Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
lotin

 
 
 
Ballarni hisoblash: 
«ha» — 2 ball, «gohida» — 1 ball, «yoʻq» — 0. SHu tarzda ballarni qoʻshib chiqib 
quyidagi toifalarning qay biriga kirishingizni bilib olasiz. 
14-18 ball. Sizning muloqotga kirishuvchanligingiz yaxshi, oʻrtacha. Siz koʻp 
narsaga qiziqasiz, boshqalarni bajonidil tinglaysiz, oʻzgalar fikriga sabr-toqatlisiz, 
oʻz fikringizni bosiqlik bilan izhor etasiz. Begonalar bilan uchrashuvga borish siz 
uchun unchalik noxush emas, lekin shovqin-suronli davrani yoqtirmaysiz
odamlarning sergapi sizga yoqmaydi. 
9-13 ball. Siz muloqatga kirishuvchansiz. Qiziquvchan, sergap, turli masalalarda 
oʻzgalar bilan gaplashishni yaxshi koʻrasiz. Yangi odamlar bilan tanishish
davraning diqqat markazida boʻlishni yoqtirasiz. Oʻzgalarning iltimoslarini 
bajarmasangiz ham qabul qilaverasiz. Achchigʻingiz tez, lekin tez soviysiz. Sizga 
sabr-toqat, qiyinchiliklar bilan toʻqnashganda jasorat yetishmaydi. Lekin astoydil 
xohlasangiz, oʻzingizni yon bermaslikka koʻndirishingiz mumkin. 
4-8 ball. Sizning muloqat malakangiz yomon emas, siz barcha ishlarning guvohi 
boʻlib yurasiz. Munozaralarda qatnashishni yaxshi koʻrasiz, biror masala yuzasidan 
yuzaki tasavvurga ega boʻlsangiz ham, oʻz fikringizni aytishni xoxlaysiz. Ishni 


63 
oxiriga olib bora olmasangiz ham har qanday ishni boshlayverasiz. SHuning uchun 
ham rahbarlaringiz va kasbdoshlaringiz sizdan xavotirda boʻlishadi. Bu haqda 
oʻylab koʻring. 
3 va undan kam ball. Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas, siz 
sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz. Oʻzingiz umuman bexabar boʻlgan narsalar 
xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va janjallarning 
ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki, salga xafa boʻladigan odatingiz bor, shuning 
uchun odamlar siz bilan chiqisha olmaydilar. Oʻzingizni tutish, sabr-toqatli boʻlish 
uchun odamlarga hurmat bilan qarashga oʻrganing. Qolaversa, oʻz sogʻligʻingiz 
haqida qaygʻuring, chunki bunday hayot tarzi izsiz boʻlmaydi, asablaringiz charchab 
qolishi mumkin. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling