatiladi. 4. S e r e b r a l t u r i d a hushning yo`qolishi, nafas olishning buzilishi bilan birga, bosh miyada shish ko`payib boradi va bemor koma holatiga tushadi, bunda midriaz, talvasa klonik-tonik holda kuzatiladi. Bu holat bosh miyaning organik buzilishlariga olib keladi. Bulardan tashqari, bemor anafilaktik shok holatiga tushganda, bemorning tili, qo`li, yuzi va boshida qichishish paydo bo`ladi. Aksa urish, yo`talish, qo`rquv, birdan toliqish, bosh og`rig`i, yurak va qorin sohasida og`riq, bosh aylanishi, quloqda shovqin bo`lishi, teri rangining oldin qizarib, keyin oqarishi hamda sovuq ter bosish belgilari paydo bo`ladi. Bemorning qon bosimi birdan tushib ketadi va u yiqilib tushadi. Download 110.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling