"Асакабанк" акциядорлик жамияти
Download 60 Kb.
|
Asakabank Inoyatov Rustam MMT-90k2
“Асакабанк” акциядорлик жамияти 1995 yilda tashkil etilgan «Asaka» bank ko’p yillar davomida mamlakatimiz moliya xizmatlari bozorida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Bank iqtisodiy hayotning keng doiradagi ishtirokchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishga intilgan holda, o’z oldiga, mulkchilik shakli va faoliyat ko’lamidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, aholining barcha ijtimoiy qatlamlarining bank xizmatlari va mahsulotlariga bo’lgan turli talablarini qondirishni o’zining bosh maqsadi deb belgilagan. Bunda asosiy e’tibor, har bir mijozning individual talabidan kelib chiqqan holda, ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga qaratilmoqda. «Asaka» bankiga murojaat qilgan har bir mijozga, «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» degan asosiy tamoyilga amal qilgan holda individual yondoshilmoqda. Bu esa bankning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligida, asosiysi, aholining yuksak ishonchini qozonishda eng muhim omillardan biri bo’ldi. «Asaka» banki kapitallashuv darajasi, aktivlar o'sish sur’ati va foydalilik darajasi bo’yicha O'zbekiston banklari orasida yetakchi o'rinni egallaydi. Hozirgi vaqtda «Asaka» banki faoliyati uzoq muddatli barqaror o’sish va rivojlanishga erishish, investitsion jozibadorlikni oshirish, yuqori likvidlik va barqarorlikni, asosiy ko’rsatkichlarning ildam o’sishini ta’minlash va ularni jahon standartlari talablari darajasiga yetkazishga qaratilgan. Bu esa «Asaka» bankiga yuqori raqobatbardosh, ichki bozor va eksport talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan mijozlarga va xorijiy hamkorlarga yuqori sifatli bank xizmatlarini ko’rsatishga imkoniyat yaratdi. «Asaka» banki doimiy tarzda ko’rsatilayotgan bank xizmatklari turlarini kengaytirish va sifatini yahshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotning real sektor, rentabel, mahalliy xomashyodan eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyihalarini kreditlash hajmini ko’paytirish, iqtisodiyotning yuqori texnologiyalar va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va yuqori samaradorlikka ega yangi ishlab chiqarishlarni joriy etish bo’yicha loyihalarni moliyalashtirishga intilib kelmoqda. Hozirgi kunda bank aktivlari farmasevtika, yengil, oziq-ovqat va avtomobilsozlik sanoati, qurilish, transport, telekommunikatsiya, neft-gaz va boshqa yetakchi tarmoqlarga investitsiya qilingan. O’zaro manfaatli hamkorlik, strategik rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda mijozlar istagini e’tiborga olinishiga intilish «Asaka» bankiga yildan yilga barcha asosiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi va yuqori moliyaviy natijalarga erishishga imkoniyat yaratmoqda. Yetakchi va nufuzli xalqaro reyting agentliklari bo’lmish «Moody’s» va «Fitch Ratings» tomonidan «Аsака» bankining barqarorligi va mustahkamligi bir necha bor tasdiqlandi. Hayotning ildam sur’atlari O’zbekiston banklari oldiga yangi talablarni qo’ymoqda. Bu esa doimiy ravishda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari va mahsulotlari turlarini kengaytirish va sifatini yanada yahshilab borishni talab etadi. Aks holda mamlakat moliya bozoridagi keskin raqobat sharoitida muvaffaqiyatga erishish va egallangan mavqeni saqlab turish mushkul vazifadir. Buni to’liq anglagan holda «Asaka» bank mijozlarga qulay sharoitlar va qo’shimcha qulayliklar yaratish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning turlarini kengaytirish, tezkorligini oshirish va sifatini yanada yahshilashga intilmoqda. Hozirgi kunda «Asaka» bank mamlakatimiz bank bozorida o’z o’rnini, bozor o’zgarishlariga o’z vaqtida javob berishga qodir, bank va moliyaviy institutlar hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan o’zaro manfaatli shartlar asosida samarali hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan, istiqbolli, jo’shqin rivojlanayotgan va ishonchli bank sifatida ko’rmoqda. Asaka bankning 2019-yilning I choragi bo’yicha asosiy moliyaviy ko’rsatkichlari. Asosiy ko'rsatkichlar: 2019 yilning 1 aprel holatiga bankning jami aktivlari o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 trln.so'mga, yil boshiga nisbatan 1,2 trln.so`mga ortib 31,5 trln.so`mni, shundan daromad keltiruvchi aktivlar umumiy aktivlarning 91 foizini tashkil qildi. Bank kapitalining hajmi 2018 yil 1 apreliga nisbatan 27,8 mlrd.so`mga ko'payib 3,2 trln.so`mni tashkil qildi. 2019 yilning 1 choraki davomida bank tomonidan olingan daromadlar hajmi 696,1 mlrd.so`mni tashkil qilib, sof foyda miqdori 8,5 mlrd.so'mni tashkil qildi. "Asaka" bank aktsiyadorlari ro'yxati:
“Asaka” banki jahon va ichki moliyaviy bozordagi rivojlanish tendensiyalari o’zgarishlariga o’z vaqtida munosabat bildirish orqali O’zbekiston va chet eldagi bank korrespondentlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Asaka” bank korrespondentlik munosabatlarini olib borishdagi o’z faoliyatini nafaqat o’z pozitsiyalaridan, balki, avvalambor bank mijozlari pozitsiyalaridan baholaydi. Ular uchun optimal sharoitlar bank tomonidan 24 yillik faoliyat davomida samaradorlik, to’lovlarning iqtisodiyligi, ijro muddatlari va komission harajatlarning past darajaliligi orqali yaratildi. Hamkorlik yo’nalishlari spektrini kengaytirish va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish orqali, bank o’z korrespondentlik tarmog’ini muntazam kengaytirib kelmoqda. Hozirgi kunda bank dunyoning 370 dan ortiq yetakchi horijiy banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatgan. Yirik horijiy banklardagi korrespondentlik hisoblari tarmog’i orqali “Asaka” bank o’zining dunyoning asosiy moliyaviy markazlarida mavjudligini ta’minladi. Bank Germaniya, Avstriya, Yaponiya, AQSh, , Italiya, Shvetsariya, Xitoy Xalq Respublikasi, Korea Respublikasi, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini olib boradi. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling