Asalarichilik fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzish Yigitaliyeva Hilola Farg'ona davlat universiteti talabasi
Download 26.5 Kb.
|
Yigitaliyeva Hilola .a
Asalarichilik fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzish Yigitaliyeva Hilola Farg'ona davlat universiteti talabasi Hakimov Javohir Farg'ona davlat universiteti talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada Asalarichilik fermer xo‘jaliklarining biznes rejasini tuzish haqida ma'lumotlar berilgan. Kalit so'zlar:Asalari,asalarichilik,xo‘jalik,natija,biznes reja,korxonalar,iqtisodiy jihat,iqtisodiyot. Hozirgi sharoitda har bir xo‘jalikning samarali faoliyat ko‘rsatishi, iqtisodiy jihatdan mustahkam xo‘jalikka aylanishi, eng avvalo, xo‘jalik biznes rejasining oqilona ishlab chiqilganligiga bog‘liq. Biznes ko‘p ma’noli atama bo‘lib, muayyan natijalarga erishishga yo‘naltirilgan iqtisodiy tadbirkorlik faoliyatini aks ettiradi. Shu munosabat bilan, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitlarida korxonaning faoliyat biznes rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Biznes rejada asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasi, asalarilarni oziqlantirish, parvarish qilish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni aniq hisob-kitob qilish bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotning qanday narxda va qaysi bozorda (ichki yoki tashqi) sotilishini bilish lozim. Biznes rejaning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan muhim shart-sharoitlardan biri uning ijrosini tekshirishdir. Reja o‘z-o‘zidan amalga oshavermaydi. Xo‘jalikning istiqbolli va joriy rejalarini amalga oshirish uchun oqilona ish yuritish lozim. Rejalashtirish uni tuzishdangina iborat deb o‘ylash noto‘g‘ri. Aslida esa, rejani tuzish rejalashtirishning boshlanishidir. Asosiy rejani boshqarish esa reja tuzib bo‘linganidan keyingina joylarda bu rejaning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish, ishlab chiqarishdi uning qanday amalga oshirilayotganligini tekshirib borish, unga ayrim tuzatishlar kiritish, ishlab chiqarishning reja tuzilgan yilga xos bo‘lgan sharoitlarini hisobga olish jarayonida olib boriladi. Biznes rejada ko‘rsatilgan ishlarning bajarilishini tekshirib borish tashkiliy ishlar bilan bog‘liq. Rejani amalga oshirish ishidagi barcha qiyinchiliklarni bartaraf etishda bo‘limlarga, fermalarga va xo‘jalikka yordam ana shu tashkiliy ishlarning bir qismidir. Qabul qilingan rejalarning bajarilishini nazorat qilib borish ishiga xo‘jalikdagi barcha mutaxassislarni jalb etish kerak. Xo‘jalikda reja qanday bajarilayotganligini kun sayin nazorat qilib borish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Shunday qilingandagina kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni xo‘jalik yili yakunlanayotgan paytda emas, balki ish jarayonida tuzatish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, xo‘jalik rejalarining bajarilishi bilan xo‘jalikdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlar ishga solinadi, asbob-uskunalar va material pul vositalaridan to‘laroq foydalaniladi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi manbalarini izlab topish, mehnat unumdorligini oshirish, moddiy sarflarning tejamli yo‘lini topish imkoniyati vujudga keladi. Bozor iqtisodi sharoitida har bir mahsulot yoki xizmatning xaridorgirligini oshirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati va bozor talabidan kelib chiqib tuzilgan biznes reja ishni tashkil qilishning asosiy hujjati hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligining barcha sohalari, shuningdek, asalarichilik sohasi ham iqtisodiy rejalarsiz hech qanday rivojlanish xususiyatiga ega emas. Kelajak rejalari mehnatni ilmiy asosda tashkillashtirishni ko‘zda tutgan holda, shu sohani ixtisoslashtirish, konsentratsiyalashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Rejalar 3 xil bo‘ladi, ya’ni rivojlanish, tashkillashtirish, kelajak rejasi. Bu rejalar 5 yoki 7 yilga tuziladi. Yillik rejalar. Yillik rejalar xo‘jalikning ishlab chiqarish moliya rejalarini o‘z ichiga olib, har bitta bo‘lim, brigada, zvenolar va asal arichilik fermer xo‘jaliklari bo‘yicha tuziladi. Yillik rejalar, kelajak rejalarning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Yillik rejalarini tuzishda asalarichilikning oxirgi 3–5 yillik ko‘rsatkichlari o‘rganib chiqilib, ularning natijalariga qarab tuziladi. Asalarichilikdagi hisob-kitob ishlari quyidagicha amalga oshiriladi. Xo‘jalikdagi quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: 1) asalari oilalari soni; 2) umumiy asal miqdori; 3) yangi oilalar soni; 4) mum; 5) ona suti; 6) sotilgan mahsulotlar, so‘m; 7) qilingan xarajatlar; 8) bir birlik mahsulotning tannarxi, so‘m; 9) asalarichilikdan kelgan foyda, so‘m; 10) samaradorlik darajasi, %. Asalarichilikda yetishtirilgan mahsulotlarini ma’lum bir birlikka, asosan, asal birligiga aylantiriladi. Agar asalarilar xo‘jalikda changlashtirish ishlarida qatnashgan bo‘lsa, qilingan xarajatlarning 30 % i o‘simliklar hisobiga o‘tkaziladi. Asalarichilik xo‘jaligida biznes reja, asosan, quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: umumiy ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, tashkiliy reja, moliyaviy reja. Mahsulotlarni sotishdan tushgan pul daromadini hisoblashda ularga belgilangan davlat buyurtmalari alohida hisob-kitob qilinib, shartnoma asosida sotiladigan qismiga qo‘shiladi va o‘rtacha narx chiqariladi. Har bir mahsulot uchun foydalilik darajasiga 25–30 foizdan qo‘shilib, sotiladigan mahsulot miqdoriga ko‘paytiriladi. Sotiladigan mahsulotning tannarxi va sotishdan tushgan pul mablag‘lari o‘rtasidagi farq hisoblanadi va u mahsulot turlarini sotishdan olingan moliyaviy natija sifatida qayd etiladi. Xulosa: Respublikamizda 238 607 ta asalari oilasi bo‘lib, bu ekilayotgan bir million gektardan ortiq g‘o‘za maydonlarini, 540 ming gektar bedazor, 482 ming gektar bog‘, poliz, sabzavotni, 387 ming gektar makkajo‘xori va boshqa ekinlar gulini changlatishga yetmaydi. Ana shu maydondagi ekinlar gulini changlatish uchun qo‘shimcha ravishda yana 1,5–2 millionta asalari oilasini tashkil etish talab qilinadi. References: 1. Faegri, K., & van der Pijl, L. (1979). Fundamentals of Pollination Ecology (3rd ed.). Pergamon Press.[1] 2. Heinrich, B., & Raven, P. H. (1972). Energetics and pollination ecology. Science, 176(4035), 597–602.[2] 3. Nabors, M. (2004). Introduction to Botany (1st ed.). Pearson Education.[3] 4. Picó, F., Rodrigo, A., & Retana, J. (2008). Demography of plants. Population dynamics, 2811–2817.[4] Download 26.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling