Asinxron mashina turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi Asinxron motorlar


Download 358.12 Kb.
bet1/2
Sana14.11.2023
Hajmi358.12 Kb.
#1773560
  1   2
Bog'liq
9-mavzu. asinxron tuzlilishi (3)


9-mavzu: Asinxron mashina turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi
Asinxron motorlar elektr yuritmaning asosini tashkil etib, xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi boshqarilmaydigan va avtomatik boshqarish jarayonlarida, kon ishlaridagi yirik, o‘rta va kichik quvvatli elektr jihozlari yuritmalarida, qishloq xo‘ja­ligida va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Asinxron mashina­lari motor, generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlash imkoniga ega bo‘lsalar xam, aksariyat motor rejimiga mo‘ljallanib ishlab chiqarilmoqda. Rotor aylanish tezligini o‘zgartirib boshqarish imkoni bo‘lgan faza rotorli asinxron motorlar sanoatning ba’zi sohalarida ishlatilsa, yaqin o‘tmishgacha boshqarish imkoniyati cheklangan deb kelingan, eng arzon, eksplu­atatsiyasi eng qulay deb topilgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlari xalq xo‘jaligining barcha sohalarida eng ko‘p tarqalgan elektr motori sifatida ishlatilmoqda. Yarim o‘tkazgichli o‘zgar­tkich­lar texnikasi va elektromexanika fanlari­ning keyingi 20-30 yillar mobaynidagi keskin rivoj­lanishi natijasida chastotali boshqarish imkoniyati ochib berilgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlari xalq xo‘jaligining ko‘plab soha­larida o‘z o‘rnini topmoqda.

6.1. Asinxron mashinaning tuzilishi

Asinxron mashina ikki qism: qo‘zg‘almas (rotor) va aylanuvchi (stator) qismlardan iborat. Rotor stator ichiga o‘rnatiladi. U val, magnit o‘zak (magnit o‘tkazgich) va uning tashqi silindrik yuzasidagi pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan (ko‘p fazali) chulg‘am yoki uch fazali chulg‘amdan iborat. Stanina, magnit o‘zak va uning ichki silindrik yuzasidagi pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulg‘amdan iborat. Stator va rotorlarning magnit o‘zaklari maxsus elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan yupqa tunukalardan yig‘iladi.




6.1-rasm. “BROWN BOVERI” (Shvetsariya) firmasi ishlab chiqargan katta quvvatli faza rotorli asinxron motori (a); qisqa tutashgan rotorli
asinxron motori (b)

Asinxron motor rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo‘ladi:


1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor;
2) faza rotorli asinxron motor.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining magnit o‘zagi pazlariga eritilgan alyuminiy quyilib chulg‘am o‘tkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyuminiy halqalar orqali qisqa tutashgan bo‘ladi. Natijada, yaxlit "olmaxon katagi" (6.2,a,b-rasmlar) ko‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi.


6.2-rasm. Qisqa tutashgan rotor chulg‘amlari turlari: a) olmaxon qafasi; b) quyma alyuminiyli rotor; d) bir katakli; e) ikki katakli; f) chuqur katakli chulg‘amlar

Faza rotorli asinxron motori ham val, valga o‘rnatilgan magnit o‘zak, uning pazlariga bir-biriga nisbatan 1200 ga siljigan uch fazali chulg‘am joylashtiriladi. Rotorning faza chulg‘am­lari keti yulduz usulida ulangan bo‘ladi va boshlari esa valning bir tomonida o‘rnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi) halqalarga ulanib, shchetkalar yordamida tashqi zarjir bilan ulanadi.




Download 358.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling