Asinxron motorni silliq ishga tushirish jarayonni taxlili


Download 206.55 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi206.55 Kb.
#1269830
Bog'liq
7-amaliy


Asinxron motorni silliq ishga tushirish jarayonni taxlili.

Elektr mashinalar nazariyasidan ma’lumki, agar asinxron motor nominal yuklanishdan kam miqdorda yuklanadigan bo’lsa, u holda uning energetik ko’rsatkichlari: FIK va quvvat koeffitsienti Cos larning qiymatlari nominal qiymatlaridan past qiymatlarda bo’ladi.


Stator chulg’amidagi kuchlanishni yuklanish qiymatiga qarab rostlash natijasida asinxron motor energetik ko’rsatkichlari nominal qiymatiga yaqin qiymatlarida ishlashiga erishish mumkin.
Butun jahonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning yarmidan ko’pi asinxron motorlarda mexanik energiyaga o’zgartirilib sarf bûlayotganligini hisobga oladigan bo’lsak, u holda energiya tejamkor asinxron elektr yuritmalarni joriy qilish katta iqtisodiy samara berishi muqarrar ekanligini ko’ramiz.
Shunday energiya tejamkor elektr yuritma-lardan biri 4.11a – rasmda keltirilgan, stator tokining eng kichik qiymati bo’yicha boshqarish asosida elektr energiya isrofini kamaytirib beruvchi asinxron elektr yuritma sxemasidir.
Elektr yuritma asinxron motor 9, kuchlanish rostlagich 1 va uning IFBT – 2, tok o’lchov o’zgartkichi 7, funktsional o’zgartkich 8, kuchlanish o’lchov o’zgartkichi 5, esda saqlovchi qurilma 4 va jamlovchi 3 va 6 qurilmalardan iborat.

4.11 – rasm. Stator tokining eng kichik qiymatida ishlaydigan energiya tejamkor asinxron elektr yuritmaning tizim sxemasi (a) va U – ko’rinishdagi tavsifi (b)



130

4.11b – rasmda asinxron motor yuklanishining turli qiymatlari uchun (MS1S2< MS3< MS4) stator toki I1 ning kuchlanish U1 ga bog’liq o’zgarishi 1, 2, 3, 4 tavsiflari keltirilgan. Bu ekstremal tavsiflarning eng kichik qiymatga ega nuqtalari shtrixli chiziq bilan birlashtirib kuchlanishni MS ga bog’liq ravishda o’zgartirish qonuniyatini ifodalovchi funktsiyani hosil qilamiz. Asinxron motor kuchlanishini shu qonuniyat bo’yicha boshqarish natijasida quvvat isroflarini kamaytirishga va quvvat koeffitsientini oshishiga erishiladi.


Energiya tejamkor asinxron elektr yuritma fazasidagi tok o’lchov o’zgartkichi 7 da faza toki to’g’irlanib funktsional o’zgartkich 8 da MS ning real qiymatiga proportsional bo’lgan signal U ga o’zgar-tirilib jamlovchi qurilma 6 ga uzatiladi, kuchlanish o’lchov o’zgartkichi 5 da to’g’irlangan kuchlanish bilan solishtirilib ularning ayirmasi U=U1 – U esda saqlanib qoluvchi qurilma 4 orqali jamlovchi qurilma 3 da vazifalovchi kuchlanish UV bilan kuchlanish rostlagich 1 ning IFBT i uchun boshqaruv signali Ub=Uv - U ni hosil qiladi va asinxron motor 9 ning stator cho’lg’amidagi kuchlanishni o’zgartiradi. MS qiymati o’zgarganida esda saqlab qoluvchi qurilma 4 dagi oldingi U1 o’rniga yangi U2 signal saqlashga qo’yiladi ya’ni U1 signal o’chiriladi yangi signal U2 esa jamlovchi qurilma 3 ga uzatiladida va kuchlanishni rostlash jarayoni qaytadan boshlanadi.


RAQAMLI TIZIMLARNI BOShQARUV ALGORITLARI VA DASTURLARI
Bu usul bilan asinxron motor tezligini rostlash eng istiqbolli bo’lib, hozirgi paytda juda keng qo’llanilmoqda. ifodadagi asinxron motor kuchlanishi (toki) chastotasi f1 ni keng diapazonda o’zgartirish natijasida sun’iy tavsiflar hosil qilish mumkin va bu tavsiflar yuqori darajadagi bikrlikka ega bo’ladilar. Yana bu tezlikni rostlashning asosiy xususiyatlaridan biri chastotaning turli qiymatlaridagi tavsiflarda sirpanishning oshishi ro’y bermaydi va bu quvvat isrofining uncha oshmasligini ta’minlaydi.
Asinxron motordan yanada unumliroq foydalanish uchun hamda energetik ko’rsatkichlari: quvvat koeffitsienti va FIK hamda yuklanish xususiyati yuqori bo’lishi uchun chastota bilan bir paytda kuchlanishni ham o’zgartirish kerak. Kuchlanishni o’zgartirish qonuniyati yuklanish momenti MS xarakteriga bog’liqdir.
Yuklanish momenti MS=MN=const bo’lganida chastotaning o’zgarishi bilan bir qatorda kuchlanishni ham rostlash ushbu ifoda orqali amalga oshiriladi


. (4.29)

Yuklanish momenti MS=2S – ventilyator xa-rakteriga ega bo’lganida esa bu chastota bilan kuchla-nishning o’zaro bog’lanishi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi


. (4.30)

Yuklanish momenti MS=-1S – tezlikka tes-kari proportsional bo’lgan holda kuchlanishning chas-totaga bog’liqligi quyidagi formula bilan ifodalanadi




. (4.31)


Shunday qilib, asinxron motorning tezligini rostlash uchun albatta boshqariluvchi chastota o’zgartkich bo’lishi shart bo’lib, bu o’zgartkich stator cho’l-g’amiga berilayotgan kuchlanishning chastotasini keng diapazonda rostlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Download 206.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling