Asab tizimining filogenezi
Download 16.82 Kb.
|
Asab tizimining filogenezi
Asab tizimining filogenezi Evolyutsiya jarayonida asab tizimi rivojlanib, murakkablashib va takomillashib bordi. Oddiy bir hujayrali organizmdagi (amyobalar) yolg'iz hujayraning o'zi sezgi, h arak at, hazm qilish va him oya funksiyalarini bajarib keldi. Tirik to'qim a qo‘zg‘alish, ya’ni tashqi t a ’sirlarga jav o b berish xususiyatiga egadir. Filogenezda asab hujayralarining paydo bo‘lishi organizm uchun tashqi ta ’sirlarni qabul qilish, to ‘plash va tarqatish imkonini yaratib berdi. Asab hujayralari orasidagi bog'lanishlaming paydo bo'lishi va oddiy asab tizimining shakllanishi organizmni integratsiyaning yangi bosqichiga ko‘tardi. Oddiy (primitiv) asab tizimiga ega jonzotlarda qo‘zg‘alish hujayralardan barcha yo‘nalishlarda tarqalishi mumkin, go‘yo bu impuls barcha hujayralarga taalluqli bo‘lib, ma’lum bir manzilga ega emasdek. Shunday bo‘lsa-da, bu impulslar organizmdagi u yoki bu jarayonlarning kechishida faol ishtirok etadi, lekin analiz qilish qobiliyati hali ularda bo'lmaydi. Q o'zg'alishning asab hujayralarida to'planishi xotiraga o'xshash jarayonga zamin yaratadi. Organizm rivojlangan va asab to‘qimalari ishi takomillashgan sayin asab hujayralaridagi jarayonlar qo‘zg‘alishni tez o'tkazishi va m a’lum bir manzilga yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Asab tizimining murakkablashib, takomillashib borishi, qabul qiluvchi (afferent) va uzatuvchi (efferent) sistemalaming paydo bo'lishi bilan kechadi. Nerv tarmoqlarining chekkasida maxsus retseptorlar paydo bo'lib, har biri faqat o'ziga tegishli bo'lgan ta ’sirlarni farqlab qabul qila boshlaydi. Asab hujayralarining ixtisoslashib va takom illashib borishi natijasida impulslarning faqat bir tomonga yo'nalishini ta’minlaydigan sinapslar paydo bo'ladi. Xuddi shu bosqichda ba’zi vazifalarni bajaruvchi oddiy «aylana» tuzilmalar hosil bo'ladi. Keyinchalik evolyutsiya mobaynida nerv tugunlari - gangliyalar paydo bo'lib, ular bir yoki bir nechta vazifani amalga oshira boshlaydi. Gangliyalarning ishlash uslubi shundan iboratki, har bir gangliya tanadagi m a’lum segment (soha) uchun javob beradi. Ushbu segment darajasida o'ta aniq va soz boshqaruv jarayoni kechadi. Asab tizimida mavjud bo'lgan gangliyalarmajmuasi sezishningmurakkab turlarini amalga oshira oladi. Gangliyada har qanday jarayon go'yoki aniq bir dasturga ega. Biroq segmentlar bir-biri bilan yetarli aloqaga ega emas - bosh miya hujayralaridan farqli ravishda bu gangliyalarda biron-bir markazning muvofiqlashtiruvchi ta’siri uncha rivojlanmagan. Evolyutsiyaning keyingi davrlarida asab sistemasining rivojlanishi bosh miya rivojlanishining ustuvorligi bilan kechadi, so'ngra bosh miya yarim sharlari po'stlog'i paydo bo'lgan asab tizimi filogenezining bu davri sefalizatsiya davri deb ham ataladi. Sut emizuvchilarda asab tizimi yanada takomillasha borib, bosh miya katta yarim sharlar po'stlog'i va ularni o'zaro bog'lovchi y o 'llar paydo bo'ldi. O rganizm ning barcha funksiyalarini boshqarib, nazorat qilib turuvchi, o'tkazuvchi yo'llar sistemasi shakllandi. Odamda katta yarim sharlar po'stlog'i, ayniqsa, 34 peshona va chakka bo‘lakIarining rivojlanishi yuksak darajaga yetdi. Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq tashkil qilib, uning 30 foizi peshona bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. Evolyutsion rivojlanishning sefalizatsiya davrida bosh miyada paydo bo'lgan markazlar quyi joylashgan tuzilmalarni o'ziga bo'ysundira boshladi. Natijada bosh miyada hayotiy muhim markazlar paydo bo'lib, ular organizmning turli-tuman faoliyatini avtomatik tarzda boshqara boshladi. Ushbu m arkazlararo aloqalar iyerarxik tarzda faoliyat ko'rsatadi. Integrativ jarayon va boshqarish funksiyasining vertikal uslubda faoliyat ko'rsatishi muhim ahamiyatga ega. Fiziologiyaning dastlabki rivojlanish davrida oliy nerv markazlari quyi markazlarga doimo tormozlovchi ta’sir ko'rsatadi, degan fikr mavjud edi. Shuning uchun oliy markazlar zararlanganda quyi m arkazlar qo'zg'aladi, go'yoki ular faollashadi. Lekin fiziologik jarayonlar doim bu tarzda kechavermaydi. Evolyutsion jihatdan yosh m arkazlar zararlanganda, keksa markazlar faollashadi, go'yoki evolyutsion jarayon teskarisiga davom etadi. Bu nazariya dissolyatsiya nazariyasi deb nom olgan. Darh; qiqat, yuqori pog'onada joylashgan markazlar zararlanganda quyi markazlar faollashganini ko'ramiz. Bunga markaziy harakat neyroni zararlanganda orqa miyaning oldingi shoxida joylashgan periferik harakat neyronlarining faollashuvini misol qilib keltirish mumkin. Ammo bu buzilishlarning asl sababi dissolyatsiyada yoki quyi markazlarning yuqori markazlar «tutqunligidan» ozod bo'lishida emas. Chunki oliy markazlar quyi m arkazlar faoliyatini faqat torm ozlabgina qolm aydi, balki faollashtiradi ham. Markaziy ta’sirlar susayganda, quyi jarayonlaming avtomatizmi va boshqarish «san’ati» pasayadi, jarayon qo'pol va sodda bo'lib qoladi. Bundan tashqari, quyida joylashgan markazlarning faollashuvi kompensator jarayonning bir ko'rinishi sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Nerv m arkazlari iyerarxiyasida bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'i asosiy o'rinni egallaydi. Butun organizm va funksional sistemalardan m a’lumotlarning po'stloqqa oqib kelishi, ularning murakkab analiz va sintez qilinishi, assotsiativ yo'llarning paydo bo'lishi oliy nerv faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Xo'sh, asab tizimi tuzilmalarining ontogenezda rivojlanishi qanday kechadi va bu jarayondagi buzilishlar ruhiyatning shakllanishiga qanday ta’sir ko'rsatadi? Asab tizimining ontogenezi Yangi tug'ilgan chaqaloq bosh miyasining og'irligi 400 g atrofida bo'lib, tana og'irligining 1/8 qismini tashkil qiladi. G o'dakda po'stloqning egatchalari yaxshi rivojlangan, pushtalar yirik-yirik, lekin chuqurligi va balandligi uncha rivojlanmagan bo'ladi. To'qqiz oylarga borib, miyaning dastlabki og'irligi ikki barobar oshadi. 2 yoshda bosh miyaning og'irligi bola tug'ilgan davridagiga qaraganda bir necha barobar kattalashadi. Bu jarayon, asosan, asab tolalarining miyelinlashuvi va tug'ilgan zahotiyoq bosh miyada mavjud bo'lgan 2 0 mlrd. hujay-ralaming kattalashuvi hisobiga kechadi. Go'dakning miya to'qimasi hali takomillashmagan bo'ladi. Po'stloq hujayralari, po'stloq osti tugunlari, piramidal yo'llar yaxshi rivojlanmagan, kulrang va oq modda orasidagi aloqalar takomillashmagan bo'ladi. Uning asab hujayralari bosh miyaning katta yarim sharlari yuzasi va oq moddaning asosida to'planib joylashadi. Bosh miya kattalashgan sayin asab hujayralari po'stloq tomonga siljib boradi. Bosh miya qon tomirlari ham rivojlanib, takomillashib boradi. G o'dakda katta yarim sharlar po'stlog'ining ensa qismi katta yoshdagilarnikiga qaraganda yirikroq bo'ladi. Bola o'sgan sayin yarim sharlar pushtalari shakli va topografik joylashuvi o'zgarib boradi. Ayniqsa, bu o'zgarish dastlabki besh yil mobaynida kuzatilib, 15-16 yoshlarga borib po'stloqning tuzilishi katta yoshdagilamikidan deyarli farq qilmaydi. Yon qorinchalar bolalarda nisbatan keng va katta bo'ladi. Go'daklarda ikkala yarim shami birlashtirib turuvchi targ'il tana nozik va qisqa bo'ladi. Bola besh yoshga to'lgunga qadar targ'il tana yo'g'onlashib, uzayib boradi. Yigirma yoshlarda esa to'la shakllangan bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda miyacha sust rivojlangan, uzunchoq shaklga ega, pushtalari va egatchalari sayoz, gorizontal holatda bo'lib, kranial nervlar miya asosida simmetrik tarzda joylashadi. Chaqaloqda orqa miya bosh miyaga qaraganda morfologik jihatdan tugallangan tuzilishga ega. Shuning uchun ham orqa miya go'dakda nisbatan takomillashgan, katta yoshdagilarnikiga qaraganda uzunroq bo'ladi. Keyinchalik orqa miya o'sishda umurtqaga qaraganda orqada qolib boradi. Orqa miyaning o'sishi 20 yoshgacha davom etadi. Bu davr ichida uning og'irligi ham oshadi. Chaqaloqning periferik asab tizimi yetarlicha miyelinlashmagan, nerv tolalari siyrak bo'lib, notekis taqsimlangan. Miyelinlanish jarayoni turli nerv tolalarida turlicha kechadi. Kranial nervlaming miyelinlashuvi bir yoshga yetib tugallanadi. Orqa miya nerv tolalari miyelinlashuvi 2-3 yoshgacha davom etadi. Vegetativ asab tizimi chaqaloq tug'ilganidan 36 boshlab faoliyat k o 'rsata boshlaydi. Embriogenezning dastlabki bosqichlarida asab tizimining turli bo'limlarida aniq takomillashgan mustahkam aloqalar paydo bo'ladiki, ular tug‘ma hayotiy muhim funksiyalarning asosini tashkil qiladi. Bu funksiyalaming yig‘indisi bola tug‘ilgach hayotga dastlabki moslashuvni ta’minlab beradi (masalan, nafas olish, emish, yurak urishi va h.k.). O ntogenetik rivojlanish jarayonida odam ning miyasi kuchli o‘zgarishlarga uchraydi. Anatomik jihatdan olganda, yangi tug'ilgan chaqaloq miyasi bilan katta yoshdagi odamning miyasi bir-biridan anchagina farq qiladi, chunki individual rivojlanish jarayonida yosh o'tgan sayin miya tuzilmalari yetilib boradi. Hatto, morfologik jihatdan yetilgan asab tizimida ham rivojlanishi yoki qayta paydo boMishi zarur boMgan funksional sistemalar mavjuddir. Bosh miya evolyutsiyasi jarayonida ikkita muhim strategik yo'nalishni aniqlash mumkin. Bularning birinchisi kelgusida yashash sharoitlariga o'ta tayyor turishi. Bu yo'nalish tug'm a, instinktiv reaksiyalarning katta to'plamidan iborat boMib, organizm hayot kechirishi mobaynida har qanday hodisalarga shay bo'lib turadi. Bular ovqatlanish, himoyalanish, ko'payish mexanizmlari va boshqalar. Organizmni hamma narsaga o'rgatish shart emas. Zero, u ba’zi qobiliyatlarga tug'ilganidan boshlab egadir. Agar biz xulq-atvori go'yoki avtomatlashib ketgan hasharotlar dunyosidan sut emizuvchilar dunyosiga bir nazar tashlasak, boshqacha holatga ko'zimiz tushadi, ya’ni xulq-atvorning tug'ma, instinktiv turlari maqsadga yo'naltirilgan, shaxsiy tajribaga asoslangan xatti-harakatlarga qo'shilib ketganini ko'ramiz. Sut emizuvchilar xatti-harakatida izlanish, o'zi turgan muhitini topish kabi xususiyatlarning shohidi bo'lamiz. Hayot kechirishning bunday turi uchun takomillashgan miya kerakligi o'z-o'zidan ayon, albatta. Ammo asosiy gap m iyaning hajm idagina emas, balki uning funksiyasidadir. Evolyutsiyaning ikkinchi yo'nalishi individning xattiharakatlariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bu esa bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog'i hajmining betinim kattalashuvi bilan parallel holda kuzatiladi. Barcha funksiyalarni po'stloq o'ziga «tortib» olishi uning takomillashib borishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Shu bilan birga dunyoni anglab borish, o'rganish, po'stloqning ma’lumotlar bilan to'lib borish jarayoni, asosan, bolalik davriga to'g'ri kelar ekan. Go'daklik davridan yetuk, barkamol yoshgacha bo'lgan davr har bir individ uchun uzoq masofa hisoblanadi. Go'dak, ulg'ayib, asta-sekin hayotga moslashib oladi. Xo'sh, bu jarayon qanday kechadi? Nima qilsa, xatoga yoM qo'yilmaydi? Shaxsning 37 uyg'un, ijodkor bo'lib rivojlanishi uchun nimalar zarur? Ba’zi olimlarning fikricha, hammasi tarbiyaga bog'liq. Go'dakning miyasini yozilmagan daftarga o'xshatish mumkin. Daftaming tashqi ko'rinishi boshqalaridan farq qilmasada, har bir nusxasi va sahifasining o'ziga xos xususiyatlari bor. Bitta varag'iga yozilgan matn ikkinchisida takrorlanmaydi. Yozuvchi daftami nima bilan to'ldirsa, keyinchalik shu yozuvni o'qiydi. Demak, oppoq varaqlami qanday to'ldirish, nima bilan to'ldirish o'zimizga bog'liq. Balki inson miyasini oddiy daftar bilan taqqoslash noto'g'ridir, chunki inson miyasi ma’lumotlami faqat «o'lik», «jonsiz» holatda o'zida saqlaydigan daftar emas. U ma’lumotlami faol qayta ishlaydigan, yangi xulosalar chiqaradigan, ijodiy fikrlay oladigan katta bir jonli, harakatdagi sistemadir. Bolaning barkamol va yuksak tafakkurga ega bo'lib o'sishiga ta’sir qiluvchi sabablar uni o'rab turgan muhitga ko'p jihatdan bog'liq. Bolaning oldida turgan muammolar yechimini to'g'ri topishga ko'maklashish, uning xulq-atvorini to'g'ri shakllantirib borish katta ahamiyatga molikdir. Download 16.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling