Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari


Download 127.5 Kb.
bet1/9
Sana07.02.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1172822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzahmedov M kurs ishi 3.02


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………
I BOB. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati...........


1.1 Kaykovusning “Qobusnoma” asarining yaratilishi va tuzilishi ……...………
1.2 Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari…………….……….


1.3 “Yoshlarni ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining o’rni……….…….
II BOB. ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI


2.1 Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi…….………………………..…………
2.2 Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari………………………………….
Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘ yxati……………………………………………


Kirish
Ushbu asarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan. Bundan tashqari, insonning oʻzini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham oʻz aksini va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi toʻgʻrisida bayon etilgan.
QOBUSNOMA" - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va "Nasihatnomai Kaykovus" deb atalgan.
"Qobusnoma” asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi.
Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi.
Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa "jon" bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni "sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim", deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi. "Q." rus va Gʻarb sharqshunoslarining , Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi
SanktPeterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. "Qobus"ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan. Abdulla Avloniy atoqli pedagog, o‘qituvchi sifati butun umrini ma’rifatga bag‘ishladi. Uning pedagogik qarashlarida Vatanga bo‘lgan muhabbat, odob-axloq, tarbiya , ma’rifat, inson kamoli jamiyat rivoji uchun xizmat qilish yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa, uning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari juda katta ahamiyatga molikdir.Ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan noyob va mukammal bu kitob har tomonlama yetuk, sog ‘lom fikrli kelajak avlod va zamonaviy pedagoglarni tarbiyalashga xizmat qildi. Bu asarda mtafakkir vatanparvarlik, ona tliga muhabbat, do ‘stlik, vijdoniylik, hilmlilik, aql, jaholat, g‘azab kabi xislat va illatlar haqida fikr yuritadi va xulosalar chiqaradi. Abdulla Avloniy ushbu asarida zamonaviy pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini yaratdi va asar zamonaviy pedagoglar tayyorlashga, darslik, qo ‘llanmalar yaratilishiga asos bo‘ldi. Zero, bu inson pedagogika fanining asoschisidir. Uning pedagogika, tarbiya haqidagi fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling