Mavzuning dolzarbligi: asinxron motorlar tuzilishining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishlok xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qo‘llaniladi. Ularni ishdan chiqish sabablarini aniqlash va oldini olish muhim ahamiyatga ega muammo hisoblanadi.
BMI maqsadi:asinxron motorlar ishdan chiqish sabablarini tahlil qilish va ularni samaraliroq oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
BMIning vazifasi:asinxron motorlarni ekspluatatsiya jarayonida vujudga keladigan nuqsonlarni tasniflash va kelib chiqish sabablarini tahlil qilish orqali ularni oqilona ishlatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
BMI ob’yekti: Sanoat korxonalari texnologik mashinalarini asinxron elektr yuritmalari.
BMI predmeti: Sanoat korxonalari texnologik mashinalarini asinxron elektr yuritmalari ish rejimlari va ularni samaradorlik ko‘rsatkichlari.
BMIning asosiy masalalari: asinxron motorlarni ishdan chiqish sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan nuqsonlarni aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
BMIning nazariy va amaliy ahamiyati:asinxron motorlarda ekspluatatsiya jarayonidagi nuqsonlar kamaytirilib ularni ishlash ishonchligi oshadi.
BMIning yangiligi quyidagilar:
1. Asinxron motorni shikastlanish turlari tasniflanib o‘rganildi va ularni oldini olish tadbirlari tahlil qilindi;
2. Asinxron motorni ta’mirlash texnologiyasi tahlil qilindi va unga to‘la rioya qilmaslik oqibatlari o‘rganildi.
3. Asinxron motorni ta’mirdan keyingi tekshiruvlar tahlil qilindi va ularni oqilona ekspluatatsiya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
BMIning maqsadi ta’mirdan keyingi sinovlarni korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib soddaroq usullarini ishlab chiqish va ushbu sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
BMIning maqsadi ta’mirdan keyingi sinovlarni korxona imkoniyatlaridan kelib chiqib soddaroq usullarini ishlab chiqish va ushbu sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
BMIda asinxron motordagi to‘xtashlar va shikastlanishlar sabablari tahlil qilinib ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |