Asamiddinov Erkin 00-2A-18


Download 15.62 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi15.62 Kb.
#140914
Bog'liq
4 seminar xalqaro tashkilotlar


Asamiddinov Erkin 00-2A-18

Jahon banki bu xalqaro maydondagi moliyaviy tashkilot bo’lib, bu tashkilotning asosiy maqsadi, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya kirgizish va shuningdek kreditlar taqdim etish bilan shug’ullanadi. Bu xalqaro muassasaning asosiy vazifasi iqtisodiy taraqqiyotni moliyalashtirish hisoblanadi. Ushbu tashkilotning dastlabki moliyaviy ishlari ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropaning iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan bolsa, xozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy hayotini yaxshilashga qaratilgan.

Bu tashkilotning rivojlanayotgan davlatlarga bo’lgan ijobiy ta’siriga qaraydigan bo’lsak bu bank dunyodagi kapital, qimmatbaho qog’ozlar bozorlarning asosiy mablag’ oluvchis bundan tashqari bank bir qator mamlakatlardan obligatsiya, zayom sotish orqali tog’ridan to’g’ri qarz oladi va yig’ilgan mablag’lar rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiyoti yo’lida ishlatiladi va birinchi ijobiy tomoni rivojlanayotgan davlatlarga ushbu qarzlar uzoq yillar mobaynida past foizlarda beriladi. Keyingi ijobiy tasiri rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlardagi texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish hisoblanadi. Va shuningdek bank kredit ajratish jarayonida o’z mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatning iqtisodiy ahvolini sinchkovlik bilan tahlil qilib qaysi sohaga asosiy etibor berishni yoki qo’yilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyati borligini tanlashda yordamlashishni nazarda tutadi. Bu tashkilot rivojlanish asosida tashkil topgani uchun salbiy oqibatlarini kamdan kam holatda keltirib chiqarishi mumkin.

Xalqaro valyuta jamg’armasi xalqaro tashkilot hisoblanib, makroiqtisodiy siyosat orqali butunjahon moliyaviy tiizimini nazorat etadi. Va bu tashkilotning asosiy maqsadlari xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan a’zo mamlakatlarga qarz va moliyaviy yordam berish. Va bu tashklotning rivojlanayotgan davlatlarga bo’lgan ijobiy tasiri, rivojlanayotgan davlatlar iqodiyoti va rivojlangan davlatlar iqtisodiyotidagi tafovutni kamaytirishga qaratilgan siyosatidadir. Va shuningdek o’z vazifalari doirasida maslahatlar berish va valyuta muommolari bo’yicha hamkorlik qilish orqali yordam ko’rsatish va a’zo mamlakatlarga o’z to’lov balanslarini tiklash shuningdek ularning xalqaro to’lov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablag’lar berish ijobiy tasirlarni yuzaga keltiradi.



Uzoqlashmagan holatda ushbu tashkilotlarning rivojlanayotgan davlatlar safiga kiruvchi O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri misolida ko’rib chiqamiz. 1992 yil sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Jahon bankining teng huquqli azosi hisoblanadi. Jahon banki bilan joriy hamkorlik, bankning O’zbekiston Respublikasi bilan 2016-2020 yillar oralig’idagi hamkorlik strategiyasiga asoslangan bo’lib qiymati 4 milliard dollar bo’lgan (3.0 milliard dollari Jahon banki qarzi) jami 27 investitsiya loyihalarini o’z ichiga plgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli kreditlari va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarini nazarda tutadi.

O’zbekiston respublikasi XVFga 1992yil azo bo’lgan. Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik asosan moliyaviy sektorni rivojlantirish va makroiqtisodiy islohotlarning targ‘ibiga qaratilgan. Va shuningdek 2014yilda korporativ boshqaruvni yaxshilash uchun XVF tomonidan texnik yordam taqdim etilishi ham iqtisodiyotga o’ziga xos bir ta’sir sifatida qaraladi.
Download 15.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling