Asadullayev Ruxshona Kimyo Azotning vadarotli birikmalari


Download 7.39 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi7.39 Kb.
#1345748
Bog'liq
azotning vadarotli birikmalari

Asadullayev Ruxshona Kimyo Azotning vadarotli birikmalari

KIRISH Kimyo fani ham boshqa fanlar qatori, odamlarning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir dastlabki bilimlarni o‘rganish dastlab qachondan boshlanganligi noma'lum, lekin Misrda, Xitoyda, Hindistonda, Yunonistonda bunday fikrlar jamlangan. Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish, rangdor shisha hosil qilish, teri oshlash, o‘simliklardan dori darmonlar, buyoqlar va xushbo‘y moddalar ajratib olishni, sopol buyumlar yasashni bilishgan. Xitoy va Hindistonda kimyo korxonalari bundan ilgariroq vujudga kelgan. Alkimyo VII-XII asrlarda arab mamlakatlarida, XIII asrdan boshlab esa Yevropada rivojlana boshladi.Shu tarizda kimyoga olimlarda qiziqish ortdi. Kimyoviy elementlardan eng keng o'rganilganlaridan biri bu azotdir. MUNDARIJA KIRISH ASOSIY QISM Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi Azotning ochilish tarixi Azotning tabiatda uchrashi Azotning davriy sistemadagi o’rni Azot elementining olinishi Azotning element sifatida ishlatilishi Azotning xossalari Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak Azotning kislorodli birikmalari Azоt kislоtalari va ularning tuzlari Azotli o`g`itlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Mavzuning dolzarbligi. Azot – gaz bo‘lib, uning molekulasi ikki atomli bo‘ladi. Yer sayyorasi atmosferasining asosiy qismi azotdan iborat: uning butun atmosferadagi ulushi 4/5 qismni tashkil etadi. Sof holatda azot juda oz moddalar bilan birikadi va aksariyat tirik organizmlar uchun u kerak emas. Masalan biz o‘zimiz ham, har bir nafas olishimizda, katta miqdordagi azotni o‘pkalarimiga olib kiramiz va keyin uni qayta nafas chiqarish bilan chiqarib yuboramiz. Uning ma’lum bir qismi, qonda erib ketadi. Biroq u joyda ham azot bilan hech qanday narsa sodir bo‘lmaydi. Lekin azotni boshqa atomlar bilan birktirilsa, unda, barcha tirik mavjudot uchun juda zaruriy va muhim bo‘lgan birikmalar hosil bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar, aoztni boshqa moddalar bilan birikishga majbur qila olishmaydi; bunday xususiyatga faqatgina ayrim mikroorganizmlar – tuproqda yashovchi bakteriyalarning ma’lum turlarigina ega bo‘lishadi. Bunday bakteriaylarni azotni fiksatsiyalovchilardeyiladi, va hayotning boshqa barcha turlarining mavjud bo‘lishi, amalda ko‘p jihatdan aynan shunday bakteriyalarning tuproqda mavjud ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib azotni tuproqdan ajratib olish usullarini o'ylab topishni mavzuni dolzarbligi deb oldim.

Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo’lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta electron biriktirib olib manfiy 3-oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tashqi energetik qavatda joylashgan elektronlar qo’zg’algan holatida (azotdan tashqari) s1p3d1 ko’rinishda bo’ladi. Elektronlari qo’zg’algan holatda o’ziga nisbatan elektromanfiy elementlarga ana shu juftlashmagan 5 ta elektronni berib, musbat +5 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Azot atomining tashqi elektron qavatida d-orbital yo’q, shuning uchun tashqi qavatdagi elektronlar 2s22p3 holida bo’ladi

Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, “ hayotiyemas” (“a” – old qo’shimcha inkor, “zoe”– hayot ) degan ma’noni bildiradi. Lotincha nomi “NITROGENIUM “ – “selitra hosil qiluvchi “ deganidir . 1772-yilshotlandkimyogarivavrachiD.Rezerford “mefitik” , ya’ni to’liq bo’lmagan, yonish va nafas olishga yordam bermaydigan havo haqidagi disertatsiyasini bosib chiqardi. Bu maqolada element haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Undan 2 yil so’ng , ya’ni 1774-yilda Lavuaze unga “azot” deb nom berdi. Lekin bu nom gaz uchun to’g’ri kelarmikin? Bu haqidagi fikrlarimni o’z xulosamda bayon etaman… Azotning tabiatda uchrashi Azot-o’zining yerda tarqalishi jihatidan boshqa elementlar orasida oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Azot tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi. Erkin holatlardagi azot havoda bo’ladi. Havoda hajm jihatdan 78,09% , massa jihatdan 75,53% azot bor. Yer qobig’ida azotning massa miqdori 0,01% ga teng. Azot birikma holida hamma o’simlik va hayvonlar organizmida bo’ladi.Azotning tabiiy holda uchraydigan anorganik birikmalaridan chili selitrasi, boshqacha aytganda NaNO3 ma’lum. Tabiatda azotning 2 ta izotopi uchraydi 14N va 15N, bulardan atiga 0,365% 15N izotopi, qolgani esa 14N izotopi hisoblanadi.

Azotning barcha oksidlari ichida faqat NO azot bilan kislorodning bevosita birikishidan hosil bo’ladi. N2 + O2 = 2NO - 43,2 kkal Azot (II)-oksidning hosil bo’lishi endotermikdir, shu sabab bu protsessni amalga oshirish uchun qattiq qizdirish kerak. Ammo hatto 3000-4000ºC temperaturada NO ning unumi 2-3 %dan oshmaydi. Tabiatda NO momaqaldiroq razryadlari vaqtida hosil bo’ladi. Nitrit angidrid bilan nitrat angidridga tegishlicha HNO2 va HNO3 to’g’ri keladi. Bu kislotalarning aralashmasi azot (IV)-oksidning suvda erishi natijasida hosil bo’ladi. 2NO2 + H2O = HNO2 + HNO3 Azоt kislоtalari va ularning tuzlari Azоt ikki хil kislоta HNO2 va HNO3 larni хоsil kiladi. Bulardan HNO2 nitrit kislоtasi fakat tuzlari eritmalarida (KNO2, NH4NO2, NaNO2) kislоtalar ta’sir ettirilganda хоsil buluvchi kuchsiz kislоta Kd = 5 ∙ 10-4: HNO2 H+ + NO-2 Ishqоriy muхitda muvоzanat o’ngga siljiydi. Shu sababli nitrit kislоtaga nisbatan uning KNO2, NaNO2 va Ca(NO3)2 tuzlari ko’p ishlatiladi. Azоtning +3 оksidlanish darajasidagi birikmalari ham kaytaruvchi, hamоksidlоvchi хоssalarini namоyon qiladi. 2NaNO2 + 2KI + 2H2SO4 I2+ 2NO + K2SO4+ Na2SO4 + 2H2O KMnO4 + NaNO2 + 3H2SO4 2MnSO4 + NaNO3+ K2SO4+ H2O


Download 7.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling