Asal arichilikda salmonellyozni oldini olishda


Download 20.66 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1501391
  1   2   3   4
Bog'liq
Maqola


UDK: 619:638.1:615
ASAL ARICHILIKDA SALMONELLYOZNI OLDINI OLISHDA
PROBIOTIKLARNI QO'LLASH.
Magistrant: Elmamatov Sh.I.,
Ilmiy rahbar: v.f.n., Mamatova Z.N.
Annotatsiya.
Kalit so’zlar.
Kirish. Asalarichilik qadimiy soxa bo’lib , Respublikamizda ham bu soxa muxim tarmoq sifatida rivojlanib kelinmoqda. Asalari maxsulotlari oziq-ovqat, farmasevtika, tabiatda hosildorlikni tabiiy oshirishda katta axamiyatga ega. Asalarichilik yetti hazinaning biri bo’lib tabiiy shifobaxsh asal mahsulotini manbai. Yangi O’bekistonda asalarichilikni rivojlantirish va qo’llab quvvatlash yo’lida- O’zbekiston Respublikasining Prezidentining-2017 yil 16-oktyabrdagi PQ-3327 sonli qarorida asalari kasalliklarini oldini olish , davolash va tashxis qo’yish bo’yicha zamonaviy va ilg’or usullarni joriy etish ishlarini amalga oshirish hamda oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim shu jumladan xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog’iga kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va uni muvofiqlashtirish muxim va dolzarb masala ekanlidligini ta’kidlaganlar[1].
Ushbu qaror bilan asal yetishtirish va uni qayta ishlash hajmlarini ko'paytirishga, asalari uyalari bilan xoʻjaliklarni ta'minlashga, asal yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga yo'naltirilgan 2017-2021 yillarda asalarichilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017 yildagi 15,4 ming tonna, 2019 yilda esa bu ko'rsatgich 19 ming tonnga, 2021 yilga borib 23,7 ming tonnagacha yetkazish nazarda tutilgan edi. Bu har yili 15 % o'sish templari saqlanib qolmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyoning barcha davlatlarida rivoj topgan ushbu soxaga e’tibor kundan kunga oshib bormoqda Asalarichilikning asosiy maxsuloti asal inson salomatligi uchun muxim bo’lgan vitamin va mikroelementlarni o’zida mujassam qiladi. Mikrob va yallig’lanishlarga qarshi tabiiy vosita hisoblanib shifobaxsh xususiyatlari uni supertaom sifatida qadrlanishiga asos bo’lgan. Bundan tashqari asalarichilik tabiatni ekinlarni asalari yordamida changlanishi hisobiga yuqori hosildorlikka erishiladi. Asalarichilik nafaqat shifobaxsh asal beruvchi soxa balki katta daromad manbai hisoblanadi[2].
Asal, mum, gulchangi, propolis , asalari suti va zaxri nixoyatda qimmatbaxo ne’mat bo’lib, inson salomatligi va farmasevtika sanoati uchun juda noyob homashyo hisoblanadi. Olimlarning takidlashicha asal tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan moddalarning 70 dan ortiq turi mavjud[3].
Shunday yuqori daromad manbai bo’lgan asalarichilikda ularning kasalliklarga qarshi kurashish muxim hisoblanadi. Asalarilarda invazion , infektsion va boshqa kasalliklar uchraydi.

Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling