1.2.Asinxron motorning mexanik xarakteristikalari
Chulg’amlari qisqa tutashtirilgan faza rotorli asinxron motorni ko’rib chiqamiz.
(3) da ko’rganimizdek, motor momenti statorga keltirilgan rotor tokening I2a aktiv tashkil qiluvchisi hamda Ф oqimga proportsionaldir. Chulg’amlarda hosil qilinadigan oqim iste‘mol qilinayotgan kuchlanish qiymati va chastotasiga bog’liq bo’ladi:
Ф =U1/Kw0 (9)
Rotor toki I2 quyidagiga teng:
I2=E2n*S/Z2 (10)
bunda Z2 – rotor chulg’ami fazasining to’liq qarshiligi
Shuni e‘tiborga olish kerakki, rotor chulg’ami induktiv qarshiligi x2 o’zgaruvchan kattalik bo’lib, u rotor toki chastotasiga bog’liq, demakki sirpanishga
ham bog’liq bo’ladi.
x2= 2πf2 L2 = 2πf2 SL2
Rotor aylanmay turganda, sirpanish S=1 bo’lganda rotor chulg’ami induktivligi eng yuqori qiymatda bo’ladi. Aylanish tezligi oshib borishi bilan (ya‘ni sirpanish kamayib boradi) rotorning induktiv qarshiligi x2 kamayib borib, nominal tezlikka erishilganda bor yo’g’i S=1 holatdagi qarshilikning 1-3 %ini tashkil qiladi.
X2s=1 = x2nom.deb belgilab, quyidagini hosil qilamiz :
X2= X2nom. * s (11)
u holda
(12)
Rotor tokining aktiv tashkil qiluvchisi
(13)
bunda (14)
Transformatsiya koeffitsienti kt=U1/E2n ni hisobga olgan holda rotor zanjiri parametrlarini stator chulg’amiga keltiramiz. Parametrlarni keltirish quvvatlar saqlanishi prinsipiga asosan amalga oshiriladi.
E21=E2*Kr; I21=I2/Kr; r21=r2*r2 (15)
X21=x2*r2
(15) dagilarni e‘tiborga olgan holda :
(16)
(16) formulada surat va maxrajini s ga bo’lib quyidagini hosil qilamiz:
(17)
(17) dagi sur‘at va mahrajni s ga bo’lish matematik amali (17) tenglikning mohiyatini o’zgartirmaydi. Xaqiqatda, (12) formulada ko’rganimizdek sirpanishga faqatgina x2 rotorning induktiv qarshiligi bog’liq bo’ladi,
r2 aktiv qarshilik esa o’zgarmas bo’lib qolaveradi. (17) formulani qo’llash (3) -rasmda ko’rsatilganidek asinxron motor almashtirish sxemalarini tuzish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |