Asosan otga boğlanib, uning belgisini bildiradigan va qanday?, qanaqa?, qaysi? sõroqlariga
Download 62.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Sifat.pdf
Sifat sõz turkumi Asosan otga boğlanib, uning belgisini bildiradigan va qanday?, qanaqa?, qaysi? sõroqlariga javob beradigan sõzlarga sifat deyiladi. Sifatlarning ma'no guruhlari Sifatlarda 6 ta ma'no guruhi bor: 1.Rang-tusni bildiruvchi sifatlar: oq, qora, yashil 2.Maza-ta'mni bildiruvchi sifatlar: shirin, achchiq, nordon, shõr, taxir, chuchuk. 3.Hidni bildiruvchi sifatlar: xushbõy, muattar, sassiq, badbõy, qõlansa. 4.Hajm-õlchovni bildiruvchi sifatlar: tor, keng, uzun, cho'ziq, og'ir, yengil, novcha, semiz, katta, kichik, baland, past. 5.Xususiyatni bildiruvchi sifatlar: kamtar, ezma, chaqqon, dangasa, dono, yangi, eski. 6.Makon-zamonni bildiruvchi sifatlar: bugungi, qishki, ichki, tashqi, uydagi, hozirgi, har kungi, yozgi, qadimgi. Otlashmagan sifatlarning gapdagi sintaktik vazifasi Gapning oxirida kelsa, ot kesim vazifasini bajaradi: Kitob men uchun juda qadrli. Otga boğlansa, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Kutubxonada birorta bõsh joy qolmagan. Fe'lga boğlansa, ravish holi: Aziz tarixdan yaxshi õqiydi. Otlashgan sifatlarning gapdagi sintaktik vazifasi Otlashgan sifatlar gapda ega, vositali va vositasiz tõldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Sifatlarning otlashuvi Sifat 2 ta holatda otlashadi: 1.Gapda sifat boğlangan ot tushib qolsa. Bunday holatda õsha otdagi egalik, kelishik va kõplik qõshimchasi sifatga õtadi. Demak, qaysi sifatning tarkibida egalik, kelishik yoki kõplik qõshimchasi bõlsa, u otlashgan bõladi: Yaxshidan boğ qoladi, yomondan doğ. 2.Sifat biror sõzning belgisini bildirganda, odatda, undan oldin keladi. Qachonki undan keyin kelsa, shunda sifat otlashgan bõladi: Yaxshi ot uloqda bilinadi. Otning yaxshisi uloqda bilinadi. Asliy va nisbiy sifatlar -roq qõshimchasini qabul qila oladigan sifatlarga asliy sifatlar deyiladi: Gõzalroq, xunukroq, shirinroq. -roq qõshimchasini qabul qila olmaydigan sifatlarga nisbiy sifatlar deyiladi: Devoriyroq deb bõlmaydi. Dõppiliroq deb bõlmaydi. Sifat darajalari Darajalanish xususiyati faqat sifatga xos. Belgining ortiq yoki kamlik jihatdan farqlanishiga sifat darajalari deyiladi. Sifatlarda 4 xil daraja mavjud: 1.Oddiy daraja 2.Qiyosiy daraja 3.Ozaytirma daraja 4.Orttirma daraja Oddiy daraja Belgining odatdagi me'yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bõlib xizmat qiluvchi darajaga oddiy daraja deyiladi: Sof, toza, ozoda, chiroyli, yaxshi, yomon. Oddiy darajaning maxsus qõshimchasi yõq. Qiyosiy daraja Belgining me'yordan biroz kam yoki kõp ekanligini qiyosan bildiruvchi daraja shakliga qiyosiy daraja deyiladi: Qiyosiy daraja -roq qõshimchasi orqali hosil qilinadi: Balandroq, pastroq, kattaroq, shirinroq. Ozaytirma daraja Belgining me'yordan kam ekanligini bildiruvchi daraja shakliga ozaytirma daraja deyiladi: Ozaytirma daraja 2 xil yõl bilan hosil qilinadi: 1.Oddiy darajadagi sifat oldidan sal, biroz, picha, xiyla, nim sõzlarini qõllash orqali: sal achchiq, biroz katta, picha shirin, xiyol uzoq, nimpushti 2.Rang-tusni bildiruvchi sifatlarga -ish, -mtir, -imtir qõshimchalarini qõshish orqali: Oqish, kõkish, qoramtir, kõkimtir Orttirma daraja Belgining me'yordan ortiq ekanligini bildiruvchi daraja shakliga orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja 3 xil yõl bilan hosil qilinadi: 1.Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, ğoyat, bağoyat, bağoyatda kabi kuchaytiruvchi sõzlarini qõllash orqali: Juda gõzal, bağoyat ulkan, eng shirin. 2.Oddiy darajadagi sifatning birinchi bõğinini tovush õzgarishi bilan takrorlash orqali: Yap-yangi, kõm-kõk, bus-butun, oppa-oson. 3.Sifatlarni takrorlash orqali: 1.Yangi-yangi narsalar keldi. 2.Kõchada shirindan shirin bolalar õynashmoqda. Sifat yasovchi qõshimchalar ifodalaydigan ma'nolar -li, -dor, -mand, -ba, -bo, -ser qõshimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi: Aqlli, puldor, davlatmand, basavlat, serunum.-gi(-ki, -qi) qo'shimchalari payt va õrin bildiruvchi ot va ravishlarga qo'shilib, paytga va õringa xos belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi. Kuzgi, bugungi, ichki, tashqi. -simon qõshimchasi õxshashlik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: Sharsimon, noksimon. -iy, -viy qõshimchalari xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi: Oilaviy, jamoaviy, ilmiy, devoriy. Sifat yasovchi qõshimchalarda ma'nodoshlik va zid ma'nolik -li, -dor, -mand, -ba, -bo, -ser, qõshimchalari bir-biri bilan ma'nodosh bõla oladi: shirali, shirador, sershira davlatli, badavlat, davlatmand Xabardor, boxabar. -gi(-ki, -qi) qo'shimchalari payt va õrin bildiruvchi ot va ravishlarga qo'shilib, paytga va õringa xos belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi. Kuzgi, bugungi, ichki, tashqi. -simon qõshimchasi õxshashlik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: Sharsimon, noksimon. -iy, -viy qõshimchalari xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi: Oilaviy, jamoaviy, ilmiy, devoriy. Sifat yasovchi qõshimchalarda ma'nodoshlik va zid ma'nolik -li, -dor, -mand, -ba, -bo, -ser, qõshimchalari bir-biri bilan ma'nodosh bõla oladi: shirali, shirador, sershira davlatli, badavlat, davlatmand Xabardor, boxabar. Lekin hamma qõshimcha ham bir-biri bilan ma'nodosh bõla olmaydi. Aqlli odamni aqlmand deb bõlmaydi. -be, -no, -siz qõshimchalari asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiradi. Beaql, noshukur, suvsiz. Lekin hamma qõshimcha bir-biri bilan sinonim(ma'nodosh) bõla olmaydi: Nomard 👉 mardsiz❌ Noma'lum 👉 bema'lum❌ -li, -dor, -mand, -ba, -bo, -ser qõshimchalari -be, -no, -siz qõshimchalariga antonim(zid ma'noli) bõladi: Aqilli 👉 aqlsiz Barakali 👉 bebaraka Sifatlarning tuzilishiga kõra turlari Sifatlar tuzilishiga kõra 4 turga bõlinadi: 1.Sodda 2.Qõshma 3.Juft 4.Takroriy Sodda sifatlar Faqat bir asosdan iborat bõlgan sifatlarga sodda sifatlar deyiladi. Sodda sifatlar ham, õz navbatida, 2 turga bõlinadi: 1.Sodda tub 2.Sodda yasama Faqat bir asosdan iborat bõlib, tarkibida sifat yasovchi qõshimcha bõlmagan sifatlarga sodda tub sifatlar deyiladi: Qizil, pushti, katta, kichik, aniq. Faqat bir asosdan iborat bõlib, tarkibida sifat yasovchi qõshimcha bõlgan sifatlarga sodda yasama sifatlar deyiladi: Chiroyli, quvnoq, sersuv. Qõshma sifatlar Ikki yoki undan ortiq sõzning qõshiluvidan hosil bõlib, bitta sõroqqa javob beradigan sifatlarga qõshma sifatlar deyiladi. Qõshma sifatlar qõshib yoziladi. 📌 Tarkibida nim, yarim, umum, ğayri, aro, rang, xush, bop sõzlari bõlgan qõshma sifatlar qõshib yoziladi: Nimpushti, yarimavtomat, umumjahon, ğayritabiiy, xalqlararo, havorang, xushbõy, ommabop. 📌 -ar yoki -mas qõshimchasi bilan tugaydigan qõshma sifatlar qõshib yoziladi: Tinchliksevar, tezyurar, tezpishar, ertapishar, ishyoqmas. 📌 Narsani boshqa narsaga õxshatish, qiyoslash yõli bilan bildiradigan qõshma sifatlar qõshib yoziladi: Sheryurak, quyonyurak, qirğiykõz, bodomqovoq, devqomat. Rus tilidan aynan õzlashtirilgan yoki sõzma-sõz tarjima qilish orqali hosil qilingan sifatlar qõshib yoziladi: Yarimavtomat, bayramoldi, suvosti. Juft sifatlar Ma'nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi bõlgan ikki sifatning yonma-yon kelishidan hosil bõlgan sifatlarga juft sifatlar deyiladi: katta-kichik, sarğish-qõnğir, baland-past, turli-tuman, esli-hushli, õydim-chuqur, arzon-garov, alğov-dalğov, yakkam-dukkam, ğadir-budur. Aqlli odamni aqlmand deb bõlmaydi. -be, -no, -siz qõshimchalari asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiradi. Beaql, noshukur, suvsiz. Lekin hamma qõshimcha bir-biri bilan sinonim(ma'nodosh) bõla olmaydi: Nomard 👉 mardsiz❌ Noma'lum 👉 bema'lum❌ -li, -dor, -mand, -ba, -bo, -ser qõshimchalari -be, -no, -siz qõshimchalariga antonim(zid ma'noli) bõladi: Aqilli 👉 aqlsiz Barakali 👉 bebaraka Sifatlarning tuzilishiga kõra turlari Sifatlar tuzilishiga kõra 4 turga bõlinadi: 1.Sodda 2.Qõshma 3.Juft 4.Takroriy Sodda sifatlar Faqat bir asosdan iborat bõlgan sifatlarga sodda sifatlar deyiladi. Sodda sifatlar ham, õz navbatida, 2 turga bõlinadi: 1.Sodda tub 2.Sodda yasama Faqat bir asosdan iborat bõlib, tarkibida sifat yasovchi qõshimcha bõlmagan sifatlarga sodda tub sifatlar deyiladi: Qizil, pushti, katta, kichik, aniq. Faqat bir asosdan iborat bõlib, tarkibida sifat yasovchi qõshimcha bõlgan sifatlarga sodda yasama sifatlar deyiladi: Chiroyli, quvnoq, sersuv. Qõshma sifatlar Ikki yoki undan ortiq sõzning qõshiluvidan hosil bõlib, bitta sõroqqa javob beradigan sifatlarga qõshma sifatlar deyiladi. Qõshma sifatlar qõshib yoziladi. 📌 Tarkibida nim, yarim, umum, ğayri, aro, rang, xush, bop sõzlari bõlgan qõshma sifatlar qõshib yoziladi: Nimpushti, yarimavtomat, umumjahon, ğayritabiiy, xalqlararo, havorang, xushbõy, ommabop. 📌 -ar yoki -mas qõshimchasi bilan tugaydigan qõshma sifatlar qõshib yoziladi: Tinchliksevar, tezyurar, tezpishar, ertapishar, ishyoqmas. 📌 Narsani boshqa narsaga õxshatish, qiyoslash yõli bilan bildiradigan qõshma sifatlar qõshib yoziladi: Sheryurak, quyonyurak, qirğiykõz, bodomqovoq, devqomat. Rus tilidan aynan õzlashtirilgan yoki sõzma-sõz tarjima qilish orqali hosil qilingan sifatlar qõshib yoziladi: Yarimavtomat, bayramoldi, suvosti. Juft sifatlar Ma'nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi bõlgan ikki sifatning yonma-yon kelishidan hosil bõlgan sifatlarga juft sifatlar deyiladi: katta-kichik, sarğish-qõnğir, baland-past, turli-tuman, esli-hushli, õydim-chuqur, arzon-garov, alğov-dalğov, yakkam-dukkam, ğadir-budur. Bir sõzning 2 marta takrorlanishidan hosil bõlgan sifatlar takror sifatlar deyiladi: yangi-yangi Download 62.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling