Asamiddinov Erkin 00-2a-18


Download 15.86 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi15.86 Kb.
#140999
Bog'liq
18-seminar (Автосохраненный)


Asamiddinov Erkin 00-2a-18

Biz bilamizki, bu o’zgaruvchan, sinovli dunyoda yashashning o’zi bir maxoratdir.

Insoniyat hayotining muhim bir jabhalaridan biri, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatini qamrab oladi. Va ushbu munosabatlarni yaxshilash borasida butun dunyo birgalikda harakat qilishmoqda. 2015 yilda Parijda 195 mamlakat vakillari yig'ilib, dengiz sathining ko'tarilishi yoki ekstremal ob-havo sharoiti bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan vayronagarchiliklarni oldini olish uchun mintaqadagi haroratning 3,6 daraja Farangeyt darajasida ushlab turishga qaratilgan chora tadbirlarni misol tariqasida aytishimiz mumkin.

Mazkur Parij kelishuvi barcha mamlakatlarni bir maqsad sari birlashtirib, nafaqat bugun, shuningdek kelajakda ham dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan muammolarning echimini izlashga muhim bir zamin yaratadi. Kelishuvdan o`rin olgan asosiy maqsadlardan biri joriy asr davomida havo haroratining isish darajasini dunyo miqyosida Selsiy bo`yicha 2 darajadan past saqlab turish va keyinchalik Selsiy bo`yicha 1,5 darajadan, ya'ni sanoat inqilobidan oldingi davrdagi ko`rsatkichlardan oshmasligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Havo haroratining isish darajasi Selsiy bo`yicha 1,5 darajada saqlab turilsa, albatta, iqlim o`zgarishi bilan bog`liq eng katta xavflarni bartaraf eta olishimiz muqarrar. Bundan tashqari, mazkur kelishuvda iqlim o`zgarishi jarayonida paydo bo`layotgan bir qator muammolarni echish borasidagi insoniyat salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko`lamdagi chora-tadbirlar ham belgilangan. Ushbu muhim, katta maqsadlarga erishish uchun tegishli sarmoya, moliyaviy resurslar ajratilib, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda dolzarb bo`lib turgan ekologik masalalarni echishga yo`naltiriladi.

Kelishuvda aniq, amaliy echimlar belgilab olingan.

Parjda erishilgan kelishuvda quyidagi muhim yo`nalish va masalalar belgilab olingan:

• “Qisqartirish” – maqsad qilib olingan havo harorati ko`rsatkichiga erishish uchun tez sur'atlarda zararli chiqindilarni qisqartirish;

• Oshkoralikni ta'minlovchi global ma'lumot almashinuvi tizimini yaratish;

• “Moslashuv” – mamlakatlarning iqlim o`zgarishiga moslashish salohiyatini kuchaytirish;

• “Talafotlarni qoplash” – mamlakatlarning iqlim o`zgarishi natijasida ko`rgan talafotlarini qoplash salohiyatini kuchaytirish;

• “Qo`llab-quvvatlash” – mamlakatlarga kerakli yordam, shu jumladan moliyaviy yordam ajratib, ularni yanada kuchliroq bo`lishi maqsadida qo`llab-quvvatlash.

Shuningdek, mazkur kelishuvda barcha mamlakatlar qisqa muddatlar ichida zararli chiqindilarning eng yuqori ko`rsatkichlarini belgilashi, mamlakatlar o`z sharoitlari, talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda milliy dastur va ish rejalarini ishlab chiqishi uchun aniq, uzoq muddatli yo`l-yo`riqlar ham keltirilgan. Ushbu kelishuvga erishish yo`lida 188 ta mamlakat muntazam ravishda iqlim o`zgarishi bilan bog`liq muammolarni echish bo`yicha o`zining milliy dastur va ish rejalarini BMTga taqdim etib kelgan.



Mazkur yangi kelishuv asosida kelgusida ishlab chiqiladigan milliy dastur va ish rejalarida belgilanadigan maqsadli ko`rsatkichlar hozirda 188 ta mamlakatlar tomonidan taqdim etilgan dastur va ish rejalarida belgilangan maqsadli ko`rsatkichlardan kam bo`lmasligini taqozo etadi. Barcha mamlakatlar o`zlarining milliy ish rejalarini zarur o`zgartirishlar kiritilgan holda har besh yilda bir marta BMTga taqdim etib, uzoq istiqbolda tobora takomillashib borayotgan maqsadli ko`rsatkichlarni o`z oldiga vazifa qilib qo`yishlari lozim. 2020 yilgacha ham tegishli chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Yaqin istiqbolda mamlakatlar zararli chiqindilarni qisqartirish va iqlim o`zgarishiga moslashish bo`yicha maqsadli chora-tadbirlarini amalga oshirishga kirishadilar. Shuningdek, 2020 yilda iqlim o`zgarishi muammolari echimi maqsadlariga yo`naltirilgan maxsus 100 milliard AQSh dollari miqdoridagi jamg`armani yaratish bo`yicha “yo`l xaritasi” ishlab chiqilishi ham kutilmoqda. Kelishuvning eng muhim jihatlaridan biri shuki, unda oshkoralikni ta'minlovchi va har bir mamlakatning o`ziga yarasha shart-sharoitlari, ehtiyoji va salohiyatini inobatga oluvchi maqsad va vazifalarni belgilash tizimi joriy etilgan.
Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling