Asinxron motorni iShGa tushirish
Tarmoq toki chastotasini o‘zgartirib ishga tushirish
Download 492.66 Kb.
|
Asinxron motorni iShGa tushirish
Tarmoq toki chastotasini o‘zgartirib ishga tushirish. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motori sanoat korxonalarida boshqa elektr mashinalariga nisbatan eng ko‘p o‘rnatilgan (85-88%), eng arzon (2 marta), og‘irlik kam (1,5-2 marta), gabarit (tashqi o‘lchamlari) eng kichik (1,5-2 marta), ekspluatatsiyada eng qulay va tuzilishi bo‘yicha eng soddasi hisoblanadi. Ammo, asinxron motorning eng katta kamchiligi, bu (katta quvvatli motorlarni) ishga tushirish va rotor aylanish chastotasini boshqarishning og‘irligidir.
Keyingi yillarda yarim o‘tkazgichli o‘zgartkichlar texnikasi (poluprovodnikovaya preobrazovatelnaya texnika), mikroelektronika, nanoelektronika va kompyuter texnologiyalari fanlarining tezkor va birgalikda rivojlanishi natijasida sanoatda asinxron motor stator chulg‘ami tokining chastotasini o‘zgartirib ishga tushirish - keng qo‘llanishi bashorat qilinayotgan eng progressiv usul hisoblanadi. Bu usulga ko‘ra stator tokining chastotasi va stator magnit maydonining aylanish chastotasi orasidagi bog‘lanish 9.5-rasm. Asinxron motorni chastotali boshqarish struktura sxemasi bunda: CHO’ - chastota o‘zgartkichi; To‘g‘r - to‘g‘rilagich; Inv - invertor; AsMot - asinxron motor; IshchiMex - ishchi mexanizm; D1 va D2 - motorning va ishchi mexanizmning o‘zgaruvchilarini o‘lchash asbobi; TB-1 va TB-2 - teskari bog‘lanish; MP – mikroprotsessor , (9.4) hamda bilan rotor aylanish tezligi orasidagi (9.5) bog‘lanish asosida quyidagi takliflar kiritiladi. Stator chulg‘amiga uzatilayotgan tokning chastotasini 0 dan gacha ravon oshirib, ni va, nihoyat ni 0 dan gacha o‘zgartiriladi. Buni amalga oshirish uchun yarim o‘tkazgichli chastota o‘zgartkichlari (CHO’) qo‘llaniladi (9.5-rasm). ChO’lari stator chulg‘ami kuchlanishining ham chastotasini, ham amplitudasini ma’lum qonuniyat asosidagi o‘zgarishini ta’minlaydi. Bunga CHO’larining elementlari – tiristor yoki tranzistorlarni ochib-yopish bilan erishiladi. Elementlarni ochib-yopish uchun signallarni real vaqt rejimida (“on line” rejimi yoki “v rejim realnogo vremeni”), asinxron motorning chiqish qiymatlarini D1 va D2 yordamida o‘lchab, shu onda mikroprotsessorda maxsus kompyuter dasturlarida qayta ishlov berilib, blshqaru singallari vujudga keladi va elementlarga ularni boshqarish signallari sifatida etkaziladi. Birnecha o‘n yillar avval bunday sxemalar tizimi qimmat va ekspluatatsiyada ishonchliligi juda kichik bo‘lganligi sababli, sanoatda o‘z o‘rnini topaolmadi. Xozirgi kunga kelib, bunday sxemalarni tashkil etuvchi elementlar narxi pasayishi, ishonchliligining ortishi sababli sanoatda o‘z o‘rnini topmoqda. Bunday ishga tushirishning yana bir afzalligi shundaki, ularni biror qo‘shimcha jihozlarsiz (mikroprotsessorlar dasturiy ta’minoti o‘zgarishi bundan mustasno) asinxron motor rotori tezligini rostlashda muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. Download 492.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling