Asari necha bobdan iborat? A b c d 2 2


Download 17.74 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi17.74 Kb.
#1315182
Bog'liq
Guliston


1.Sa’diyning ‘’Guliston” asari necha bobdan iborat?
A)8 B)6 C)4 D)2
2 “.Bir podshoh bir asirni o’ldirishga farmon berdi.Asir hayotdan umidi uzilib,podshohni boplab so’kdi.”Ushbu parcha qaysi bobdan olingan?
A)Darveshlar axloqi bayon i B)Zaiflik va keksalik bayoni C)Suhbat qoidalari bayoni D)Podshohlar odati bayoni
3.Bir otaning ikki shahzoda o’g’li –biri pakana va ko’rksiz,biri baland bo’yli ko’rkamligi haqidagi hikoyat qaysi asarda uchraydi?
A)A.Navoiyning “Hayrat ul-abror” B)S.Sheroziy “Bo’ston” C)Sa’diyning “Guliston”D)M.Koshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk asarida
4.”Hunarmandlarning o’lmog’I,behunarlar esa ularning o’rnini olmog’ insofdan emasdir”Bu fikr qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A)pakana shahzoda B)novcha shahzoda C)shahzodalarning singlisi D)shahzodalarning otasi
5.Bir hikoyatda aytilishicha,o’z xalqiga zulmni ravo ko’rgan podshohning qismati qanday bo’ldi?
A)mamlakat amakivachchalari qo’liga o’tdi B)mamlakat shahzodalar qo’liga o’tdi C)g’animlar qo’liga o’tdi D)xalq qo’liga o’tdi
6.Bag’dod shahrida duosi maqbul bo’ladigan darveshga Hajjoj “Mening haqimga duo qil”deydi.U darvesh Hajjojni qanday duo qildi?
A)”Ey xudo, Hajjojning umrini uzun qil” B) “Ey xudo ,Hajjojning jonini ol” C)adolatsiz podshohlarni Hajjojga tobe qilib qo’y D)Hajjojdan marhamatingni darig’ tutma
7.Podshohga kabob qilib bormoqchi bo’ldilar,lekin tuz yo’q edi.Bir qulni qishloqqa tuz olib kelishni,o’sha tuz haqini to’lab kelishni aks holda qishloq xarobalikka yuz tutishini aytib jo’natdilar.Ular qaysi podshohga kabob etmoqchi edilar?
A)No’shiravohga B)Buzurg Ummidga C)Sheruyaga D)Bahromga
8.Otmish podshohlardan biri yomon dardga chalinib, uning dardiga dehqon og’lining davo bo’lishi ayon bo’ldi.Bola ko’kka boqib kulardi.Atrofdagilar undan bu holga izoh talab qildilar.Unima dedi?
A)podshohning umri baribir qisqa B)ota-onam meni boylik evaziga podshoh uchun qurbon bo’lishimga rozilik berdi C)shunday ekan,Aiiohdan yaqin panohim yo’q. D)B,C javoblar
9.Zolim odam kambag’allarning o’tinlarini arzonga olib, boylarga qimmatga sotar edi.Bir insofli odam unibu ishdan qaytarmoqchi boldi,lekin foydasi bo’lmadi.Bir kuni uning bor bisoti yonib ketdi.U bu holdan hayron edi.Insofli odam shunday dedi:
A)o’t oshxonangdan o’tinxonangga o’tgan B)qo’shnining tandiridan o’tgan C)faqirlar qalbidan chiqqan ohning o’tidir D)kimdir ataylab olov yoqib otgandir
10.Bir odam kurash san’atida zo’r mahoratli bo’lib,qancha hiylani bilishi aytiladi?
A)359 B)360 C)370 D)400
11”.Fuqarolar podshohlarga itoat etmoq ucgun emas, podshohlar fuqaroga xizmat etish uchun yashaydilar” .Ushbu fikrlarni kim aytgan?
A)qul B)vazir C)saroybon D)darvesh
12.Meh Ali naslidanman,hajdan kelyapman kabi vajlar bilan podshohni aldagan kim edi?
A)bir firibgar B)qozi C)saroy oshpazi D)karvonboshi
13.G’arb va Sharqdagi mamlakatlarni nima bilan zabt etding?-dedilar.Zabt etgan mamlakatlarim fuqarolariga ozor bermadim,podshohlarining nomlarini yaxshilik bilan yod etdim –dedi podshoh.U podshoh kim edi?
A)No’shiravon B)Buzurjmehr C)Aflotun D)Iskandari Rumiy
14.Shayxning uyiga o’g’ri tushdi.Izlab hech narsa topolmadi.Shayx o’g’rining ko’ngli o’ksimasin deb nima ish qildi?
A)o’z ostidagi ko’hna gilamni uning oyog’ ostiga etib tashladi B)bozordan yangi gilam olib kelib o’g’riga berdi C)qo’shnilarni chaqirib,o’g’rini do’pposlattirdi D)o’g’riga qaytib bunday ish qilmaslikni tayinladi
15.Bir dengiz sohilida bir shayxni yo’lbars yarador qilgan bo’lib,hech bir dori-darmon kor qilmasdi.Ubo’lsa xudoga shukr qilardi.Buning sababini so’raganlarga u shunday javob berdi:
A)xasta bo’lib yotibman-u ,gunohga botganim yo’q B)yaxshiyam yo’lbars yarador qildi C)dengiz qaroqchilari o’ldirib ketganida nima qilardim D)yaqinda sog’ayib ketaman
16.Bir darvesh muhtoj bo’lib,do’stining gilamini o’g’irladi.Hokim undan nega bunday qilganining sababini so’raganida shunday dedi:
A)do’stim bo’lgani bilan ayrim hollarda xafa qilardi B)dushman eshigini qoqqandan ko’ra do’st uyini qoqlagan yaxshi C)do’stim qishloqda eng boy bo’lgani ucgun D)do’stimning boyligiga hasad qilganim uchun
17.Sa’diy “Oltin suvi bilan yozilgan xunuk xatdir” deb nimani aytadi?
A)bir befahm odamning egnidagi guldor shohi libosni B)shahar ahlining g’alayonini C)firibgar,muttahamning iltijosini D)saxiyning muhtojga bergan yordamini
18.”Guliston” asarining 3-bobi nima haqida?
A)podshohlar saltanati haqida B)qanoat fazilatlari haqida C)darveshlaraxloqi haqida D)suhbat qoidalari haqida
19.Xurosonlik ikki darvesh (biri zaif,biri baquvvat) safar qilish chog’ida bir shaharda ularni josuslikda ayblab ,bir xonaga qamab qo’yilgani, oradan ikki hafta o’tgachorig’ tirik qolgani,semizi esa o’lib qolgani haqida hikoyat qaysi bobda uchraydi?
A)Qanoatning fazilati bayoni B)Suhbat odobi C)Darveshlar axloqi bayoni D)Zaiflik va keksalik bayoni
20.Bir podshohning umri tugadi.O’rniga qoladigan valiahdi yo’q edi.Podshoh ertalab azonda shaharga birinchi bo’lib kirgan odamga toj kiygizing,deb farmon berdi.Shaharga birinchi bo’lib kim kirdi?
A)podshohning do’sti B)qo’shnisi C)gadoy D)zohid
21.Bir darvesh bir xonadonga mehmon bo’ldi.Uy egasi darveshning ochligini bilib senga hozir qiymakabob olib keladilar dedi.Darvesh xonadon egasiga och kishiga nimaning qiymakabobdan kam emasligini aytadi?
A)qoq non B)bir kosa ovqat C)bir hovuch mayiz D)bir kosa sut
22.Hotami Toiydan o’zingdan ham saxiy odamni ko’rganmisan? deb so’raganlarida u kimni aytadi?
A)shahar qozisini B)podshohni C)o’tinchi cholni D)darveshni
23.Sahroda adashib, ozuqasi tugab qolgan musofirning bir necha dirham pulidan boshqa narsasi yo’q edi.Nogoh u o’ldi.O’limidan oldin tuproqqa bir nimalarni yozdi.Uning yozishicha,sahroda och qolgan kishiga kumushdan ko’ra nima yaxshi edi?
A)xurjun to’la oziq-ovqat B)sholg’om C)non D)piyoz
24.Bir podshoh o’g’lini yaxshi tarbiya topmog’ini istab murabbiyga bergani,murabbiy qancha harakat qilsa ham bolani tarbiyalay olmagani haqidagi hikoyat qaysi bobda bor?
A)7-bobda B)5-bobda C)4-bobda D)8-bobda
25.Bir kishining ko’zi og’rib qolib mol doktoriga borgani haqidagi hikoyat qaysi asarda uchraydi?
A)”Guliston” B)”Bo’ston” C)”Qobusnoma” D)”Hikmatlar”
Kalit
1.A 2.D 3.C 4.A 5.A 6.B 7.A 8.D 9.C 10.B 11.D 12.A 13.D 14.A 15.A 16.B 17.A 18.B 19.A 20.C
21.A 22C 23.B 24.A 25.A
Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling