Asamiddinov Erkin


Download 13.94 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi13.94 Kb.
#174024
Bog'liq
8-seminar


Asamiddinov Erkin

00-2a-18


Bizga ma’lumki, Nodavlat Notijorat tashkilotlari haqida biz oldingi seminarlarimizda ko’plab ma’lumotlarni tahlil qilib chiqdik, yani Nodavlat Notijorat tashkilotlari mamlakat hayotida qanday ahamiyat kasb etishi haqida ko’plab malumotlarga ega bo’ldik. Va Fuqorolik jamiyatidagi Nodavlat Notijorat tashkilotlarini o’rnini ko’rib chiqdik.

Dunyo bo’ylab turli xil tashkilotlarni birlashtirib turuvchi bir jihat bu – atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan say – harakatlar demakdir. Tarixiy an’anaga muvofiq davom etib kelayotgan ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilishga qaratilgan ishlar Nodavlat Notijorat tashkilotlari tomonidan ham keng ko’lamda olib borilmoqda.



Shuningdek Xalqaro hamjamiyatning e’tiborini atrof – muhitni muhofaza qilishga hamda global ekologik inqirozning oldini olishga qaratish va bu borada aniq chora tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida, 1972 – yili 5 – iyunda Stokgolm shahrida BMT ning ekologik masalalarga bag’ishlangan konferensiyasida Butunjahon atrof – muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash to’g’risida qaror qabul qilingan edi. Shundan buyon ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar, ko’rik – tanlovlar, bog’ yaratish, obodonlashtirish aksiyalarini o’tkazib kelinadi va bu sohada Nodavlat Notijorat tashkilotlari ham anchayin rivojlanib bormoqda. Yuqorida takidlab o’tilgan ishlarni Markaziy Osiyo davlatlaridab biri, O’zbekiston misolida ko’radigan bo’lsak, O’zbekiston atrof muhitni muhofaza qilish sohasida butunjahon deklaratsiyalari, konvensiyalari va BMT ning boshqa bitimlarida aks etgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bilan bir qatorda, global tabiat muhofazasi siyoatining ham faol ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Jumladan, atrof muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrab avaylash, ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan voz kechish bo’yicha, shuningdek iqlim o’zgarishi sohasida ham ilk tashabbusga ega muhim ahaniyatga molik dasturlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda va bu sohada Nodavlat Notijorat tashkilotlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 2017 – yilda NNT va fuqorolik jamiyati institutlarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish (12,7 mlrd so’m) natijasida aholining ehtiyojmad qatlamini qo’llab quvvatlash, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi amalga oshirgan ishlariga to’xtalib o’tildi va shuningdek 112 ta o’quv kurlari va markazlar tashkil etildi va bu ishlarning asosiy maqsadi aholining ekologik madaniyatini, fuqoro muhofazasi sohasida bilim va konikmalarni yuksaltirishga qaratilgan edi.

Yuqorida qayd etilgan statistic malumotlardan ko’rinib turibdiki, NNT lar O’zbekistonning ekologik, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 13.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling